September 16, 2023

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi xodimlari bilan uchrashuv

Ijtimoiy himoya milliy agentligining asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan biri ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishni tashkil etish hisoblanadi.

Ayni ushbu masaladagi hamkorlikni jadallashtirish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi Fazildjanova Nilufar Xikmatjanovna Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi jamoasi bilan uchrashdi.

Tadbir davomida, markaz faoliyati va ushbu muassasadagi tarbiyalanuvchilarga yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishni tashkil etish borasidagi hamkorlik boʻyicha markaz jamoasi bilan davra suhbati oʻtkazildi.

Shuningdek, aynan ushbu Markazga qabul qilingan fuqaro T.M.Q.ning voyaga yetmagan farzandiga koʻrsatilayotgan ijtimoiy-pedagogik yordam, uning yoshiga xos boʻlgan psixofiziologik xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasi boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar bilan tanishildi.

Maʼlumot uchun, joriy yilning 11-sentyabr kuni, ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro T.M.Q. voyaga yetmagan farzandi T.B.Q. bilan turli manzillarda plastik idishlar yigʻib yurganligi, shuningdek uyiga bir necha kundan buyon bormaganligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur holat boʻyicha mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilgan hamda tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi nazoratiga olingan.

Kanalga ulanish👇👇👇

https://t.me/ihma_toshkentshahri