2022-2023yil
September 15, 2022

Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish

Toshkent sh. 07.09.2022 yil

Toshkent davlat trasport universitetining faollar zalida "Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish" mavzusida huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirokida 1-kurs talabalari uchun semenar bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ichki ishlar xodimlari tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish ularni oldini olish to‘g‘risida so‘zlab berildi.

Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor D.X.Baratov universitet ichki tartib qoidalari, etiket, ma'naviy mezonlarga alohida to‘xtalib o‘tib, ichki tartib qoidalarni buzgan talaba va ichki hodimlarga tegishli tartibda jazo qo'llanilishi haqida takidlab o‘tdi.

Tadbirning yakunlov qismida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga IIV xodimlaridan javob oldilar.