February 12, 2025

๐™‹๐™–๐™ฉ๐™ ๐™ฉ๐™ค ๐™๐™–๐™ฅ๐™ฅ๐™ž๐™ฃ๐™š๐™จ๐™จ

๐™ฒ๐š‘๐šŠ๐š™๐š๐šŽ๐š› 3
โ™ก Insonlarning barchasi ishi tushganda soxta tabassum va soxta yaxshi muammola qilishadi, insonlarning gaplariga ishonib qolish bu soddalik emas, ahmoqlikdir โ™ก

Nari dushdan sokin holatda, biroz parishon ahvolda chiqdi va shu zahotiyoq onasini stolga o'tirganini ko'rdi. Nari onasini ko'rdiyu barcha hayollari aridi va yuziga tabassum oraladi, qiz endi onasini yoniga borib quchoqlashga o'tdi.
Narining onasi: hoy bu jirkanch qo'llaringni menga tekiza ko'rma

(Narining onasi)

Ayol o'rnidan turdiyu qizni devorga itardi, qiz bundan shok ahvolga tushdi, kechagina qizginam degan onasi birdaniga o'zgarib qolganiga

Narining onasi: menga boshqa bu jirkanch qo'llaringni tekizma, shu jirkanch qo'llaring sababli hozir o'g'lim aravachaga mixlanib qoldi, sen esa menga oyijon deysan.

Nari: oyi ahir kecha o'zingiz qizim deb chaqirdingizku.
Narining onasi yovuzlardek kuldi va yana jiddiy qarab gapirishni boshladi.
Narining onasi: seningcha men seni qizim deb chaqirishni hoglaganim uchun shunday deb chaqirdimmi, ho'sh GAPIR, seni manabu basharangni ko'rsam ko'nglim ayniydi va meni boshqa oyi deb chaqirma. Bularning bari tomosha uchun edi, hattoki bu xona ham seniki emas, bu xonani tezda bo'shatib qo'y va pastga tushib xizmatchilar bilan ovqat tayyorlashni boshla, muhimi ko'zimga ko'rinma.
Nari onasini bu gaplaridan keyin yig'lab yubormaslik uchun harakat qildi, va labini qattiq tishlab oldi. Qizga juda alam qilib ketayotgan edi, ahir qiz bola bo'lib tug'ilgani uchun ozmuncha qiynaldimi bechora, hattoki yoshligini yashay olmadi, boshqalar kabi ota-onasi bilan suhbatlasha olmadi norasida

(Nari tasavvur uchun)

Nari pov
Nahotki o'z ota-onam mendan shunchalar nafratlanishsa, nahotki ularni menga qilgan yaxshi muomilalari bir begona yonimda bo'lganligi uchun tomosha bo'lsa, nahotki meni sotib yuborish uchun shu yerga shu lanati uyga qaytarishgan bo'lsa. Nega qarshimdagi insonni, o'z onamni oyi deb chaqira olmasam. Nega hayot menga bunchalar shavqatsiz? Boshida jinsim qiz bola bo'lganligi uchun ota-onam mendan voz kechishdi, keyin esa baxtsiz hodisa sababli ukam operatsiya qilindi, keyin esa qorda o'lib qolishimga sal qoldi, meni kim qutqarganidan hattoki habarim yoq edi, va xolamni uyida pocham tomonidan rosa kamsitildim, va bularni barchasiga orzularim uchun sabr qilib chidagan edim, lekin orzularimni ham mendan ko'p ko'rishdi, huddi baxtni men uchun qilishmaganliklari kabi, ho'sh baxt tomon o'z yo'lim bormikan meni ham? Menimcha yoq, men abadiy baxtsizlikga lanatlangan qizman holos

Nari hayol surdi va narsalarini yig'ishtirib pastga xizmatkorlar xonasiga joylashtirdi, garchi o'z ota-onasini uyi bo'lsada, qiz o'sha uyning xizmatchilar xonasida qolar edi. Nari narsalarini joylashtirdi va xizmatkorlar kabi bir xil kiyindi, va xizmatkorlar kabi hamma joyni tozalay boshladi

Xizmatkorlar ovqat pishirish davomida pichirlab gap boshlashdi.
-Bu kichik xonim emasmidi?
- Ha huddi o'ziku.
-ha, shunday unda nega bizni xonamizga joylashib oldi.
-ha biroz g'alati kiyimini ham biznikidek bir xil qilib kiyib oldi.
-judayam g'alati, balki haqiqiy farzand emasdir.
-nima bu bilan soxta farzand demochimisan
Xizmatkorlar suxbatlashishar ekan shu payt qari bir xizmatchi gap boshladi.
U soxta qiz emas, U ham bu oilaning farzandi, ammo u qiz bola bo'lganligi va baxtsiz hodisa sababchisi bo'lganligi uchun shunday og'ir jazolanyapti.
Bu gapni boshqa xizmatchilar ham eshitdiyu, qari xizmatchidan biroz qo'rqib, g'iybatni to'xtatishdi

Deyarli kech ham bo'la boshladi, uyning barcha a'zolari yana uylariga ishlaridan qaytishdi, shu bilan birga Yazu ham, Yazu Hyeraning ukasi Sunghoonni qiz bola do'sti edi, ammo Sunghoonni qizda ko'ngli bor edi, shuning uchun Yazu tepadagi shinam bir xonada qolar edi, ha u xona kecha Hyera dam olgan xona edi, va kecha Yazu yigitinikida qolgan edi, ammo Sunghoonga uyga ota-onam bilan qoldim deb yolg'on gapirgan edi. Hyerani hatto o'sha bitch Yazu chalik ham qadri yoq edi bu uyda. Yazu Hyerani bir martadayoq tanidi va biroz asabiylashdi, Yazu jirkanch rejalarni tuza boshladi

Kechki ovqatni Hyera tayyorlagan edi, ammo Yazu hech kimga bilintirmay ovqatga juda koสปp miqdorda tuz solib qo'ygan edi, Yazuni asil maqsadi Hyerani uydan haydash edi.

(Yazu)

Kechki ovqat bo'lganligi sababli dasturxon atrofiga hamma yig'ilgandi, xizmatchilar esa ovqatni dasturxon atrofiga tortisha boshladi, oila aสผzolari o'zlarining hayot tarzi va aksiyalari haqida suhbatlashishyotgan edi,

To'satdan Sunghoon ovqatni tatib ko'rdi, sho'rva shunchalar sho'r ediki, Sunghoon juda sho'r narsalarni yeya olmasdi, shu sababli Sunghoon tiqilib qoldi

(Sunghoon)

Park honim buni payqadi va asabiylashdi, Park xonim o'g'li Sunghoon ga suv berdi, va juda havotirlandi, huddiki yagona farzandi Sunghoondek

(Park xonim)

Mrs Park: BU LANATI OVQATNI KIM TAYYORLADI

xizmatkorlar: buni.. bun... buni Nari tayyorlagan edi

Yazu: o'zim ham bilgandan, Nari dan boshqa hech kim ukasi Sunghoon ga bunday shafqatsizlik qilmaydi.
Bugaplarni eshitgan Nari, o'zini ushlolmay qoldi, ko'zlaridan ko'z yoshlari shash qator bo'lib oqa boshladi.
Nari: men bunday qilganim yoq, menga tuxmat qilyapsilar, oyi dada menga ishonmaysizlarmi?

Mrs Park: Meni ona dema, yetimcha

Park xonim stoldan shijoat bilan turdi va Narini yoniga katta qadamlar bilan yaqinlashdi, hammani ko'zi Park xonim da edi. Park xonim o'z qizi Narini do'poslay boshladi, birinchi Narini sochini qo'llari bilan changallab akvariumga otib yubordi, akvarium chil-chil bo'ldi, hamma hayratda Yazu esa bundan hursand edi

Yazu o'zini havotirlanayotgandek ko'rsatdi va Sunghoon ni qo'llarini ushlab oldi, Sunghoon aravachaga mixlanib qolgan bo'lsada faqatgina oyoqlari sezmayotgan bo'lsada, boshqa tana a'zolari hamma narsani sezar edi.
Bu yerda Park xonim Narini shunchalar urardiki, ham urardi ham haqoratlar edi, Nari esa onasiga qarshi qo'l ko'tara olmadi, shunchaki ko'zlaridan yosh chiqar edi holos. Park xonim endi Narini ko'chaga sudray boshladi, tashqarida esa jala quyayotgan edi, ham juda qorongสปu edi.

Park xonim Narini tashqariga chiqarib qo'ydi, Narini egnida qalinroq narsa ham yoq edi. Ko'chada esa yomgสปir juda qattiq yog'ayotgan edi. Park xonim Narini yerga bir musht urib itarib yubordi

(Yomgสปirning yog'ishi)

Park xonim eshikni shartda yopdiyu ichkariga kirib ketdi, Hyera esa eshik og'zidan ozroq uzoqlashdi va oyoqlarini qattiq quchib yig'lay boshladi.
Nari: qaniydi tug'ulmaganimda, balki shuncha muammolarni boshimdan o'tqazmagan bo'lardim,onam meni azoblashlari uchun dunyoga keltirganlar shekilli

(Nari)

Nari pov
Negadir juda ham sovuqqatib ketyapman, huddi o'tmishdagidek, lekin o'sha payt qor yog'ayotgan edi, va bir inson meni qutqarib qolgan edi, qani o'sha yana qutqarib qolsin

Nari hayol surib o'tirar ekan, kimnidir yaqinlashayotganini sezdi, va qo'rqa boshladi, o'sha yigit esa Nariga soyabon tutdi

(Tasavvur uchun)

Nari endi yuzini ko'tardi va yana o'sha yigitni ya'ni Taehyungni ko'rdi. Nari ko'zyoshlarini artdi va Taehyungga qarab turaveradi, yigit ham allaqachon ho'l bo'lishga ulgurgandi.
Taehyung: Nega bu yerda o'tiribsan? Uyga kirmaysanmi?
Nari: hohlamayman, toza havo olishga chiqgandim, bu yerdan keting.
Taehyung: toza havo uyingda qolmaganmidi, ko'zyoshlaringni yashirma, ba'zida hamma narsani yig'i bilan chiqarib yuborish yaxshi. Taehyung shu gaplarni aytdiyu to'satdan qorni bo'ylab issiqlik tarqay boshladi, chunki Nari uni quchib olgandi, bu to'satdan sodir bo'lgani uchun Taehyung biroz hayratda edi, soyaboni esa allaqachon qo'lidan tushib ketgan edi.

(Nari va Taehyung)

Bir necha daqiqa oldin
Taehyunga yordamchisi Chon telefon qildi.
Telefonda
Chon: Janob, siz aytganingizdek Nari xonimni uyi oldida kuzatayotgan edim.
Taehyung: ho'sh, nima bo'ldi, Chon?
Chon: Nari xonimni onasi kaltaklab tashqariga chiqarib qo'ydilar.
Taehyung: Narini onasi shunday qilganligiga ishonching komilmi?
Chon: ha janob o'z ko'zlarim bilan ko'rdim.
Taehyung: ha yaxshi Chon, yetib borgunimcha Narini kuzatib tur.

--Hozirgi vaqt--
Taehyung: balki , uyinga kirarmiz.
Nari: yoq hohlamayman
Taehyung: yuzinga nima bo'ldi? Nega ko'karib yotibdi?
Nari: yiqilib tushdim
Taehyung pov
Nega onang seni bunchalar do'posladi, nega seni bunchalar qiynadi bu yalmogสปiz, vada beraman qaytib senga bunday qila olmaydi.
--Taehyung Narini qo'lidan ushladi va uyiga kirdi.