Xalqaro institutga tashrif
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishini ko‘zdan kechirish maqsadida Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi va bu yerda prezidentimiz qishloq xo‘jaligi hamda sanoatda amalga oshirilayotgan yangi istiqbolli loyihalar bilan tanishmoqda.
Tashrif doirasida turli tarmoqlar rahbarlari ham o‘zlari mas'ul yo‘nalishlarda viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqdalar. Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Farg‘onadagi ishchi tashrifini Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutidan boshladi.
Institut maydoni 5 gektarni tashkil qiladi hamda eng zamonaviy uslubda taʼmirlangan. Oliygohda 4 ta bakalavriat hamda 2 ta magistratura taʼlim yoʻnalishlarida jami 527 nafar talaba qabul qilinadi.