May 23, 2025

Humiliated Love


HUMILIATED LOVE
7-bob

Yomg‘ir yog‘ardi. Osmondan tushayotgan har bir tomchi Youraning yuragiga urilayotgandek edi. U universitet hovlisidagi eski daraxt ostida yolg‘iz o‘tirardi. Uning qo‘lida yirtiq daftar, daftar orasida esa surat — Jungkookning rasmi. U suratga ko‘z tikkancha shivirladi:

— Meni unutganing yaxshi bo‘ldi… men seni unutolmagan holda yo‘qoldim.

Shu orada telefoniga bildirishnoma keldi. Ara storyga yangi rasm qo‘ygan edi:
“Mening baxtim — sen” deb yozilgan rasmda Jungkook Ara’ni quchib turardi. Ikkisi baxtli, yorqin, beg‘am.

Youraning lablari sekin titradi, ko‘zidan bir tomchi yosh yumshoq silkinib yuzidan pastga oqdi. Bu dard oddiy rashk emasdi. Bu — o‘z yuragiga qarshi mag‘lub bo‘lgan insonning sukunati edi.

Ara

U o‘rnidan turdi. Oxirgi marta osmon sari qaradi.
— Men sevgan odam hech qachon meni tan olmadi… Shunday bo‘lsa ham, men undan yuz o‘gira olmadim, — dedi u sekin.


Jimin yotoqxonaga yugurib kirganida Youraning xonasidagi deraza ochiq, xona esa sokin edi. Stol ustida kichkina xat:

“Jimin… meni kechir. Men kuchli bo‘lishga harakat qildim. Lekin yuragim meni mag‘lub qildi. Men hech qachon Jungkookni unutolmadim. Va bu meni asta-sekin o‘ldirdi. O‘zingni asra. Meni esa eslama. Bu dunyoda faqat baxtli yuzlar qadrlanadi… meni hech kim anglamadi.”

Jimin xatni titroq qo‘llarida ushlab, ko‘zlarida yosh bilan zamin tomon tiz cho‘kdi.
— Yo‘q... Youra, nega meni emas, uni tanlading?..


Ertasi kuni universitetda xabar chaqmoqday tarqaldi. Yomg‘irli kechada ko‘prikdan bir qiz sakragan. Hech qanday guvoh, faqat yirtilgan daftar va ho‘l xat topilgan. Faqat Jimin haqiqatni bilardi. Va u hech kimga aytolmasdi.

Jungkook esa... xuddi hech nima bo‘lmagandek, Ara bilan kulib yurar, baxtli suratlar qo‘yardi. U hatto Youraning yo‘qligini ham sezmadi.


Bir oy o‘tdi. Jimin universitet bog‘ida o‘tirar, qo‘lida Youraning daftaridan yulib olingan sahifa bor edi. Unda shunday yozilgandi:

“Men unga baxt tilayman… hatto u baxtini mendan olgan bo‘lsa ham.”
— Y.

Shu yerda Jimin sekin pichirladi:
— Seni unutmayman… sevganing tanimasa ham, sevganing uchun jon berganing — seni unutilmas qildi.


THE END.

Youra