2022-2023yil
June 17, 2023

Yoshlar kuni munosabati bilan “O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi

Toshkent sh. 16.06.2023

Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, aqlan yetuk, jismonan sog‘lom, intellektual salohiyatli, ma’nan barkamol qilib voyaga yetkazish, qolaversa, qilgan mehnati va erishgan yutuqlariga yarasha rag‘batlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 30 iyun sanasi Prezidentimiz tashabbusi bilan “Yoshlar kuni” deya e’lon qilinishi hamda har yili bayram sifatida nishonlanishi ertamiz egalariga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yorqin namunasidir. Bu yil ham bayram munosabati bilan iyun oyi “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilinib, oylik doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

17 iyun kuni kun davomida Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti tyutor va talaba yoshlarning faol ishtirokida G'afur G'ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog'i (Dream Park) sayr va sport o'yinlari tashkil etildi.

Talabalar tyutorlar orasida eshkak eshish, tir va kamondan o'q otish, kush sinashish sport o'yinlari ko'tarinki ruhda tashkil etildi.

Tyutorlar tomonidan havfsizlik qoidalari bo'yicha tushuntirishlar olib borilib, sport musobaqalarida havfsizlikni ta'minlash maqsadida ko'zatib borildi.

Sport musobaqalarida nafaqat talabar balki tyutorlar ham ishtirok etishdi.