January 1, 2019

O'z-o‘zini tasdiqlashning besh bosqichi

1. Hayotdagi maqsadim menga tushunarli, menda uni amalga oshirishning barcha imkoniyatlari mavjud. Shu sababli o‘zimdan qat’iyatni, bo‘shashmay intilishni talab qilaman va ishni ortga tashlamay, kuch-quvvatim boricha buni bajarishga va’da beraman.

2. Mening fikrlarim ongim xo‘jayinlari bo‘lib, tashqi xatti-harakatlarimning barini o‘zidan soqit qiladi. Shuning uchun har kuni yarim soat mobaynida o‘zimni qanday kishi sifatida ko‘rishni xohlasam, shu tarzda tarbiyalash, xayolimda aniq fikriy timsolni chizishga butun diqqat-e’tiborimni bir nuqtaga jamlayman.

3. O‘z-o‘zini ishontirish tamoyillaridan bilamanki, har qanday xohish-istakni qunt bilan o‘z ongimga singdiraman, oxir-oqibatda uni amalga oshirishning amaliy vositalari yetiladi. Shuning uchun har kuni o‘n daqiqani o‘z-o‘zimni tasdiqlash vazifasiga bag‘ishlayman.

4. Men hayotdagi asosiy maqsadni aniq-ravshan shakllantiraman, hech qachon uni tashlab qo‘ymayman, toki o‘zimga ishonchni amalga oshirish zaruriyatini ko‘lga kiritmaguncha, harakat qilaveraman.

5. Men to‘la-to‘kis shuni anglaymanki, boylik ham, jamiyatdagi mavqe ham haqiqat va adolatga tayanmasa, turg‘unligicha qolaveradi. Shuning uchun o‘z vijdonimni turli foydasiz bitimlar tuzishga qaratmayman. Aytganlarimni amalga oshirishga, boshqa odamlar bilan birlashib, ularning kuchini jalb etib, ularning yordamiga ishonib, ularga yordam berishimni namoyish etaman. O‘zimdagi nafratni, qizg‘anish, shubha-gumonni, shafqatsizlik va hayosizlikni yengib tashlayman. Vaholanki, bilaman: atrofni o‘rab turgan odamlarga nisbatan salbiy munosabat hech qachon muvaffaqiyat keltirmaydi; odamlarni menga ishonishiga majbur etaman, chunki o‘zim odamlarga ishonaman; ushbu formula ostiga imzo qo‘yaman, uni yodlab olaman, har kuni bir marta uni ovoz chiqarib takrorlayman; butunlay ishonamanki, bu fikrlar mening harakatlarimga ta’sir etadi va men oxir-oqibat o‘zimga muvofiqlik hamda ishonchni qamrab olaman.

Mazkur formula tabiat qonuniga tayanadi, shu paytgacha uni hech kim tushuntirmagan. Kim bo‘lmasin, uni qanday atamasin, bu hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Faqat u insoniyat manfaati uchun mavjud va inson uchun xizmat qiladi va bitta shart bilan, ya’ni konstruktiv tarzda amal qiladi. Agar undan qarama-qarshi tarzda foydalanilsa, u holda ilgari yaratilganlarning bari hech qanday mashaqqatsiz vayron etiladi. Bu tasdiqdan juda foydali fikr kelib chiqadi: kimki yo‘qchilik, nochorlik va kutiladigan turli baxtsizliklardan aziyat cheksa, noqulay vaziyatlarga tushib qolsa, salbiy hissiyotlar tufayli o‘z-o‘zini ishontirish o‘sha oddiy sabab tufayli har qanday moddiylashish qobiliyatiga ega bo‘ladi.

Tushunmasangiz qayta o'qing

Milliard uchun 1yil loyihasi kanaliga a'zo bo'l

😍👇👇👇👇👇👇👇👇

https://t.me/ibem_biznes

Fikr va mulohazalarni eng pastdagi knopkaga bosib yozishingiz mumkin baho berishni unutmang 😎