HAZRATI IMOM MAJMUASIGA TASHRIF
Toshkent sh. 05.10.2022 yil
Toshkent shahrining qadimiy me'moriy yodgorliklaridan biri bo‘lgan aholi orasida Xast-Imom nomi bilan mashhur Hazrati Imom ansambliga Toshkent davlat transport universitetining Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti tyutorlari hamda talabalari tashrif buyurishdi.
Maydon eski shaharning orqasida joylashgan bo‘lib, u 1966 yildagi kuchli zilziladan omon qolgan. Majmua olim va din arbobi, birinchi toshkentlik imom Kaffol ash Shoshiy dafn etilgan joyda qurilgan.
Majmua Tillashayx masjidi, Abu Bakr Kaffol Shoshiy maqbarasi, Baroqxon madrasasi va Imom al-Buxoriy Islom institutidan iborat.
Ansambl hududida olib kelingan turli xil antiqa o‘simliklar ekilgan, bahordan kuzga qadar esa Hast Imomda laylaklar uya qurishadi. Hast imom tunda, chiroqlar yoqilib, sharq ertagining xayolotini yaratganda ayniqsa go‘zaldir.
Talabalar chet ellik turislar bilan ingliz tilida suhbat qurishib ularga qadamjolar to‘g‘risida o‘zlari bilgan ma'lumotlar bilan ulashishib, ular bilan fotosuratga tushib olishdi.