January 9, 2019

Online biznes. Klentlarga tovarni qanday yetkazib beraman 🤔

O'zbekiston bo'ylab qanday tez yetkazib berish mumkin ! Va pochta bilan duch kelinadigan muammolar.

Bu savolni birinchi marta o'zimga berganimda hayolimga kelgan narsa google bo'lgan 😁

Bir nechta xususiy pochtalar borligini bildim lekin ular qanday ishlashi va narxini bilmasdim. Keyin magazinimda ofic ustida vizitka ko'rdim ''Fargo express'' yozilgan ekan. Narxi ham qimmat emas.

Xullas online biznes boshlaganimda ularga telfon qildim va srazi man internet magazin ekanligimni manga skidka berishlarini talab qildim. Sababi mandan ular doim foyda qilishadi. Skidka qilishdi lekin bu narx qoniqtirmadi.

Klentlar ham pulni oldindan to'lashni istashmadi. Tog'rida mosheyniklar ko'p zamonda qanday ishonish mumkin 🤔

Yana bir muammo

tovarni jo'natib yuborsam pulini u to'lamasligi meni o'ylantirib qo'ydi. Pochta orqali pul aylanmasi O'zbekistonda qonun bilan taqiqlangan!

Unda qolganlar qanday ishlayapti deb Konkurentlarni o'rganishni boshladim va ularga telefon qildim faqat bitta tashkilot pulni tovarni qo'limga olgach to'lashimni aytti.

Qoyil dedim-da. Savol berdim. Qaysi pochta orqali keladi ? Bts pochta. Raxmat dedimda o'ylab ko'rishimni aytim .

Qoyil muammo hal dedimda 🤩

Internet orqali Bts pochta raqamlarini oldim va shu pochta bilan ishlashni boshladim. Xavfsiz O'zbekiston bo'ylab 1 kun ichida yetkazib berishadi. Faqat ularning adreslari Shahar markazlarida joylashgan .

Sekin asta klentlar tovarni uyiga tashlashni talab qila boshlashdi.

Lekin Bts pull jonatmalarni qishloq rayon hududlariga olib bormaydi.

Bazi mijozlarni yo'qotishni boshladim bazilari esa shahar markazidagi pochta oficidan olishga rozi bo'lishdi.

Bir kuni do'stim bilan Maskvalik mehmon uchun bilet olishga Aviakassaga kirdik va u yerda Emu ekspress degan korimsiz reklamaga kozim tushib qiziqib kirdim. Tariflari ancha arzon va pul qaytarish uchun qo'shimcha xizmat haqi ham olishmas ekan. Yana bir plus tomoni Rayonlarga ham pulli dastavkalar qilish mumkin. Zorkuuuuu bu axir 🤩🤩🤩

Hozir Emu nomli pochtadan foydalanaman.

1 kg uchun Oficdan oficgacha 7000-10 000 so'm. Klentni uyigacha yetkazib berish

20 000so'm. Agar rayon hududi bo'lsa 30 000 so'm.

Yana bir tekin maslahat:

Faqat online magazin uchun shunday tovar tanlangki og'irligi 2-3 kg dan oshmasin va foyda 100 000 dan ko'proq qolsin. Va albatta reklamalarda Dastavka bepul elanini yozing.

Maqola muallifi: Ibrohimjon Eminov

🎦Milliard uchun 1 yil🎦 blogiga a'zo boling va biznes bo'yicha bilimlaringizni oshiring

👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Https://Telegram.me/ibem_biznes