---𝗬𝗼𝘂 𝗮𝗿𝗲 𝗺𝘆 𝘄𝗼𝗿𝗹𝗱---
Soyalar cho‘kkan xiyobonda, mayin shamol shivirlagan kechada erkak o‘tirardi. Ko‘zlarini qattiq yumgancha, yuragi o‘tmish og‘rig‘idan qochishga urinar, lekin har safar xayoliga kelgan narsa—uning jilmayishlari edi. Shu jilmayishlar uni yana va yana ezardi.
Bu og‘riqdan qochish uchun qancha harakat qilmasin, baribir ich-ichidan sezardi—agar taqdir unga hayotni qayta boshlash imkonini bersa ham, u yana shu xatolarni qilgan bo‘lar edi. Chunki bitta xato bor edi, u hech qachon tuzatilishini istamagan xato—uni sevib qolish.
Ularni hayot tasodifan uchrashtirdi. Tashqarida yomg‘ir yog‘ayotgandi, asfalt yo‘llar yaltirab, osmonda bulutlar yomon xabar bergandek edi. U esa tramvay bekatida yomg‘irdan pana izlab turganida, yonida bir qiz ham boshpanaga intildi. Sochlari nam, o‘zi sal titrardi.
— Yomg‘ir sizni butunlay ho‘l qilib yubordi, — dedi erkak, mehr bilan.
— Yomg‘irni aybi yo‘q. Men shunchaki o‘ylaganimdan uzoq yurgan ekanman. qiz shunday dedi.
Uning ovozida nimadir bor edi. G‘amgin, ammo iltifotli, nim tabassum aralash. O‘sha paytda bu narsa unga unchalik tushunarsiz bo‘lib ko‘ringandi, lekin keyinchalik u bu tabassum ortidagi og‘riqni tushunib yetdi.
— Tashqarida kutmang, yaqinroq turing, yomg‘ir sizni yana ho‘l qilmasin, — dedi erkak jilmayib.
— Xavotir olmang, ho‘l bo‘lishga odatlanganman. Qiz shunday dedi.
Uning yuragi qandaydir sezgirlik bilan titradi. Birinchi uchrashuvdayoq shunday og‘riqli bo‘lgan qiz—uning yuragini butkul o‘zgartirishi aniq edi.
O‘sha uchrashuvdan keyin ular yana ko‘p uchrashishdi. Har safar erkak qizning ko‘zlarida og‘riq ko‘rar, lekin u jilmayish orqali uni yashirishga harakat qilardi.
— Ba’zan inson qanchalik jilmaymasin, yuragining ichida nima borligini yashira olmaydi, — dedi erkak bir kuni.
Qiz unga uzoq tikildi. So‘ng yuragini ochishga qaror qilgandek, shivirlagancha dedi:
— Yurakni yashirish uchun ba’zan odam o‘zidan ham qochadi. Lekin bilasizmi, men siz bilan bo‘lganimda qochishni to‘xtataman.
U o‘sha kuni tushundi. Bu qiz unga odatdagidek yoqimli do‘st emasdi. U—uning yuragini butunlay asir olgan inson edi.
Oradan oylar o‘tdi. Ular birga vaqt o‘tkazib, ko‘plab baxtli xotiralar yaratishdi. U qizning qo‘lidan tutganida, yuragining har bir zarbida muhabbat borligini his qilardi. Lekin muhabbat ba’zan shunchalik og‘riqliki, uni qanchalik qattiq ushlasang, shuncha og‘riqni his qilasan.
Bir kuni qiz unga qo‘ng‘iroq qildi. Uning ovozi titrab chiqardi.
— Bugun so‘nggi marta ko‘rishaylik, — dedi u.
— Nima?! Qanday qilib? Nima gap?
U yuragi g‘azab va vahima bilan to‘lib, aytilgan joyga yugurib bordi. Qiz u yerda kutib turgandi. Ularning so‘nggi uchrashuvi yomg‘ir ostida bo‘ldi. Qiz hech qachon shunchalik chiroyli va shunchalik g‘amgin bo‘lmagandi.
— Menga bergan barcha baxtingiz uchun rahmat, — dedi qiz.
— Nega bunday deyapsan? Biz birgamiz-ku! Biz hammasini birgalikda yengamiz!
Lekin qizning ko‘zlari javob edi. Bu narsa uning qo‘lidan kelmasligini bilardi.
Unga oxirgi bor qarab jilmaydi. So‘ng asta orqaga yurdi.
Erkak esa o‘sha yerda qotib qoldi.
— Meni ushlab qolmaysizmi? — qiz past ovozda shivirladi.
Qadam ovozlari uzoqlasha boshladi.
Faqat yuragi o‘sha kuni… bir umrlik darz ketdi.
Qiz mehmonxona derazasidan tashqariga qaradi. Quyosh botib borardi. Osmon pushti va tillarang soyalar bilan bezanib, Eyfel minorasini yanada sehrli ko‘rsatardi. Pastda, Sena daryosi jim oqib, shahar bo‘ylab taralgan hushtak sadolariga jo‘r bo‘lganday tovushsiz yiltirardi.
♡— Parij har doim sevishganlar shahri bo‘lib qoladi, — ♡
♡"O'zgarish — bu o'tmishni qo'yib yuborish va yangi yo‘lga dadil qadam tashlashdir."♡
Yillar davomida o'zgargan qiz, huddi olmosga shakl berilgani kabi yana da chiroylilashgan, yanada ochilishga ulgurgandi
Tansoqchi: xonim, tayyor bo'lsangiz, mashina allaqachon tayyor, modda haftaligi boshlanishiga yarim soat vaqt qoldi.
Hyera moshinaga mindi va modahaftaligiga keldi, hammani ko'zi unda edi
U sahnaga chiqdi. Yorug‘liklar uni yoritdi. Tomoshabinlar jim bo‘lib, uni kuzatishardi. Har qadamida o‘ziga bo‘lgan ishonch ortib borardi. Endi u faqatgina sahnada yurayotgan qiz emasdi—u o‘z taqdirini yaratayotgan ayol edi.
Hyera podiumning oxiriga yetib, burildi. Bu faqat boshlanishi edi. U endi hech qachon ortga qaytmasdi.
Ammo odamlar faqat qarashmadi. Ular shivirlashni boshlashdi. Kimdir pichirladi:
— Shunaqa qiz ham model bo‘lishi mumkinmi?
— Unga qarang, bu libos unga yarashmayapti...
— Balki kimningdir tanishi bo‘lgani uchun shu yerda turgandir?
So‘zlar shunchalik shiddat bilan tarqaldi, go‘yo shamolda parvoz qilayotgan chang misol. Ammo u eshitmaslikka harakat qildi. Ko‘nglida qanchalar og‘riq bo‘lsa ham, yuzi sokin, qaddi tik edi. Chunki u bu kun uchun yillar davomida harakat qilgan, qanchadan-qancha rad javoblarini eshitgan, qanchalik qiyinchiliklarni yengib o‘tganini faqat o‘zi bilardi.
Podium oxiriga yetib, sekin burildi. Bir lahzaga ko‘zlari odamlar bilan to‘qnashdi. Ularning ichida hayrat bilan qarayotganlar ham bor edi. Shunda u kulimsiradi—juda mayin, lekin g‘alaba nurlari porlab turgan kulgi edi bu.
U shunchaki yurmagan edi. U o‘z qadr-qimmatini himoya qilgan edi. Endi esa sahnadan chiqayotib, ichida faqat bitta o‘y bor edi: "Bugun ular shivirlashdi, ertaga esa meni eslab, ilhomlanishadi."
Italiya qorong'u tun cho'mgan, katta biznes hamkorlar yig'ilishgandi va dengiz bo'yida majlis qilishayotgandi.
Erkak ham ancha o'zgargandi, yani hayot uni o'zgartirgan edi. Uni yuzida qizdan keyin ortiq kulgu bo'lmadi, kulgi bo'lgandir ammo bu haqiqiy kulgu emasdi.
Balki bu ikki ruhdoshlar shuncha yillardan keyin yana uchrashishar va bu safar bir-birlariga imkon berishar. Balki bu safar ular boshqa juftliklar kabi bo'la olishar.
Sizlar bilan yangi hikoyada bo'lganimdan hursandman, umid qilamanki bu hikoya ham sizlarni ko'ngillaringdan alohida joy oladi va ajoyib commentlar kutib qolaman