Kuchli qiz Yeji
Seul. Tungi shahar. Yorqin chiroqlar, musiqaning baland tovushi, raqsga tushayotgan tanalar, kulgi...
Bu dunyo — Eunjining dunyosi edi.
U har kecha klubda bo‘lardi. Har kecha boshqa imidj, boshqa do‘stlar, boshqa hayot. U uchun erkinlik — bu tungi klub eshiklaridan kirish edi. Ichimliklar, yangi tanishuvlar, selfilar, ijtimoiy tarmoqda minglab "like"lar...
Ammo bu zavq to‘la hayotni ota-onasi ko‘rganlarida, yuzlari oqarardi.
Hwanglar oilasi — obro‘li, qattiqqo‘l, an’anaparast. Eunji otasi bank boshqaruvchisining yagona qizi. Onasi esa konservatoriyadagi hurmatli ustoz. Ular uchun qizining tungi hayoti — uyalish va g‘azab edi.
— Yana kechqurun qaytmagan, — dedi onasi bir tong otmasdan.
— Biz unga shunchalik erkinlik berdikmi? — deya otasi stakanni stolga urdi. — Yetar!
Ular qaror qabul qilishdi.
Eunji endi Seulda emas, tog‘ etagidagi kichikroq shaharchadagi buvisi Yejining uyida yashaydi. U yoqtirmaydigan, achchiq haqiqatlarni yuziga aytadigan ..
— Nima? Meni o‘sha tog‘dagina yashaydigan buvinikiga jo‘natyapsizlarmi? Jiddiy gapiryapsizlarmi? Bu — surgun! — deb baqirdi Eunji chamadonini oyog‘i bilan itarib.
— Bu sening hayotingni qutqarish uchun, — dedi otasi.
— Men baxtliman bu yerda! Men mustaqilman!
— Bu mustaqillik emas, bu — halokat sari yo‘l, Eunji, — dedi onasi.
Va shunday qilib, telefonsiz, do‘stlarsiz, klub, shahar va erkinlikdan uzilgan holda, u poyezdda o‘tirib, Yejining uyiga jo‘natildi...
Buvisi Yeji — 85 yoshda, mustahkam yurakli, jiddiy qiyofali, og‘ir qadamli qariya to'g'ri qari lekin hali ham takrorlanmas
U qo‘liga qizil sumkasini olib, stansiyada Eunji kutib oldi.
— Ko'zmunchog'im kelibdi — dedi u qizning ko‘ziga tik qarab.
Eunji esa yelka qisdi, telefoniga qaradi va g‘amgin kuldi.
— Wi-Fi ham yo‘qmi bu yerda buvi
Kechqurun edi. Osmon to‘q moviy tusga kirgan, qushlar jimib qolgan edi.
Poyezd bekatidan chiqqan mashina chang ko‘tarib, uzoq yo‘l bosib, nihoyat manzilga yetdi.
Oldinda — kichik, ammo chiroyli yog‘och kulba. Derazalari oq romli, tomidan tutun chiqib turibdi. Kulbaning atrofi gulzorlar, archa daraxtlari bilan o‘ralgan. Go‘yo vaqt bu yerda to‘xtab qolgandek.
— Bu endi sening uying, — dedi buvisi Yeji, eshikni ochib.
Eunji hayrat bilan ichkariga qaradi.
U kutgandek quruq, jonsiz emasdi bu joy. Aksincha — iliq, qulay va xotirjam edi.
Ichkarida kitoblar, yog‘och mebellar, eski radio, va eng muhimi — devor to‘la medal va suratlar.
Eunji poyabzali bilan sekin ichkariga qadam bosdi. Oyoqlari taxta polda sekin cho‘qqillab yurdi. Nazarida har bir buyum o‘tmish bilan “so‘zlashayotgandek” edi.
Yeji choy qo‘yish uchun oshxonaga yo‘l oldi.
Eunji esa devordagi osilgan medal va suratlarga qarab qoldi. Bu uncha katta bo‘lmagan kulba ichida o‘tmishning og‘ir nafaslari bor edi.
Qora-oq formatda, ikki kishi tasvirlangan — bir erkak harbiy kiyimda, yonida esa yosh, go‘zal ayol. Erkakning ko‘zlari keskin, jasur. Ayol esa mehr bilan unga suyanib turardi.
Eunji qadam tashladi, suratga yaqinlashdi.
— Bu... bu kimlar? — dedi u sekin. Ko‘zlaridagi hayratni yashira olmadi.
Yeji choy olib kelar ekan, jimgina uni stolga qo‘ydi. Bir zum to‘xtab, nabirasining qarayotgan suratiga qaradi. Yuzida ehtiyotkorlik bilan aralashgan afsus va g‘urur ifodasi bor edi.
— bu men va bobong...
— Nima?? — dedi Eunji, hayratini yutolmay. —Dadam bobom haqida umman gapirmagan bobong o'lgan men tug'ilganmda degan men faqat sizni bilaman bobom ham bor ekan qoyil lekin juda kelishgan bo'lgan ekanlar ismi nima edi? —Yeji sekin bosh qimirlatdi. Ko‘zlari bir muddat suratga qadald
—Bobong qochoq deb topilib nohaq otib o'ldirlgan bu ancha oldin bo'lgan uning ismi Taehyung edi
—Buvi hazl qilyabsizmi ahir Taehyung idolku -Eunji ishonmay kuladi
—Aytib berasizmi yoki uhlaymi?
Eunji sukut saqladi va eshita boshladi Yeji esa so'zlay boshladi
Bu voqea ancha yillar oldin sodir bo'lgan urush yillari paytida men u payt endi 20 yoshda edim eng gullagan paytlarim qonli urush davriga tog'ri kelgan men o'sha kuni barchasidan ayrldim yonimda esa faqat singlim qoldi
Ikki qiz katta dala qir adrliklar bo'ylab yugrib yurar sochlariga tegyotgan shamol ularni yanada nafisroq va baxtli ko'rstardi
—Meni tuta olmaysiz —Mary quvnoq ovozda maysazorlar ichidan qochardi u mening yagona quvonchim edi 17 bahorni qarshlagan quvnoq qizaloq
—Tutib olsam bugungi giyohlarni o'zing terasan—Yeji ham singlisi bilan birga kulardi hayotdan zavq olardi va singlsining ortidan yugrib sakrab uni tutdi va ikksi maysalar orasiga yiqlib qiqir qiqir kulishardi
**
—Giyohlar qolmadi qizlaring esa hali ham dalada borib chaqir ularni ...hammasi boshimga bitgan balo
—Birgina sizning o'g'lingiz o'lgani yo'q!Meni o'g'lim ham erim ham o'ldi va zaxrmni hech kimga sochganim yo'q qizlarimda ayb yo'q ular shunchaki hayotdan baxramand bo'lib yashashyabdi ertga o'lsam biri turmushga chiqadi biri esa siz kabi ezma kapir bilan qoladi —U ayol mening onam edi biz uchun barcha narsaga tayyor otamiz o'lganda ham akamiz urushda halok bo'lganda ham kuchli bo'lgan ayol edi
—Turmushga chiqishga er bormi hammasni urush qiryabdi tegsa ham nogironiga tegadida —bu esa mening vaysaqi buvim edi so'zlari sovuq bo'lsa ham qalbi iliq edi qishloqning tabibi edi menga ham barchasni o'rgatgan buvim edi
**
Oyim yelkasiga savatni ilib biz bor ovozi bilan chaqargani eshtim bu oyimning so'ngi so'zlari ekanini hayolimga ham keltirmagan edim
—Yeji Mary uyga qaytinglar kun kech bo'lyabdi—Deb uzoqdan baqirardi
—Oyi yana biroz o'ynaylik buvim hozir borsak vaysaqi kabi gapiradi —Singlim o'shanda ikkmizni hayotmizni saqlab qolgan desam adashmayman
**
—Bo'ldi Mary uyga qaytamiz qara kun rostan kech bo'ldi oyim chaqirgani qachon edi
—Mayli uygacha poyga o'ynaymiz
Ikki kabutar huddi hech narsani bilmagandek yugurshar edi quvlashib bir birni va birdan qishloq portladi yakson bo'ldi va singlim turgan joyida qotib qoldi