November 25

Another

Chapter_5|Tanlov

-Eslaysanmi,baxtga bir qadam qolgandi?

Menimcha men keragidan ortiq harakat qildim.Ketish kerak bo'lgan vaqtda,kutdim.Kechish kerak bo'lgan joyida,qoldim.Na kutishga arziding va na qolishmga.Endi ham "sevmagan" deysanmi?

-Men o'z qarirlarimni o'zim qabul qilaman va sening xonangga ham hech qachon kirmayman - qat'iy ohangda ma'lum qildim men - bu nikoh shartnoma asosida tuzildi shuni unutma.

-O'z xotinimga teginishimga kim taqiq qo'ya olqdi - Jag' suyaklari bo'rtib chiqa boshlagan "erim'ning yo'g'on va doimiy sokin ovozi birdaniga balandladi - Men senga tanlov bergqndim o'zing hohlamading.Endi aybni o'zingdan izla!

Uning shiddat bilan kelayotganini ko'rishim bilan to'y marosimidagi holsizligim battar kuchaydi.Yiqilishimga bir bahya qolgan edi ham-ki uning qo'llari belimga o'ralgan holda meni ko'tarib oldi.

-Bu qadar nimjonsan deb o'ylamagandim - u huddi meni mensimagandek muomila qiladi.To'g'ri men bunga o'rganib qolganman ammo undan buni eshitish... - endi
Uning keyingi gapi oxiriga yetmadi.Telefon qo'ng'irog'i jaranglashi bilan cho'ntagini kovlay boshlagan "erim" chaqiruvchining kim ekanligini bilganidan keyin meni unutdi shekilli, e'tibirsizlik bilan meni yerga qo'ydi.

-"Evil Bari"5 daqiqada o'sha yerda bo'laman - qo'ng'iroq yakunlanganidan so'ng lab chetida jilmayish bilan go'shakni qo'ydi u.Qiziq, u kim bilan gaplashdi? Qaysidir jazmani albatta - unutildim deb o'ylama,hali tugamadi.

Ko'ylagini to'g'irlagancha chiqib ketdi u. Uni tushunib bo'lmaydi. Ba'zida juda qiziqadigandek,ba'zida esa hatto eslamaydigandek.Yoki u rostan ham o'yin o'ynayapti.Qiyin ekan,u bilan olishish men o'ylaganimdan ancha mushkulroq menimcha.Men buni xoxlamagandim...u majbur qilyapti.Ichkaridagi yovuzlikni uyg'otishga harakat qilyapti.Buning ohiri nima bilan tugashini o'ylamayapti u.

"BAR"

Har tomondan taralayotgan tutun va o'tkir ichimliklarning chatishgan yoqimsiz hidi dimog'ga urilmoqda.Doimiy mijozini tanib qolgan ishchilar yigitning qarshisiga kelib tazim qilar ekan har doimgi stol tomon boshlay ketishdi.
Ko'zga uncha tashlanmaydigan stolda joylashib olgan qiz kutgan odami kelishi bilan ko'zlari chaqnab ketti.

- Va nihoyat kelding - yigitning bo'yniga osilib gap boshladi qiz.
- Anna endi men bilan masofa saqlab gaplashsang to'g'roroq bo'ladi menimcha - o'zini orqaga olish barobarida gapirdi u.

- Bu nima gap ? Nega sen bilan masofa saqlashim kerak ? - Ko'zlari kosasidan chiqgudek kattalashgan Anna bir zum to'xtab qoldi.

- Chunki sening ering bor, mening esa xotinim.Bir tunlik qiziqishim narxini esa senga har xil usullar bilan to'lab bordim. Endi oramiz ochiq - ketishga xozirlandi yigit.

- O'sha xotiningga meni berib qo'yadi deb o'ylayapsanmi ? - ovozini ko'tardi qiz - Hech qachon yaxshilab eshitib ol hech qachon ! O'sha taviyani men... - gapini tugallashga ulgirmagan qiz bo'ynidan changallagan qo'llar tufayli jimib qoldi. O'zining kichkina panjasi bilan bo'ynidan ushlagan qo'llarni bo'shatishga qancha urinmasin buning ilojini qila olmayotgan edi. Uning qarshisida hech qanday reaksiyasiz turgan yigit esa butunlay boshqa qarash , boshqa harakatlar bilan band.

-Bir gap aytaymi Anna ? - qizni qo'yib yuborish mobaynida gapirdi u - u va sen boshqa boshqa odamlarsiz. Sdn qanchalik zaifligingni ko'rsatib , mening qanotim ostidagi panohga intilsang , u shu qadar men bilan birga - bir olishishga ont ichgan . U ko'zladidagi qo'rquvni doim yashiradi. Hayoti o'lim yoqasida bo'lgan taqdirda ham hech qachon bo'ysunmaydi. U yovvoyilarning qo'lga o'rganmaydigan xilidan.Kuchli erkaklarning ortida bardoshki ayollar turadi deyishadi. Men u o'rnida seni ko'ra olmadim - tomog'ini ushlab yo'talayotgan qizga ko'z qirini tashlab qo'ydi u - Qancha ko'p ismingni o'zgartirsang ham o'sha- o'sha Anna bo'lib qolaverasan.Buni unutma.Yoqimli tushlar tilayman.
Chiqish eshigi tomon burilib clubni tark etdi yigit.

- Bu hali ohiri emas Jeon Jungkook!

Asabiylikdan qaltirayotgan oyoqlar...Qo'llarini tirnab to'ymagan qiz navbatni lablariga berdi. Xonaning issiq xavosiga qaramasdan oyog'ini qorin bo'shlig'iga yig'ib dag'-dag' qaltirardi u.Atrofida himoya qoplamini tashkil qilgan singar na o'zi bu qatlamni kesib o'tardi na boshqalarni yoniga yaqinlashtirardi

-Bu yer sovuq emas shekilli - Qo'li kuymasligi uchun qo'lqop kiyib olgan yigit dasturxonning so'nggi bezagi bo'lmish asosiy taomni joyladi.
Unga javoban hech nima demagan Lily nigohini yana pastga qaratdi.

-Balki ovqatlanarmiz ? - Og'ziga talqon solib gapirmaslikka ahd qilgan qizni biroz yumshatishga harakat qildi Jimin. Savoliga sovuqqina ho'mrayish olgan yigitning tabassumi asta sekin yo'qola boshladi. - Demak malikamiz menga qarshi urush ochiptilarda . O'zi kelmasa o'zimiz olib kelamiz .
Lily o'tirgan o'rindiqni surib stol qarshisiga olib keldi yigit.

- Marhamat qilsinlar - qo'li bilan taomlarga ishora qilar ekan qayta jilmayib qo'ydi.

-Hohlamayman - Javob berdi Lily. Orqasiga o'girilish vaqtida sharbat quyilgan idishga tegib ketgan qizning harakatidan so'ng u yerga tushib jarangdor ovoz hosil qilgancha chil- chil bo'ldi - Men...men

Qizning holati birdan o'zgara boshladi.Yoyilgan sochini siqimlab orqaga tashlar ekan bo'yin soxasida nimadir bo'layotgandek unga tegina boshladi.

- Men..boshqa qilmayman...afsusdaman - Qizning tushunib bo'lmas harakatini katta qiziqish bilan kuzatayotgan Jimin ham garangsirab qoldi.

- Hey, hey Lily.Hech qisi yo'q.Oddiy idish...

- Meni qamab qo'ymaysizmi? U yer qorong'un "aka " iltimos...

Flashback

- Aka bilmay qoldim.Rostini aytyapman.Boshqa takrorlanmaydi aka - Akasining changalidan chiqishga harakat qilish natijasida yiqilib yushgan qizning oh- vohiha e'tibor berilmadi. Zinalardan xatlab tushishga majbur bo'layotgan qiz ohirgi manzil qayer ekanligini juda yaxshi biladi.

- Men ssnga dasturxon atrofida ovqatlanish qoidalarini o'rgan degandim.Vaqtini topganingni qara-ki hamkasblarim yonida meni sharmanda qilding - Ohirgi pastki qavatga yetib kelishdi. Qorong'u yo'lak bo'ylab Lilyni sudrab kelayotgan yigit hech narsani eshitmay qo'ydi. Uning omma oldidagi obro'yi har qanday oilaviy munosabatlardan ustun turadi.

- Aka - Kerakli xonaga yetib kelingandan so'ng qo'li bo'shagan qiz yerga butunlayga o'tirib qoldi.

- Kir - Qat'iy ohangda buyurdi Jungkook

- Aka iltimos - nimadandir umid qilib ohirgi marotaba iltijo ohangi ila akasiga yuzlandi qiz.

-Men gapimni ikki marotaba takrorlamayman Lily .

- Qorong'ulikka fobiyasi bor singlisining kasalini bila turib xona eshigini qulflagan Jungkook kalitni xizmatchiga topshirib u yerni tafk etdi.

-Aka...

Comeback.

-Boshqa qilmayman - Kafti bilan quloqlarini berkitib olgan Lily xotiralarni eslab battar jazavaga tushdi. Endi esa jimlik.Sovuq tanasi bo'ylab o'ralgan qaynoq qo'llarni xis qilgan qiz jimib qoldi.

- Hech kim senga ziyon yetkaza olmaydi - Lilyni qattiqroq bag'riga bosgan yigit aytganini amalda ko'rsatayotgandek uni o'z tanasi bilan butunlayga o'rab oldi.

_ Biz doim yaqinlarimizdan qidiradigan " mehr " nomli xazina ba'zida biz kutmagan joyda,kutilmagan odamlardan
bizga xadya etiladi.

- Kel ovqatlanamiz - hech narsa bo'lmagandek lablarini keng yozib tabassum qildi Jimin.

- Nega so'ramayapsan ? - O'pkasiga to'lgan havoni ta'sirida qiynalib so'radi Lily.

- Men bilaman - Vazmin ogangda javob berdi.

-Bilmaysan .Bilgan taqdiringda ham his eta olmaysan - Ko'ksidan otilib chiqishga urinayotgan nimanidir to'xtatib qolishga urinayotgan qiz chuqur nafas olib gapini yakunlashga oshiqdi - 20 yoshga yetib qolgan bo'lsada qalbi ulg'aya olmayotgan ammo dardi boshqalarnikidan ming chandon og'riqli bo'lgan qizga sen hech qachon tushuna olmaysan .

- Bilaman - Qizni ko'p so'roqqa tutish mumkin emasligini tushungan Jimin qizni qayta joyiga olib kelib ovqatlanishga undadi - (O'xshash qalbligim men hammasini bilaman, tushunaman va his qilaman )

Keng yotoqni egallab televizor tomosha qilayotgan qiz vannaxonadan ustki qismiga hech narsa kiymasdan chiqgan yigitni ko'rishi bilan yuziga ko'rpa tortdi

- Egningga biror narsa kiy ! - Ko'rpa ichkarisidan ovoz chiqardi Taeona

-Men qayerda yotaman ? - Yotoq qarshisiga kelib uni chamalay boshladi yigit

-Xoxlagan joyingga borib yotishing mumkin meni bezovta qilmasang bas - televizorni o'chirib yon tomonga o'girilib yotdi qiz - Xoy nima qilyapsan ?

- Xoxlagan joyimda yotyapman - Taeona o'ranib olgan ko'rpani tortib oldi yigit - Hohlamasang o'zingga boshqa joy top !

- Sen o'zingga boshqa joy top !

- Men shu yerda qolaman.

Kuchli shamol tufayli ochilgan derqza shovqinidan g'ingshinib uyg'ongan qiz peshonasiga yopishtirilgan qog'ozni asabiy tarzda qo'liga oldi.

"Hm...Bugun biznes uchrashuv bor esingdan chiqmasin. Uxlayotganingda bir nechta suratlar oldim. Senga qarshi qurol sifatida...Xafa bo'lmaysan degan umiddaman. Aybga buyurma ,tezroq kel."

Qog'ozni g'ijimlab xona chekkasiga uloqtirdi Taeona

- Tentak ! - Qog'ozda yozilgan misralarniyana bir bor eslab kulib qo'ydi qiz

"Office"
Xodimlardan so'rab majlislar xonasini topib olgan qiz , eshik oldida aytmoqchi bo'lgan gaplarini takrorlab xonaga otilib kirdi. Xonaning o'ng tomoniga razm solar ekan o'ziga tanish bo'lgan chehraga ko'zi tushdi

- Men qochib qutula olaman deb o'yladingmi Kim Taehyung ? Chuchvarani xom sanabsan ! O'zim yoningga bormasimdan o'zing kel ! - Qizning gaplarini eshitsada doimgidek qarshi javob bermayotgan yigitga ajablanish bilan qaradi Taeona - N ..nega gapirmayapsan ?

-Khem... - Xonaning chap tomoniga qarashni unutgan qiz bu ovozni eshitishi bilan keskin o'sha tomonga burildi . " Hamkorlar " Taehyung aytgan o'sha hamkorlar .Stol burchagida joylashib olgan ikkita erkakning ko'zlari Taeonada - Hayrli kech Kim xonim

- Xayrli... - Bazor kulgancha qo'lini ko'targan qiz , bir ularga bir yeb yuborgudek qilib Taehyungga qarab qo'ydi - Seni o'ldiraman Kim Taehyung - faqat o'ziga eshitiladigan qilib pichirladi u

O'zga bir uyda uyg'onsada hayotida zarracha o'zgarish sezmagan Haru har kungi kabi ishga jo'nadi. O'z honasida hujjatlarga to'lgan stolidan uzoqlashmay kunini yarmlar ekan xonaga u kutmagan insonlardan biri kirib keldi.

- Xotinjonim mendan so'ramay ishga kelibdimi ? - Jiddiy yuzida yasama kulgu yasagancha gapirdi Jungkook

- Nega endi sendan so'rashim kerak ? - Boshini qog'ozlardan ko'tarmay javob berdi qiz

- Men nimani hohlasam o'sha bo'ladi azizam, naxotki buni unutding ? - Qizning orqasiga kelib u titkilayotgan hujjatlarga ko'z yugurtirgan bo'ldi Jungkook.

- Men hech kimning aytganini qilishga majbur emasman !

Bo'yin sohasidan ushlab olingan qo'llardan qutilish uchun tipirchilay boshlagan qizning oyoqlari endilikda yerda batamom uzilgandi.

- Mdn senga unday qilmaysan dedim ! - Qizning yuziga yopishgan sochlarini surib qo'yish barobarida gapirdi Jungkook - Men sen bilan sog'lom munosabat qurishga ko'p bora urindim. Ammo sen doim o'z bilganingni qilding . Endi sdnga sening uslubing bilan o'yin ko'rsataman .Yangi o'yin boshlandi azizam ! Kechqurun uyga singlim bilan boraman . Vaqtingni chog' o'tkaz , hozircha zavqlan . - Xonanai tark etdi u.

- Sen mahluqsan. Sen bilan bellashish uchun men ham maqluqqa aylanishim shart ekanda ?!

-Nega bu yerga berkinib olding ? - Uyning orqa bog' tomonida baland o'sgan gullar orqasiga berkinib olgan qizga muloyimlik bilan savol berdi Jimin.

- Uyga ketgim kelyapti - Yana o'sha holatda oyoqlarini qorin bo'shlig'iga yig'ib olgan qiz bir nuqtaga tikilgancha javob berdi.

- O'rning yo'q bo'lgan o'sha joyni uyim deb atayapsanmi ? - Asabiylashgan bo'ldi yigit.

- ...

- Bir joyga olib boraymi? - Qizning javob bera olmay qolganidan yuzaga kelgan jimlikni buzib .

- Qayerga ? - Qiziqish bildirdi Lily

- Ismingni manosini anglatadigan joyga

- Nilufar gullari ?! - Hayrat bilan yigitga yuzlandi Lily. Bunga javoban ko'z qisib qo'ygan yigit uning qo'lini ushlagancha uy ichkarisiga tortqiladi.

Timeskip>>>

- Kech tushib qoldi - Mashina oynasidan atrofni kuzatgancha pichirladi qiz - Ammo hali ham yetib bormadik

- Oz qoldi - Qizning vahima bosgan yuziga qarab qo'ygach uni tinchlantirdi Jimin.

- Yo'l yopiqqa o'xshaydi - Oldinda saf tortgan mashinalarga ishora qildi qiz

- La'nati ,mashinada qol !

_ Sen mening har tug'ilgan kunimda puflab o'chiradigan shamlarim ,tilaklarimda eding..

Chapter-5_The end
Kw_Haru