2021-2022yil
June 10, 2022

BAYONNOMA №1

“30” noyabr 2021 yil Toshkent sh.

Toshkent davlat transport universitetida 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya-yangi O‘zbekistonning kafolati taraqqiyoti” nomli huquqshunos, bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev bilan uchrashuv.

Huquqshunos, bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev kontitutsiya va davlat, huquq va majburiyatlar, inson huquqlari sohasida qonun hujjatlari va ularni takomillashtirish, inson huquq va erkinliklari sohasida talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishda advokatlik tuzilmalarining roli, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga hamda ularning huquqiy asoslari to‘g‘risida so‘zlab o‘tdi.

Uchrashuvning yakunlovchi qismi talabalar va huquqshunos bloger tomonidan konstitutsiya, davlat, demokratiya, huquqiy savodxonlik haqida savol-javob ko‘rinishida o‘tdi.