November 15

𝐀𝐒𝐈𝐑𝐀

Koreyadagi mashhur kanallardan biri boʻlgan SBS telekanalida bugun yetarlicha shou-shuv koʻtarilgan, sababi esa ularning "Baxtli oila" koʻrsatuvlariga shahardagi koʻplab korxona, restoran va barlarning bosh prezidenti Jeon Jungkook oʻz rafiqasi bilan tashrif buyurgan. Anchayin qizlarning koʻzyoshlarini olib kelgan bu yigitning toʻy oqshomi ham oʻziga xos tarzda dabdaba bilan oʻtkazildi.

~ Yana bir bor studyamizga xush kelibsiz janob Jeon va Jeon xonim, sizlarni koʻrib bir-biringizga chindan ham mos ekansizlar degan xulosaga keldim)- boshlovchi sifatida oʻtirgan ayol qarshisida rafiqasining kalta yubkasi tufayli koʻrinib turgan sonlariga qarab jiddiy oʻtirgan yigitga gapirdi

~ Ohh katta rahmat, biz ham taklif qilganingiz uchun minnatdormiz)- bir zum koʻzlarini boshlovchiga qaratib majburan tabassum qildi yigit

~ Koʻpchilik sizlarning munosabatingizga qiziqadi nazarimcha bugun ularning savollariga javob berish uchun qulay payt

~ Ha albatta

~ Tomoshabinlardan kelgan savol bor -" Janob Jeon mashhur ishbilarmon ularga turmushga chiqishni istagan qizlar ham koʻp, lekin ular Seol Y/n ni tanladilar bunga sevgi sababmi?")- boshlovchi ayol savolni oʻqir ekan Y/n "Sevgi" soʻzini eshitib ensa qotirib mensimaygina kulib qoʻydi

~ Avvalo eʼtibor uchun tashakkur, savolga kelsak..ha shunday bizning rishtalar sevgiga asoslangan)- orada biroz ikkilangan Jungkook sekinroq javob berdi

~ Bu koʻzlaringizdagi mehrdan ham maʼlum, xoʻsh keyingi savol -" Mening savolim Jeon xonimga, kichik Jeon xonim aytingchi siz baxtlimisiz? Notoʻgʻri tushunmang ammo ularning koʻzlari menga doim gʻamgindek koʻrinadi"

_ Hamma qiziqish nigohlarini
Y/nga tikib turarkan ammo ular istagan javob chiqmas, qiz sukut saqlardi. Pastga qaragancha jim oʻtirgan qiz yonida uning tirsagidan chimchilagan qoʻllardan oʻziga keldi

~ Agar meni sharmanda qilsang uyda nima kutishini bilasan xotinjon)- uning quloqlariga pichirlab qoʻrquvini kuchaytirgan Jungkook soʻzlarini yakunlab avvalgi holatida oʻtirib oldi

~ H..ha albatta..men baxtliman, shu kunlarda ozroq tobim yoʻq shu sabab oʻzimni oldirib qoʻydim)- tutilib gapirgan qiz hozir yomon nimadir desa jazo olishi haqida oʻylardi

~ Shunday turmush oʻrtoq bilan baxtli ekaningiz aniq)- boshlovchi ayol Jungkookga koʻz suzgancha iljayar ekan Y/n ichida soxta ragʻbatlarni laʼnatladi

_ Shunday bemaʼno savollar bilan oʻtgan koʻrsatuv kechki 22:19 gacha davom etdi

*

_ Qorongʻu uyni chiroq yoqib yoritgan yigit oyoq kiyimini tartibsiz yechgancha oshxonaga kirib ketdi. Ortidan uy ichiga kirgan qiz "eri" deb ataladigan shaxsning oyoq kiyimini toʻgʻirlab hoʼrsingancha yuqori qavatga chiqib ketdi. Rafiqasining zinalardan chiqayotgani bois koʻringan orqa son qismiga tikilgn yigit ichayotgan suvini stol ustiga qoʻygancha nam lablarini yengiga artdi..

Jungkook🌚

*

_Xonasiga kirib ustidagi bashang kiyimini pijamaga oʻzgartirgan qiz charchaganini sezdi. Endigina yotoqqa oʻrnashib ustini yopgan Y/n, hotirjamlik bilan ochilgan eshikga qaradi, eshikga suyanib oʻljasini obdon kuzatayotgandek turgan Jungkookni koʻrib bosilgan qoʻrquvini uygʻonarkan koʻrpasini yaxshiroq oʻziga tortdi

~ Hahh juda ham aqlsiz qizsan, seningcha mana shu bir qavatli yupqa mato mening shiddatli zarbamni qaytara oladimi?)- uni mazahlagancha yotoqga yaqinlashdi

~ Jun.gkook

~ Ha, kabutarim Jungkook)- ismini takrorlab Y/n ning bilagidan tortib ~ Sen faqat meni oldimda mana shunday ojiz boʻlishing mumkin

_ Qizning quloq pardalarini larzaga keltirib pichirlagan yigit keyingi navbatda yotoqga oʻtirib qizni oʻziga yaqinroq tortdi

~ Xoʻsh, endi esli qiz boʻlib savolimga javob ber

~ Qa.nday)- Jungkookning gapirganda chiqayotgan nafasidan oʻzini tobora kuchsiz seza boshlagan qiz

~ Nega tanangni maqtagandek ochiq libos kiyding, xotiram pand bermayotgan boʻlsa senga kiyim tanlab bergandim)- hotirjamligini buzmagan holda soʻradi

~ .....

~ Y/n yaxshilikcha soʻrayapman qara seni soʼkmadim shunchaki javob ber

~ Men..men shun.chaki

~ Nima shunchaki kichik sinf oʼquvchisidek boʼgʻinlama)- bu gal uning ovozi sovuqlashdi

~ Menga. jozibaliroq kiyimda boʻlishingiz kerak dey.ishdi .. shuning uchun ular bergan libosni kiygandim)- yigitdan koʻzlarini olib qochib arang soʻzini tugatib olgan qiz erining keyingi harakatini kutdi. Lekin kutgan insonidan sado chiqmas bu esa qizning havotirini battar oshirar edi.

~ Demak ularning gapi menikidan ustun ekan-da)- dagʻallik bilan gapirgan yigit unga qarolmay nigohini pastga qaratgan rafiqasining iyagini tutib, tungi pijama ostida koʻrinmay turgan sonini mahkam siqdi

~ Senga gapirganimda koʻzlarimga qara deb yana nechi marta aytishim kerak? )- ovozi balandlab, siqishi qoʼpollashib borar ekan qizga botirilayotgan bosim ham ortib tanasida qizil va binafsha izlar qolardi. ~ Quloqsiz boʻlib ketyapsan balki buni tuzatarmiz)- Y/n ning yuziga egilgancha lablari orasida shivirlagan Jungkook qizning tanasi qanchalik titrashini koʻrib oʻziga ishonchi yanada oshdi.

~ K.kerak emas..axir yaqindagina..)- oʻzini yoʻgʻon qoʻllardan olishga uringan Y/n omadsizlikga uchradi. Uning qarshiligi tufayli asabi buzilgan yigit, qizning ushlab turgan iyagini qattiqroq siqdi

~ Bilasanmi menga nima yoqmaydi? Doim oʻzingni olib qochishing..)- Jungkookning ixtiyori bilan unga qaragan Y/n yigitga qaradi ~ Shunday qilsang mendan jirkanasan deb oʻylab qolaman

~ ..

~ Bunday emasligini isbotla, sevishinga ishontir meni Y/n

~ Qanday isbot)- gapning mazmunini tushungan Y/n tahmini qanchalik rost ekanini tekshirmoqchi boʻldi

~ Oʻz ixtiyoring bilan meniki boʼl )- mana shu ikkita soʻz orqali tahminlari toʼgʻri ekanini bilgan qiz yigitning bunday soʻzlaridan zerikib ulgurgandi

~ Jungkook iltimos bugun boʻlmaydi, doktorlar kamida bir oy mumkin emas degan..)- yigitdan umidvor ohangda soʻragan qiz besh kun oldingi voqealarni beixtiyor esladi

~ Hammaning oʻz vazifasi bor, doktorlarning vazifasi ogohlantirish, ayollarning vazifasi erlarini aytganini qilish, ularni xursand qilish va qarorlariga boʻysunish. Sen bularning hech birini qilmayapsan

~ Men harakat qilyapman..ammo. chindan ham tayyor emasman)- oʻtkir nigohlardan oʻzini yoʻqotishni boshlagan qiz pijamasining pastki qismini siqqancha javob berdi

~ Qachon tayyor boʻlasan Y/n , oʻlayotgan vaqtim " toʻxtang men tayyorman" deysanmi?)- uning bu ishga oʻzi rozi boʻlmasligini ikki yildan buyon biron marta ham eshitmagan yigit norozi qoshini koʻtardi

~ Men..haligi

~ Menga tegishli boʻlgan har qanday narsalaringa oʻzga nigohi yana bir marta tushsa hatto mana shu mayin sochlaring ham quyosh nurini koʻrmasligini kafolatlayman)- qizning gap olib qochiga eʼtibor bermagan yigit, soʻngi bor rafiqasining sonini qattiqroq siqib qaddini koʻtardi

~ Bu kecha uyga kelmayman, ovqatni keltirib berishadi oʻzboshimchalik qilib nimadir qilma! Oxiri yaxshilik bilan tugamaydi )- allaqachon tanish boʻlib ketgan iboralarni qayta eshitgan qiz sal oʻtib eshikning ochilgan ovozini , ketidan esa yopilib qulflangan eshik tovushini eshitdi.

_ Oltin qafasiga takroran qamalgan qiz bu hayotidan mutlaqo bezib qolgan ammo qoʻlidan hech nima kelmas edi. Doimgidek qizning dardlariga, alamli koʻzyoshlariga guvoh boʻlgan devorlar orasida yolgʻiz qolarkan ojizona polga sirgʻaldi

Pov. Y/n
Charchadim..Bu hayotdan charchadim..men shuning uchun unga turmushga chiqdimmi? Uning oʻylaydigan narsasi faqat oʻz nafsi, toʼgʻri balki uni rafiqasi boʻlib bunga majburdirman lekin nima qilay uni sevmayman, uniki boʻlishni, u bilan yashashni istamayman. Uning tazyiqlari va cheklovlari kun sayin ichimdan boʼgʻyapti..barchasiga bobomning vasiyati tufayli chidayapman.. Nega aynan bu vahshiyni tanladingiz bobo, nega aynan u..

Tasavvur uchun Y/n ning koʻylagi

*

Ertangi kun •

_ Kuz fasli boʻlgani uchun tunda boshlangan yomgʻir tongda ham tinmagan, koʻchada odamlar siyrak hamma pana joy izlab yuripti. Yomgʻirga sherik boʻlib shamol ham atrofda kezarkan derazasi ochiq qolgan xonada bir oʻzi yolgʻiz uxlayotgan qizni uygʻotdi. Chala uyqu holatida yotgan qiz divanidan qoʼzgʻalib oʻrnidan turdi.

Kecha qulflangan eshik tongi nonushtani berish uchun ochilgan va qayta qulflangan boʻlib ichkari - divan yonidagi stol ustiga qoʻyilgan nonushtadan boshqa hech nima oʻzgarmagan edi. Tashqari yomgʻirli boʻlgani uchun xona ichi ham yorugʻ emas, qorongʻu va yomgʻir tomchisining xiraroq ovozi ..Bugungi kunning atmosferasi boʻlib xizmat qilmoqda. Bunday muhitdan yuragi siqilgan Y/n natijasini bilsa-da oʻrnidan turib eshik yoniga bordi, chuqur nafas chiqargancha tutqichni tortarkan hafsali pir boʻldi – eshik yana qulf. Mayus holda eshikga boshini suyab oʻziga qadirdon va tanish boʻlib qolgan polga choʻkgan qiz oʻzining «Asira» nomi ostidagi taqdiridan norozi yigʻlashni boshladi. Ayni dam qoʻlidan kelgani faqat koʻzyosh ekanini tan olarkan bu unga yanada koʻproq alam tuygʻusini baxshida etdi.

~ Istamaaaymaaaaaan!! Asira boʻlishni xohlamaymaaan!!) - Alamdan bor kuchi bilan polga urishni boshladi qiz . Toʻxtovsiz berilgan zarbalar sabab qordek oq qoʻllari qizarib ketgan boʻlsa ham u toʻxtashni istamasdi, shunday qilsa ogʻriqlari unutiladigandek urishda davom etdi. Y/n oxirgi paytlar shunday odat chiqargandi. Nimadandir xafa yoki norozi boʻlsa oʻziga azob berib yengil tortadigandek oʻziga jabr qilayotgandi . Balki bu zaharni boshqa zahar bilan kesish usulidir..

Tipa shunaqa

Kech tushdi

Jeon qoʼrgʻoni •

Oʻsha yigʻlagani koʻyi qoʻllari orasiga boshini qoʻyib tinim olayotgan qiz bugungi kunini ham sovuq pol ustida oʻtkazdi. Boshini koʻtarib yana bir xil manzarani koʼrib holsiz oʻrnidan turdi, sochlari tartibsiz, qoʻllari koʻkargan , koʻp yigʻlaganidan koʻzlari qizarib tanasida kuchi qolmagan Y/n . Oʻziga biroz kelish uchun dush qabul qilmoqchi boʻlib garderob tomon bordi. Garderob eshigini ochgancha sochiq va ayiqli pijama olgan Y/n bu safar kuchsiz qadamlarini vannaxoga yoʻnaltirdi. Biroq kuchli siltanish bilan ochilgan eshik sabab ortiga oʼgirilarkan, takroran oʻsha yirtqich nigohlarni koʻrdi.

~ Ju. )- kuchli qadamlar bilan tezlikda yonida paydo boʻlgan yigit tufayli soʻzini yakunlolmagan qiz erining keyingi harakatini tushunmay qoldi.

~ Mening hududimda menga tegishli boʻlgan tanani oʻzgasi bilan baham koʻrishga qanday jurʼat etding)- qizning boʻyniga chang solib doʻq urgan Jungkook Y/n ning nafas olishi qiyinlashayotganiga ham eʼtibor bermasdi.

~ SENDAN SOʻRAYAPMAN)- boʼgʻilayotgani kamdek yigitning baqirish ovozidan yana bir bor hushidan ketay degan qiz boʻynini ozod qilishga urindi.

~ M.meni.. qoʼ.yib yu.bor

~ Nima? Qoʻyib yubor? Tillaring uzayib jasorating paydo boʻldimi? Hahh yaxshi emas qanoti qayrilgan kabutarim , yaxshi emas, bu tun barcha kuchimni chiqib qolgan tiling va jasoratingni yoʻqotishga sarflayman )- keyingi navbatda qizni yotoqqa otgan yigit ogohlantirish bergan boʻldi.

~ Hududimga begona qoʻllar yoʼrgʻalasa ham sogʻ qolmaydi, unga qoʻshilib imkon bergan shaxslar ham omon qolmaydi, bugun bunga oʻzing guvoh boʻlasan xotinjon)- soʻzlarini yakunlab qiz tomon sheʼrdek tashlangan yigit yana bir begunoh insonning dod- faryodlariga sabab boʻlishni boshladi..

To be continued..

#Seol_Asi | @Twins_fanfics