7-bob vazifalar:
Maqtovlarga asoslangan matn tayyorlang:
hamkasblar: talabchan, sabrli, mehribon, hech qachon ovozini baland ko‘tarmaydi...
rahbar: dono, adolatli, aqlli, malakali, ishbilarmon...
sherik: aqlli, bilimli, intiluvchan...
Vazifa
O‘zingizning portfelingiz, kompyuteringiz, sevimli ish stolingiz, tanaffus vaqtida ichishni xush ko‘radigan bir chashka qahvatingiz, sevimli qalamingiz va boshqa narsalaringiz nomiga tabrik so‘zi yozing. Ularni biror bir o‘zingiz xohlagan bayram bilan yoki yubiley bilan kutlang.
Vazifa
Biror bir maqol (aforizm) asosida ishontiruvchi matn tayyorlang. Uni tasdiqlang yoki inkor qiling. Birinchidan, maqolning ma’nosini o‘z so‘zlaringiz bilan izohlang, so‘ngra undagi fikrlarni tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi biror hikoyani eslang yoki o‘zingiz o‘ylab toping, fikringizni qo‘llab-quvvatlaydigan kamida uchta dalil keltiring. Bu nutqingizning ikki qismida (odatda, boshida va oxirida) kerak bo‘ladi. Xulosangizni aniq qiling.
Nutq uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan aforizmlar:
- Kim boshqalarga yaxshilikni ravo ko‘rmasa, o‘zi ham bundan mahrum bo‘ladi.
- Bizning muvaffaqiyatsizliklarimiz biz uchun muvaffaqiyatlarimizdan ham ko‘ra ko‘proq saboq beradi. (G. Ford)
- So‘rab o‘rganish uyat emas, bilmaslik uyat.
- O‘zingiz to‘lashishingiz kerak bo‘lgan bilim yaxshiroq o‘zlashtiriladi.
- Agar inson haqoratni ham tabassum bilan tinglay olmasa, u rahbar bo‘lishga loyiqdir.
- Ko‘pchilik tashqi qiyofasidan norozi bo‘ladi, ammo hech kim miyasi haqida shikoyat qilmaydi.