August 4, 2025

Step sisters

Kechki ovqat nihoyasiga yetdi. Stol ustidagi shamlar sekin o‘chirilmoqda, xizmatkorlar idish-tovoqlarni olib chiqmoqda edi. Yunmin xonim va Janob Hwang zalda qolib, shivir-shivir suhbatga cho‘mishdi.

Mary esa yuragidagi og‘irlik bilan asta o‘rnidan turdi. Atrofdagi bu muhit unga hanuz begona, vahimali tuyulardi. Uy ichida yo‘lini topolmasdi.

U sekin yurib, ayvon chetida stakani bilan turib qolgan Ari oldiga keldi. Bir oz ikkilanib, muloyim ovozda so‘radi:

— “Ari… kechirasan… xonam qayerda ekanligini aytib bera olasanmi?”

Ari sekin, ohista unga yuzlandi. Iblisona jilmayish yana labida paydo bo‘ldi. Ko‘zlari sekin Maryni tepadan-pastga o‘lchab chiqdi. So‘ngda esa stakanini stolga qo‘yib, to‘g‘rilandi.

— “Albatta, quyoncham. Yur, seni o‘zim olib boraman…”

Mary bosh irg‘ab unga ergashdi. Ari shoshilmasdan yurardi — har bir qadami go‘yoki o‘yin edi. Ikkalasi zinadan yuqoriga ko‘tarilayotganda, ularning ortidan sokin, ammo kuchli qadam tovushi eshitildi. Bu — Yeji edi. U jim, sovuqqon qiyofada, ammo ko‘zlarida xavotir bilan ularni kuzatardi.

Mary buni sezmadi, lekin Ari orqasiga o‘girilib, Yeji tomonga qiziq bir nigoh tashladi. So‘ng muloyim ovozda shunday dedi:

— “sen ham biz bilan yurmoqchimisan?”

Yeji javob bermadi. Faqat qoshlarini ozroq chimirgancha, yurishda davom etdi.

Ular uyning yuqori qavatiga ko‘tarilishdi. Ari Maryni orqa qanotdagi jim, sokin bir koridorga yetakladi. Yog‘och eshik oldida to‘xtab, unga o‘girildi.

— “Mana bu, sening xonang. Ichkarisi issiq, derazasi katta. Xohlasang, yoningda qolishim mumkin...” — dedi Ari, jilmaygancha.

Mary boshini chayqadi, biroz uyatchanlik bilan.

— “Yo‘q, rahmat... men faqat dam olmoqchiman. Juda charchadim.”

Ari boshini quyi egib, pichirlab shunday dedi:

— “Mendan qochma quyoncha barbir tutib olaman bu yoqimtoy yuzing menga ishlmaydi..”

Yeji bu gapni eshitdi. U Ari tomon bir qadam oldinga chiqib, qattiq ohangda dedi:

— “Bu yerdan ket. U charchagan”

Ari yonboshiga suyanib, Yeji tomonga jilmaydi.

— “Ey, sen doim meni nazorat qilmoqchisan, a? Balki, sen ham uni xohlayotgandirsan?”

Yeji bir qadam ham orqaga chekinmadi. U Mary tomonga yuzlanib, muloyimlik bilan so‘radi:

— “Sen yolg‘iz qolishni xohlaysanmi?”

Mary bir lahza ikkilanib turdi. So‘ng asta bosh irg‘adi.

— “Ha… bir oz tinchlik istayman.”

Yeji eshikni ochib berdi. Ari oxirgi marta Maryga qarab kuldi.

— “Xayrli tun, quyoncha. Tushlaringda kim bo‘larkin....albatta bu men”

Mary hech narsa demay, ichkariga kirdi va eshik ohista yopildi.

Eshik ohista yopilgach, Mary xonasida yolg‘iz qoldi. Ari va Yeji esa koridorda qarama-qarshi turardi. Ari qo‘llarini ko‘ksida chalishtirib, o‘ziga xos kulimsiragancha Yejiga tikildi. Yeji esa sovuqqon, lekin ich-ichida to‘lqinlanib turardi.

— “U hali yosh, Ari,” — dedi Yeji nihoyat. Ovozi qattiq emasdi, lekin qat’iy edi. — “U bu narsalarga aralashmasligi kerak. Hech bo‘lmasa endi

Ari bir qoshini ko‘tardi, labining chetida kulgi o‘ynadi.

— “Oh, demak sen hozir ‘himoyachi opa’ rolini o‘ynayapsanmi?” — dedi u masxara aralash ohangda. — “Yoki rostdan ham uni o‘zing xohlaysanmi?”

Yeji bir qadam oldinga chiqdi. Ari bunga tayyor edi. Nigohlari o‘tkir va chaqnoq, ensasida asab tomiri tortilib ketdi.

— “Bu sening navbatdagi o‘yinchog'ing emas, Ari,” — dedi Yeji. — “U hali hech narsani tushunmaydi. Va men bunga yo‘l qo‘ymayman.”

Ari ko‘zlarini qisdi. So‘ng birdan jiddiylashdi. Qoshlarini chimirib, ensasini qotirdi. Nafasi biroz og‘irlashdi.

— “Sen doim meni to‘xtatmoqchi bo‘lasan,” — dedi u pichirlab. — “Nega, Yeji? Mening kimligimni unutdingmi?”

Yeji bu safar unga umuman kutilmagancha yaqinlashdi. Qo‘llari Arining yuzini muloyim ushlab, ko‘zlariga tik qaradi. Ko‘nglidagi ziddiyat, iztirob, xavotir — hammasi o‘sha qarashlarda to‘plangan edi. Keyin esa, u Arining lablariga asta o‘pich qo‘ndi.

O‘pich qisqa edi. Lekin yetarlicha chuqur.

Ari bir zum jim qoldi. Ko‘zlari katta ochildi. So‘ng, kulimsiradi. Nafasi biroz tezlashgan, yuragi biroz chalg‘igan edi.

— “Menga bunday yondashsang… men butunlay boshqa narsani istay boshlayman, Yeji.”

Yeji bir qadam orqaga chekindi. O‘zini yana bosiqlikka soldi.

— “Men faqat seni tinchlantirdim. Endi unga yaqinlashma.”

Ari jilmaydi. Ko‘zlarida olov chaqnadi.

— “Faqat bu kechami?” — dedi u pichirlab. — “Demak, ertangi kun umidli…”

Yeji hech narsa demadi. Faqat koridor bo‘ylab jim yurib ketdi.

Quyosh endigina o‘z nurlarini derazalardan ichkariga to‘ka boshlagan edi. Mary uyg‘ondi. U qo‘lida yostiqni quchoqlagancha biroz o‘zini charchagan his qildi. Oppoq, yupqa matodan tikilgan tungi ko‘ylagi tanasini muloyim o‘rab turardi — yelkalari ochiq, bel chizig‘i aniqlik bilan ko‘rinib turardi. Sochlari yelkalariga yoyilgan, kipriklari orasidan xira uyg‘onish alomati sezilardi.

Yostiqni chetga qo‘yib, u qaddini rostladi. Atrofga ko‘z yugurtirdi. Ota-onasi tong saharda uni uyg‘otmay ketishmaganmikan? Xavotir bosdi.

U zinapoyadan sekin tushdi. Hali hamon yalangoyoq, barmoqlari zinalarda bexosdan taqillatib yurardi. Yelkasidan sovuq shamol ohangda yurakni allaqanday siqimlik hissi bosib borardi.

U mehmonxona tomon yo‘l oldi va eshikni ochdi.

Ichkarida Ari va Yeji allaqachon nonushta qilishayotgan edi. Ular oppoq silliq kostyumlarda, g‘oyat jozibali ko‘rinishda edilar. Ari stakanidagi apelsin sharbatini ichayotgan, Yeji esa noutbukda nimadir ko‘rayotgandi. Ammo Mary kirgan zahoti, ularning nigohi bir zumda unga qadaldi.

Mary oq ko‘ylakda, ochiq bel, yalang oyoqlari va qizil lablari bilan ularning qarshisida turar, go‘yoki o‘zining qanday ta’sir uyg‘otayotganidan bexabar edi.

Ari stakanni stolga qo‘ydi. Ko‘zlari kulib turgan, ammo ichida bir narsa — hirs g‘uvlab uyg‘ongan edi.

— “Quyoncham... sen hozir tushdan chiqqan farishtadeksan,” — dedi u asta, ohangida iblislik va hazil qorishgan.

Yeji ham unga tik qaradi. Ammo uning nigohi sokin, ammo chuqur edi. Maryni shunchaki kuzatmayotgandi — u har bir harakati, har bir nafasini anglashga urinayotgandi.

Mary esa, ularga qarab, g‘o‘rlik bilan so‘radi:

— “Oyimni ko‘rmadinglarmi?..”

Yeji sekin boshini quyi soldi.

— “Ular ketishgan. Ertalab aeroportga. Tashvish qilma. Biz sen bilanmiz.”

Mary biroz cho‘chidi, ammo o‘zini tutdi. Bu ikki ko‘z unga turlicha ko‘rinardi. Biri — ilon kabi silliq, o‘ynoqi va doimo yaqinlashishga urinayotgan. Boshqasi esa — uzoq, ammo ichidan yondiruvchi va jiddiy.

Ari stulni surib, unga ishora qildi.

— “Kel, biz bilan nonushta qil. Tong hali tugamadi, Mary. Hali hech narsa boshlanmagan...”

Yeji esa unga kruassan uzatdi.

— “Yeb ol O‘zingni yolg‘iz his qilma.”

Mary ularning orasiga o‘tirar ekan, yuragi allaqanday g‘alati, tanib bo‘lmas hissiyotlar bilan to‘ldi. U bu ikki opa orasida o‘zini go‘yoki boshqa olamga qadam qo‘ygan kabi his qildi.

Mehmonxonada tonggi quyosh derazalardan ichkariga sekin singib turar, havoda tost va qahva hidi suzib yurar edi. Mary Ari bilan Yeji o‘rtasida o‘tirgan, lekin ularning ikkalasi ham butun diqqatini unga qaratgan edi — har biri o‘z yo‘li bilan.

Mary oldidagi pstakandan bir qultum issiq kakao ichdi. Uning lablariga cho‘zilgan tabiiy tabassum, ko‘zlaridagi ifodasizlik — aynan shular Arining hushini olardi.

Ari unga tikilgancha o‘tirar, ko‘zlarini uzolmas edi. Oppoq tungi ko‘ylak Maryning yelkalari va sonlarini chiroyli ochib ko‘rsatar, har bir harakati Ari uchun go‘yoki sekin harakatdagi tushga o‘xshardi. U bir vaqtning o‘zida yengil kulib, lablarini yaltillatdi.

Yeji esa noutbuk ekraniga qarab turar, lekin go‘yo ko‘rmayotgandek emas edi. Ekranda bir GL serialining sahnasi ko‘rinib turar — ikki yosh ayolning hissiyotlarga to‘la, yaqin suhbati. U bu serialga shunchaki qiziqib emas, balki o‘zini unda ko‘rayotgandi.

Mary bu tasvirlarga ko‘zi tushgach, boshini biroz egib, qiziqib so‘radi:

— “Bu… qanday serial? Boshqa o‘xshamaydiku…”

Yeji savolga javob bermoqchi bo‘ldi, lekin Ari undan oldin harakatga o‘tdi.

Ari qo‘lini sekin Maryning soniga qo‘ydi. Uning kafti issiq edi, harakati esa sekin va ehtiyotkor — lekin niyati shubhasiz edi. Mary cho‘chimagandek edi, ammo bu teginish uni biroz qotirib qo‘ydi.

Ari yengil pichirladi:

— “Bu... sevgining boshqa shakli. Ko‘proq yurak orqali, kamroq so‘z bilan. Ayrimlar uchun noma’lum, ba’zilar uchun esa chinakam his.”

U barmog‘i bilan Maryning sonini sekin silab, ko‘zlarini uzmay qarab turar edi.

Yeji noutbukni yopa qoldi. U Ari tomonga sovuq qarash tashladi, lekin jim edi. U faqat Maryga tikilib dedi:

— “Agar xohlasang, keyin birga ko‘ramiz. Bu serial senga yoqishi mumkin.”