April 18, 2025

Menikisan 💍

(4-qism)

🦢Aslida Erkakni ayol kishi o'zgartira olmaydi. Uni hattoki o'z onasi o'zgartirolmaydi, xotini u yog'da tursin. Erkak chin dildan sevib qolsagina o'zgaradi va ayoli uchun yaxshi er bo'ladi 🦢

Qiz Suhoga aytgan gapidan afsuslanardi lekin bir tarafdan negadir ko'ngli Taehyung ga imkon bergisi kelardi. Chunki Taehyung unga juda yaxshi muammolada bo'lardi garchi nafrati bo'lsada. Chunki u allaqachon qizni sevib qolgandi

--Oradan 6 oy o'tdi. ---
Pov Hyera
Yana 4 oy qoldi. Shundan keyin bu ahmoqona turmushni to'xtatamiz, men esa avvalgidek Suho bilan birga bo'laman. Va ona bo'lish orzuyim amalga oshadi.
Qiz shu hayollarni o'ylab nonushta qilar ekan, yoniga Taehyung kelib o'tirganini sezmay qoldi, va biroz seskandi

Taehyung: Nimalarni o'ylayapsan? Qulubnaycham
(Erkak jilmayib so'radi)
Hyera: shunchaki, kelajakda farzandim bo'lsa qanday bo'lar ekana?
Taehyung: farzandimiz bo'lishini hohlaysanmi? qulubnaycham?
Hyera: farzandim bo'lishini kichkinaligimdan beri hohlayman. Lekin 4 oydan keyin tuzgan shartnomamiz tugaydi, sen o'z yo'lingdan, men esa o'z yo'limdan ketaman, Tae
(Erkak qizni bu gapidan biroz g'alati bo'ladi, shuning uchun mavzuni o'zgartiradi)
-nonushta qilib bo'lgan bo'lsang, tur qulubnaycham, kerishimiz kerak.
Erkak qizni shoshiltirib tezda mashinani haydadi. Qiz yo'l bo'yi savol bermadi jim ketdi. Erkak ham uni qiynab gap boshlagisi kelmadi. Va ular bitta katta bolalar uyiga to'xtashdi.
Qiz juda hayratda qoldi, va mashinani yoqilgʻisi tugab qoldi deb o'yladi
Taehyung: keldik, qulubnaycham
(Erkak mashinadan tushdi va aylanib borib qizga mashina eshigini ochib berdi)
Hyera: nega bu yerdamiz? Taehyung
Taehyung: bolalarni yoqtirishingni oldindan bilardim va bir hafta oldin bu yerga kelishni rejalashtirgandim.

Hyera: rostanmi?
Taehyung: ha albatta, qulubnaycham.

Ular ichkariga kirishdi. Kirishgandanoq bolalar ularni o'rab oldi. Ularning har biri amaki meni olib keting deyishardi. Taehyung ba'zi o'yinchoqlarni ular uchun sotib olgandi va bir qancha shirinliklar, va hammasiga berib chiqdi. Bolalarni ko'zida quvonch charaqlardi. Ular huddi farishtalarga o'xshashardi. Juda ham beg'ubor va gunohsiz bolalar. Ularning baʼzi birlari haroki ota-onasi kimligini bilishmasdi. Taehyung va Hyera bolalarga sovgʻa berishar ekan, burchakda o'tirgan qizcha ularni diqqatini oldi. U boshqa bolalar kabi xursand emas edi, va boshqa bolalar kabi sovgʻa uchun yaqinlashmagandi ham. Ko'rinishidan 4 yoki 5 yosh lardagi qizcha.

Taehyung asta sekin qizchani oldiga yaqinlashdi. Va sekin, mayin ovozda gap boshladi.
Taehyung: Salom malika, isming nima?
Qizcha: salom, amaki, ismim Nari.
Taehyung: Nega boshqalarga qo'shilmayapsan. Nari

Nari: meni yaqinda dadam kelib ob ketadilar amaki, meni olib ketmang (qizcha shu gaplarni aytida, yig'lab yubordi)
Taehyung qizchani asta bag'riga bosdi va sekin ovutishni boshladi. Qizchani orqasiga asta-sekin urib qo'yardi.
Taehyung: Shhh, bo'ldi, yig'lama, mayli seni olib ketmayman, shhh, yig'lama

---ular bolalar uyidan chiqishdi va o'z uylariga yo'l olishdi. --

---Oradan kunlar o'tdi.

Taehyung Hyerani tug'ilgan kuniga ajoyib sovgʻa tayyorladi. Lekin uni juda ko'p vaqti ketdi. Orada juda kam uxladi. Va vaqtini juda ko'p qismini shunga sarfladi.

Taehyung Hyerani sevimli kitoblarini to'plagandi va xonaga joylashtirgandi. Qiz har doim katta xona to'la kitoblari bo'lishini hohlardi. Taehyung buni qizni kundaligini o'qib bilgandi. Qiz esa kundaligi yo'qolganini hali ham bilmaydi.

Erkak butun uyni shariklar va boshqa narsalar bilan bezatgandi. Qiz uyg'onganidan pol to'la shariklarni ko'rib biroz hayratda qoldi.

Qizni yuziga tabassum paydo bo'ldi va kapalakli shariklarni qo'liga olib yotoqdan asta turdi. Keng yotoqni bir burchagida katta qizil quti turgandi, ustida xat bor edi.
Xatda
Go'zal qulubnaycham uchun sovgʻa, buni kechga kiyib chiq.

Pov Avtor

Qiz qutini ochdi, qutida Louboutin tuflisi, YSL sumkasi va boshqa kerakli narsalar bor edi. Qiz dush qabul qilib chiqdi va nonushta qilishni boshladi.

(Qutidagi)

Hyera juda xursand edi. Uy juda ajoyib qilib bezatilgan edi. Qiz kunini juda ajoyib o'tkazdi. Vaqt juda tez o'tgandek edi go'yo. Taehyung ni ishdan qaytish vaqti ham kelib qolgan edi. Kech ham tushib qolgan edi .
...

Hyera Taehyung aytgan kiyimni kiydi. Qiz juda ajoyib ko'rinardi. Qiz oynaga qarab o'ziga mahliyo boʻlib, orqasidan kelib belini o'rab olgan baquvvat qo'llarni kech sezdi.
--Juda ajoyib ko'rinyapsan, qulubnaycham, 19 yoshing muborak bo'lsin. (Erkak iyagini qizni ochiq yelkalariga ohista boshini qo'ydi)
--Rahmat, Taehyung (qiz biroz g'alati bo'ldi, yuzlari allaqachon qizarishga ulgurgandi)
Erkak qizni qo'lidan ushladi va pastgi qavatga olib tusha boshladi

(Taehyungning surprizi)

--Qayerga olib boryapsiz, Taehyung (qiz sekin gap boshladi)
--Bu sir, qani ko'zlaringni yumchi

Qiz ko'zlarini ohista yumdi erkak qizni bir joyga boshladi.

--Ko'zlaringni och, qulubnaycham. (Erkak qizni orqasiga o'tib olib, qizni qulog'iga sekin gapirdi)
Qiz ko'zlarini ochdiyu, ko'rgan narsasidanhayratga tushdi, chunki qiz bunday xonasi bo'lishini yoshligidan orzu qilardi. Qiz Roman o'qishni juda yoqtirardi, lekin hech qachon xonasini Roman kitoblar bilan bezatmagandi.
--Qulubnaycham, Roman o'qishni yaxshi ko'rishini bilardim, shuning uchun shu xonani alohida tayyorladim. Ho'sh senga yoqdimi, qulubnaycham? (Erkak jilmaygan holda qizga qaradi va qizni ko'zlaridan yosh oqayotganini sezdi va qizga tezda yaqinlashdi)
Nima bo'ldi? Senga yoqmadimi? Qayering og'riyaptimi? (Erkakni yuz ifodasi tashvishlangan yuz ifodasiga birdaniga o'zgardi, va qizni yuzidagi ko'zyoshlarni sekin artdi)
--Men juda xursandman (qiz yig'i aralash gapirdi, bu gapi erkakni kulgisiga sabab boʻldi)
--Hoy, rostan ham xursandmisan? Meni havotirlantirdingku, qulubnaycham. (Erkak qizni mazah qilishni boshladi)

Pov avtor

Shunday qilib ular yana bir kunini o'tkazishdi, lekin ular alohida-alohida xonada uxlashardi. Ular xohlamagan achchiq haqiqat, shu ediki ular bir-biriga allaqachon oshiq bo'lib qolishgandi. Lekin qiz ham erkak ham buni yuzaga chiqarishni hohlamasdi.
----
Bu yerda Suho bir narsani o'ylardi, Hyera haqiqatdan ham unga hiyonat qilgan deb o'ylardi, va Hyera aytgan yolgʻonni rost deb o'ylardi. Nahotki Hyera haqiqatdan ham Taehyung dan homilador bo'lsa deb ich-ichini yemirardi Suho. Suho Hyeradan qast olish maqsadida Hyerani opasi Naomiga uylanishga qaror qildi. Shu orqali qast olmoqchi edi u.
..
Erta tong, kechagi tugʻilgan kundan biroz charchagan juftlik uyg'onishdi. Taehyung alohida xonada, Hyera ham alohida xonada uyg'onishdi. Hyerani telefon qo'ng'irog'i uyg'otib yubordi.
Telda
Janob Matsumoto : Qizim, bugun uyga kuyovim bilan kelinglar. Juda ajoyib yangilik bor.
Qiz otasi bilan gaplashib bo'lib, dush qabul qilishga kirib ketdi, va biroz vaqtdan keyin chiqdi, tayyorlandi va Taehyung bilan birga borishiga tog'ri kelib qoldi.

(Hyera)

Taehyung va Hyera yo'lga chiqdi. Ular qizni uyiga borishdi. Uyga kirishgandanoq, Taehyung Hyerani qo'lini o'ziniki bilan birlashtirdi. Qiz esa erkakga birdaniga ko'zlari kattalashib qaradi, va indamadi. Uyga kirishdi, uyda Naomi va Suhoni unashtiruvi bo'yicha bazm bo'layotgandi. Hyerani bundan habari yoq edi, opasi va sobiq sevgilisi qo'l ushlashib mehmonlar bilan ko'rishayotganini ko'riboq sezdi, boshida ishonmadi, ammo keyin esa atrofdagilarni gapidan bildi. Hyerani ichida nimadir parchalandi go'yo. Taehyung buni birdaniga sezdi, garchi qiz buni yuz ifodasida ko'rsatmasada. Qiz har doimgidek soxta tabassum bilan qayg'usini yashirayotgan edi.

Qiz bundan a'zoblandi va yonida turgan ichkiliklarga ko'zi tushdi. Va alam ustida rosa ichdi va shu bilan birga o'zi bilmagan holda hirsini oshiradigan dorini ichib yubordi. Qiz nima ichganini hali o'zi ham bilmasdi. Qiz badanida notanish bo'lgan issiqlikni his qildi. Juda ham isib ketayotgandi. Taehyung Hyerani mazzasi biroz yog' dedi va bazmdan olib chiqib ketdi. Qiz yo'l davomida, mashina derazasidan qarab ketardi, va g'alati narsalarni hohlardi. Ular uyga yetib kelishdi Taehyung Hyera juda koʻp ichdi deb o'ylab uyga kelin uslubida ko'tarib olib kirdi. Qiz qo'larini erkakni yelkasidan o'tkazib oldi. Qizni ko'zlari erkakni lablariga tushdi, va o'zini juda isib ketayotgandi.

Mana "Menikisan" Ffim ning ham 4-qismi tugadi. Umid qilamanki, bu hikoya sizlarning katta olamlaringda o'z o'rnini topa oladi. Va bu hikoyani qadrlab comment yozsalaring, juda hursand qilgan bo'lardilaring meni ᥫ᭡. Sizlar bilan Hyera bo'ldi.
..... 𐙚
@Hyera_kim 🍓