June 7, 2025

Kuchli qiz Yeji

Kuchli qiz Yeji

2-bob — Qochish

— Oyi... — og‘zimdan chiqayotgan so‘z shu bo‘ldi, xolos. Nafasim qisildi, yuragim go‘yoki muzlab qolgandi.

Qandaydir qotib qolganman. Qo‘rquv yuragimni teshayotgandek bo‘ldi. Qarshimda Mary titrab yig‘lardi, qo‘llarini havoga cho‘zgancha o‘sha yoqqa qarab yugurdi. Uning chinqiriqlari, chaqiriqlari quloqlarimda yashin bo‘lib chalingan paytda men bor kuchim bilan unga yetib oldim va qo‘ltig‘idan mahkam tutib qoldim.

— Mary, yo‘q! Borma, iltimos! — deya zorlandim, lekin o‘zimning ham ovozim eshitilmayotgandek edi. Miyamda g‘alati shovqin — itlarning akillashi, begona tillarda aytilgan buyruqlar, o‘q tovushlari... Bularning barchasi go‘yo tushda eshitilayotgandek edi.

Men ikkita yo‘l orasida edim. Oldimda — o‘lim, ortimda — umid. O‘rtada esa Mary. Onamni qutqara olmasligimni tushungandim, lekin singlim hali men uchun umid, sabr, sabab edi. Kurashishga majbur edim.

Oyim har doim aytardi:
"Insonlar faqat kuchli bo‘lsagina baxtga erishadi."

Endi angladim, u gaplarni o‘sha kunlar uchun aytgan ekan. Men kuchli bo‘lishni tanladim — garchi bu kuch meni halokat sari yetaklasa ham.

Qo‘rquv ichida Maryga yuzlandim.

— Mary, meni diqqat bilan eshit. Biz hozir... quvlashmachoq o‘ynaymiz, maylimi? Lekin hech kim bizni tutib olmasligi kerak. Bu o‘yin. Yutqazmasligimiz kerak.

Mary ko‘zlarini yosh bosgancha, seskanib so‘radi:

— Lekin oyim... buvim-chi...?

Men uning ko‘zlariga jiddiy tikildim.

— Buvim nima der edi? Eslaysanmi?

Mary yutinib, boshi bilan tasdiqladi.

— Har doim o‘zingni o‘yla, der edi...

— Barakalla! Endi esa qochamiz! Inglizlar, nemislar shu yerda! Biz esa g‘olib bo‘lishimiz kerak!

Mary ko‘zlaridagi qo‘rquvga qaramay bosh irg‘adi. Men uning qo‘lidan ushlab, o‘rmon ichiga yugurib ketdim. Tovushlar orqamda qolayotgandek tuyuldi. Biz yuraklarimiz dod solib urayotgan bo‘lsa-da, yugurishda davom etdik. Qayin daraxtining kovagiga yetib bordik va ichkariga yashirindik.

Na ichkarida issiqlik, na qulaylik bor edi, lekin biz tirik edik. Biz yashirinib ulgurgandik.

Tongi 4.45 atroflari qishloq nemislar va kares askarlari bilan qurshab olingan

—Foyda ko'rmadik

—Janob Christopher siz aytgan foydani barbir ko'ra olmasdik

—Bizga farqi bor deb o'ylasizlarmi ? Biz sizlarga yetarli qurol berdik sizlar evaziga nima berishingiz kerak edi ?

—Kim tog'ri aytayabdi biz shunday ishlarni tashlab shu yerga keldik siz esa bizni yolg'on so'zlaringiz bilan aldashdan uyog'iga o'tmadingiz janob Shutir siz bir kammanda qomondosiz holos biz sizga yeralarimizni qurolmizni berdik sizchi ?

—biz bilan o'yin o'ynamang ! Anashu kapirni endi tirtlasiz yoki shogirtni topasiz bu bizga muhim emas ,agar bosh tortsangiz nafaqat meni xalqim Xitoy Yaponiya Turkiya Uyg'urlar hato America ham sizga qarshi turadi unutmang shuni

***
O‘sha vaqtda...

Yeji va Mary chinor tagida allaqachon uxlab qolishgan edi. Yomg‘ir silliq barglarga ohangsiz musiqaday urilardi. Birdan Yeji bir vahimali tush ko‘rib uyg‘ondi. Ko‘ksini ushlab, yuragini tinchlantirishga harakat qildi. Atrofga nazar soldi — sukunat, jimjitlik, faqat daraxtlar shitirlaydi.

Mary hali uxlab yotgan edi. Yeji uni uyg‘otmaslik uchun sekin turdi.

Lekin Mary ko‘zlarini ochdi.

— Opa...

Yeji chuqur nafas oldi.

— Mary, men qishloqqa qaytaman. Sen shu yerda qolasan. Tushunarlimi?

— Men ham boraman! Oyim, buvim... u yerda!

Yeji bosh chayqadi.

— Yo‘q, sen bu yerda qolasan. Men chizmalarni, yozuvlarni olib qaytaman. Sen jim o‘tir. Bu men uchun juda muhim.

Mary bosh silkadi va men chinor yonidan uzoqlashdim va o'rmon ichkarisdan tashqarsi tomon sezdirmay harakat qildim va qishloqa yaqinlashganimda juda qo'rqdim qishloq kul bo'lgan askarlar o'lgan jasadlarni ko'mishardi atrof to'la qurolli vaxshilar men daraxt oldiga yashrndim va qishloqa yaqinroq turdum chodir va u yerga buvimni jasadni olib kirib ketishyotgani ko'rib ko'zlarim o'z o'zidan yoshlana boshladi va ichimga yutgancha yig'ladim va o'zimni qo'lga olib yig'lashni to'xtatim va oyimni murdalar ichiga shunchaki ko'miyotgani ko'rdim va ovoz chiqarib yig'lab yubordim onaming bu ahvolda ko'rib shunchaki

chiday olmadim onamning so'ngi bor ismimni aytgani hali ham qulog'imda jaranglar edi yuragim esa qindan chiqardi. Atrofdagilarim bir daqaiqaga hammasi tuganga o'xshardi lekin birdan itlari yugrib kelyotgan ovozi es hushmni yig'ib yugurshimga sabab bo'ldi lekin men ojiz edim va dushman qo'liga tushdim

Meni chodir ichkarsiga sudrab olib kirishdi meni qo'l oyog'im zir qaltirar edi u yerning muhti mendek qizlarni qo'rqtishi tabiiy hol edi erkaklar ichida yosh qiz bu juda qo'rqinchli edi ular meni o'ldirshadi deb kutyotgan edim lekin birdan buvimning jasadiga ko'zim tushdi va pichrlab yana yig'lay boshladim

Chodir ichida...

Yeji qora chodir ichiga sudrab keltirildi. Qo‘l-oyog‘i titrar, tili kalimaga kelmas edi. Chodir ichidagi havo g‘alati, siqilgan, yurakni bo‘g‘uvchi edi. Erkaklarning nigohi qiz uchun juda xavfli edi.

Yeji yuragini bosib o‘tirarkan, birdan yonboshdagi to‘shakda yotgan jasadga ko‘zi tushdi.

Bu — buvim edi.

— Buvi... jon...

U nigohini uzmasdan yig‘ladi. Yuragi tilka-tilka edi. Endi hech kim yo‘q edi. Endi u yolg‘iz edi. Lekin shu payt... bir badavlat, qo‘rqinchli, kuchli erkak ovozi qulog‘iga chalindi:

— Sen kimsan ?

Yeji boshini ko‘tardi. Uning ko‘zlarida na umid, na qo‘rquv bor edi — faqat nafrat.Uning lablari qaltirab, ko‘zlari chaqnardi