BAYONNOMA №3
“Huquqbuzаrliklаr profilаktikаsi, jinoyatchilikkа qаrshi kurаshish va huquqiy savodxonlik” mavzusida tashkillashtirilgan davra suhbati.
Mirobod tumani IIB profilaktika katta inspektorlari podpolkovnik S.A.Turanov: Ma’lumki mamlakatida mustaqillik yillari jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ijtimoiy va davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy muammolarni hal etish, birinchi navbatda aholi bandligini ta’minlash, ayollar va yoshlarni ijtimoiy-foydali faoliyatga jalb etishni faollashtirish, voyaga yetmaganlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilar va g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan yoki sodir etgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini rivojlantirish, huquqbuzarliklar profilaktikasiga fuqarolar va jamoat tashkilotlarini, shu jumladan ularni moddiy va boshqacha tarzda rag‘batlantirish orqali jalb etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.