Humiliated Love
Humiliated Love — 4-bob: “Sen ko‘rmaydigan hislar”
Yomg‘ir yana shivirlaydi. Osmonda to‘xtovsiz oqayotgan bulutlar go‘yo Youraning ichidagi chalkash tuyg‘ularni yuvmoqchi bo‘lardi. U o‘zining xonasida, deraza yonida turgancha, pastga qarab turardi. Yo‘lakda Jungkook Ara bilan kulib-kulib gaplashayotgan edi. Uning jilmayishi Yourani bo‘g‘ib yuborardi.
"Unga qarama," — deb pichirladi Youra o‘ziga. "Senga tegishli bo‘lmagan yurakda yashash — bu faqat o‘zingni o‘ldirish, Youra..."
U orqasiga o‘girildi. Hyunjin eshikni taqillatmasdan ichkariga kirdi. Nigohi sokin, ammo yuzida chuqur xavotir bor edi.
— Qayta u bilan gaplashganingni ko‘rdim, — dedi u past ovozda. — Yana o‘sha ko‘zlar bilan qarayapsan unga.
Youra bir muddat jim qoldi. So‘ng nafas oldi, yuragidagi og‘riqni so‘zlarga aylantirmoqchi bo‘ldi, lekin bu og‘riq juda murakkab edi.
— Men urinyapman, Hyunjin... rostdan. Lekin bu yurak — menga bo‘ysunmaydi.
Hyunjin uning yoniga keldi. Kaftlari bilan Youraning yuzini tutdi. Ko‘zlarida halollik va achchiq tushkunlik bor edi.
— Men seni sevaman, Youra. Hamma narsaga qaramay. Hatto yuragingda boshqa birov yashayotganini bilsam ham.
Youraning ko‘zlaridan yosh sirg‘alib tushdi.
— Sen bunga loyiq emassan… Sen yaxshisan. Menga nisbatan ham, bu og‘riqdan ham.
— Shunday bo‘lsa, nega hamon u haqida o‘ylayapsan?
Youra javob bera olmadi. Chunki
Tun. Qorong‘ilik shahar ustiga sekin cho‘karkan, Youra yotoqxonasida yolg‘iz edi. Xonadagi sukunat hatto yurak urishini ham eshitishga imkon berardi. Deyarli har kecha takrorlanadigan marosim — telefonni qo‘lga olish, Jungkookning profilini ochish, va hech narsa yozmasdan yana yopish. Qanday qilib sevgi seni bu qadar sindirishi mumkin?
Youra ko‘zlarini yumdi. Ammo qorong‘ilik ortida Jungkookning ko‘zlari porlardi — u ko‘rgan, lekin hech qachon sezmagan nigohlar.
Ara esa o‘sha kecha Jungkook bilan kutubxonada edi.
— Menga nimadir aytmoqchimisan? — deb so‘radi Ara, muloyimlik bilan.
Jungkook yuragini bosib, qayerdandir kuch yig‘di.
— Ara, bilmadim… Sen bilan birgaman, lekin ichimda shubhalar bor. Kimnidir xafa qilgandek his qilyapman.
Ara jilmaydi. Ammo bu jilmayishda qo‘rquv yashiringan edi.
— Sen faqat men bilan bo‘lishni istaysanmi?
Jungkook jim qoldi. Bu sukunat o‘z-o‘zini fosh qilish edi.
Youra esa deraza yonida turardi. Birinchi sevgi… eng og‘rig‘i bo‘larkan. Ayniqsa u hech qachon senga qaramagan bo‘lsa. U eshikni ochdi, tun ichiga chiqdi. Shamol yuziga urildi. Har nafasi bilan Jungkookning ismini yutayotgandek edi.
Shu payt ortidan bir tanish ovoz eshitildi.
— Kechqurun yolg‘iz yurmagin… — bu Hyunjin edi.
Youra ortga o‘girildi. Ko‘zlarida yosh, yuragida bir olam azob. Hyunjin unga yaqin keldi.
— Seni hech kim bu darajada sevmagan, — dedi u asta. — U seni ko‘rmaydi, lekin men har bir nigohingda, har bir so‘zingda, har bir sukunatingda yashayapman.
Youraning lablari titradi. Yuragi charchagan edi. Sevgi unga faqat alam va pushaymon olib kelgan edi.
— Men nima qilay, Hyunjin? U mening yuragimni ko‘rmayapti.
Hyunjin yuragini mahkam tutib javob berdi:
— Unda yuragingni menga ber. Men uni sindirmayman.
U Youraning qo‘lini ushladi. Lekin Youraning nigohi hamon uzoqlarda edi — ko‘rmaydigan, sezmaydigan bir yurakda…
Youra darsga keldi. Yuragi og‘ir, ko‘zlari toliqqan. Har bir qadami unga yuk bo‘lib tuyulardi. Uni charchatgan tun emasdi — uni charchatgan “umid” edi.
Sinfxonaga kirganida, ko‘zlari avtomatik tarzda Jungkookni qidirdi… u esa allaqachon o‘sha yerda, Ara bilan yonma-yon o‘tirardi. Ara unga nimadir deya kulardi. Jungkook javoban muloyim kulimsiradi. Youraning yuragi yana qisildi.
Orqaroqdagi joyga o‘tirdi. O‘zini ko‘zga tashlanmaslikka urindi. Ammo ko‘z yoshlari ko‘rinmas bo‘lsa ham, yurakdagi titroqni yashirib bo‘lmasdi.
— Seni sevish — jazoga o‘xshaydi, — deb pichirladi Youra yuragiga. — Har kuni ozroq o‘laman, sen boshqa birovga kulganingda.
Shu payt u yoniga o‘tirgan Jiminni payqadi. Uning nigohlari Yourani sinchiklab kuzatardi.
— Hamma ko‘radi, — dedi Jimin sekin. — Yuraging qanchalik og‘riyatganini.
Youra unga qaradi. Ko‘zlarida shubha va ehtiyot bor edi.
— Jungkookga bo‘lgan hislaring. Unga qaraganingda ko‘zing yonadi. Sen hamma narsa bilan kurashyapsan — lekin yuraging bilan emas.
— Bilasanmi, Jimin… Men bu tuyg‘udan nafratlanaman. U meni zaif, ojiz, yaroqsiz qilib qo‘ymoqda. Va men buni yashiraman. Chunki tan olishdan qo‘rqaman.
— Ba’zida… tan olish kuchning eng yuqori nuqtasi bo‘ladi.
U chiqib ketdi. Youra esa bir zumda tuya olmaydigan tuyg‘ular girdobida qoldi. U o‘zidan nafratlana boshladi — Jungkookni sevganidan, Hyunjinga yolg‘on baxt ko‘rsatganidan, Jiminning ko‘zlariga qarab ham... jim qolganidan.
Hyunjin Yourani parklarda izlab topdi. U daraxt ostida o‘tirardi, yo‘qotganini izlayotgandek, lekin aslida o‘zini yo‘qotgan edi.
— Meni nima qiynayapti bilasanmi? — dedi Youra past ovozda. — Men uni sevaman. Va bilaman, u meni hech qachon sevmaydi.
Hyunjin bir zum jim bo‘ldi. Yuragidagi alam endi so‘zlarga sig‘masdi.
— Men seni sevganimni aytganman. Va bu meni har kuni o‘ldiradi. Chunki men ham seni yo‘qotganman — seni hech qachon olmagan bo‘lsam ham...
Youra uning ko‘zlariga qaradi. Shu nigohda mehr bor edi. Lekin bu mehr yuragidagi tuyg‘ularni o‘zgartira olmasdi.
— Men seni sevishga urinaman, Hyunjin. Har kuni… lekin bu sevgi emas, bu — aybni yashirish.
Hyunjin boshini egdi. Va yuragini titratgan bir haqiqatni aytdi:
— Demak… men sen uchun faqat niqob bo‘lganman.