Step sister
Kechki shom. Osmon qip-qizil. Hwang oilasining tepalikdagi hashamatli uyining ayvoni sokin. Uch qavatli uyning eng yuqori qavatidagi keng ayvonda ikki egizak o‘tirgan edi. Ularning oldida ikki stakan viski va tugallanmagan suhbatlar yotardi.
Ari birinchi bo‘lib kuldi. Uning kulgusi quvnoq, ozgina masxarabozona va o‘zi kabi beparvo edi. Qizil rangga bo‘yalgan qalin lablari stakanning og‘zidan asta ajraldi.
— “Hali ham ishonolmayapman,” — dedi u, shishani yana to‘ldirib, Yeji tomon siljitar ekan. — “Otamiz yana uylanmoqchi. Va… yana bir singlimiz bo‘ladi!”
Yeji jim edi. Har doimgidek. U viskidan bir yudum olib, ayvon chetidagi qorong‘ilikka tikildi. Ari dan farqli o‘laroq, Yeji salobatli, bosiq va ichki dunyosi bilan yashovchi qiz edi. Aridan sifatli u o‘zini doimo nazoratda ushlardi.
— “U bizning onamizni unutmadi deb o‘ylagandim” — dedi Yeji nihoyat, ovozi past, lekin aniq. — “Endi esa, bu… ayol, singlimiz bilan…”
— “Yangi o‘yinchoq paydo bo‘lyapti, Yeji! Qiziqarli bo‘lmaydimi? Qizaloqmi, yigitmi, GLmi, biarmi… meni qiziqtirayotgan narsa bu emas. Meni faqat bir narsa o‘ylantiryapti: bu singlimiz oramizni buzadimi?”
Yeji unga tikildi. Ari ko‘zlarida har doimgidek chaqnayotgan g‘alati nurlardan birini ko‘rdi. Quvnoq, ochiq, ammo ich-ichidan beg‘am va manipulyativ. Ari — Betta edi. Ammo u ko‘p Betta qizlardan farqli o‘laroq, jozibasi bilan ko‘pchilikni o‘ziga rom qilardi. Qizlar, ayollar... hattoki ustozlar ham undan uzoq yura olmasdi.
— “Bizning oramizda hech kim turolmaydi,” — dedi Yeji, muloyim lekin ohangida sovuqlik bilan. — “Hech kim.”
Ari kuldi. Viski stakanini ko‘tardi.
— “Shunga ichamiz, Mushukcham Yangi singlimizga — bilmadim, dushman bo‘lamizmi yoki... yana bir GL juftlikka aylanishimizga.”
Tonggi shabada hali muzdek edi. Ayvon uzra quyosh hali to‘liq ko‘tarilmagan, biroq nurning ilk zarbalari oq marmar ustunlarga tushgan edi. Ari stakanidagi viskini yana bir yudumlab, zerikkancha nozik panjalari bilan sochlarini yig‘ib qo‘ydi. Yeji esa jimgina stulda o‘tirib, hovlida to‘xtagan qora mashinani ko‘zdan kechirardi.
Qora Mercedes asta to‘xtadi. Eshik ochildi. Avvaliga nafis kiyingan bir ayol — Yunmin xonim tushdi. Keyin esa… u.
U hali o‘smir edi. Ammo go‘zalligi allaqachon qizarib pishgan meva misol ko‘zni qamashtirar, oppoq terisi, quyonchaday katta, toza ko‘zlari va ideal qomati bilan butun manzarani o‘ziga bo‘ysundirardi. Uning yurishida nochorlik, ammo fe’lida noma’lum joziba bor edi.
Ari stakanni qo‘ydi. Ko‘zlarida g‘alati bir chaqnash paydo bo‘ldi.
— “Bu u bo‘ladimi?” — dedi u, lablarining cheti bilan kulib.
Yeji javob bermadi. Faqat past ovozda, sal ohangda shunday dedi:
Ular pastga qarab, ayvondan kuzatishda davom etdi. Janob Hwang ularni iliq kutib oldi. Mary esa xijolatli jilmayib, otasining yonida sokin yurardi. Ko‘zlari, go‘yo ayvon tomon, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yeji bilan Ari tomon qaradi. Ari bilan uning nigohlari to‘qnashdi.
U nigohlar ichida nima bor edi? Sir. Qiziqish. Yoki... yaqinlashayotgan xavf.
Yeji o‘zini g‘alati his qildi. Uning yuragi urib ketdi. Ari esa viskini yana ichdi va pichirlab aytdi:
— “Yo‘q, Ari. U… bu yerda o‘yinchoq bo‘lish uchun kelmagan.”
— “Demak sen ham uni istayapsan.”
Kechki soat sakkiz. Uyning asosiy zalida ulkan stol atrofida jimlik hukm surardi. Ovqatlar puxta bezatilgan, chiroqlar issiq va yumshoq nur taratardi. O‘rtada Janob Hwang, uning o‘ngida Yunmin xonim va Mary, chap tarafda esa Yeji va Ari o‘tirgan edi.
Mary bekinikicha qo‘llarini tizzasiga qo‘yib, silkitmaslikka harakat qilardi. Bu stol… bu oilaviy muhit unga begona, muzdek tuyuldi. Ayniqsa, o‘sha ikki ko‘z — biri chiroyli, lekin qop-qora niyatli, ikkinchisi sokin, ammo ko‘ngli qorong‘i bo‘lgan ikki qizning nigohi uni teshardi.
Janob Hwang qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, boshini ko‘tarib gap boshladi.
— “Bugun bu kechki ovqat o‘zgacha. Chunki, rasmiy e’lon qilmoqchiman: Mary endi men uchun begonadan emas. U mening qonimdan, mening qizim.”
Yunmin xonim ko‘z yoshlarini zo‘rg‘a yutdi. Mary esa beixtiyor muzlab qoldi.
— “Va bu bilan,” — davom etdi u, — “Yeji va Ari — sizlar uning opa-singlilari bo‘lasizlar. Endi sizlar uch kishi — bir oila.”
Mary asta boshini ko‘tardi. Nigohlari avval Yeji bilan to‘qnashdi. Yeji unga jiddiy tikilib turardi, ko‘zlarida qorong‘u, iztirobli hissiyot yashiringan edi. Keyin Ari.
Ari jilmaydi. Juda sokin, ohangda, lekin bu jilmayishda biror narsa... noma'lum va xavfli bir narsa bor edi. U stakani bilan o‘ynab, ohista dedi:
— “Demak… endi biz bir oilamiz. Qiziq.”
Mary ichkaridan titradi. U qizlarning ko‘zlarida iliqlik emas, balki egallamoqchi bo‘lgan o‘lja sari intilayotgan yovvoyi instinktni ko‘rdi. Ari unga huddi o‘ljasiga qaraganday qaradi. Yeji esa… boshqacha. Uning ko‘zlarida bir og‘riq bor edi. Yashirin, ammo kuchli.
— “Men...” — dedi Mary shivirlagancha, — “Men sizlarni avval ko‘rmaganman. Bu hammasi juda... g‘alati.”
Ari stuldan biroz egilib unga yaqinlashdi.
— “Hali hammasi boshlanmagan, quyoncha,” — dedi u asta.