2022-2023yil
April 19, 2023

“Tasviriy va amaliy sanʼat festivali” 

18.04.2023

18 aprel kuni Markaziy ko'rgazmalar zalida bo'lib o'tgan “Tasviriy va amaliy sanʼat festivali”da Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti talabalari va tyutorlari ishtirok etishdi. Unda yosh va mahoratli rassomlarning hamda amaliy sanʼat ustalarining ijodiy ishlari namoyish etilildi.

“Festivalda nafaqat tajribali rassomlar, balki havaskor, ijodini endi boshlagan yoshlarni ham ijodiy ishlari taqdim etiladi. Bu kabi xalqaro tadbirlarni oʻtkazilishi tasviriy va amaliy sanʼat ijodkorlarining balogʻat davridagi hissiyotlarini, tuygʻularini ijodiy asarlarida yorita olish qobiliyati va yondashuvlarini aniqlashdan iborat. Qolaversa, mazkur tashabbus “ustoz-shogird” anʼanasi ham davom etayotganligiga dalolatdir”, - dedi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti, sanʼatshunoslik fanlari falsafa doktori (PhD) Nigora Kultasheva.