November 29

𝐀𝐒𝐈𝐑𝐀

Chapter | 3

Yolgʻon hayot deganlarini eshitgandim lekin, hayotimda yolgʻon insonlari ham uchradi..

« 𝐘𝐚𝐧𝐠𝐢 𝐒𝐚𝐡𝐢𝐟𝐚 »

Kechki ovqatdan keyingi vaqt •

_Ishlari koʻp boʻlgani bois ishlash xonasida boshini qogʻozlaridan olmay nimalarnidir toʼgʻirlayotgan yigit ora sirada ekrani yoniq turgan komyuterga ham nazar tashlab qoʻyardi. Xonasining eshigi taqqillaganini eshitmaganidan ham aniqki bu uning uchun juda muhim loyiha, ammo ikkinchi bor kirishga ruxsat sifatidagi eshik ovozi uni chalgʻita oldi. Boshini koʻtarib kim kelganini tahmin qilgan yigitning lablari hiyol yoyildi, kirishga izn berilganini bilib sekinlik bilan avval bosh qismini xona ichiga kiritgan qiz turmush oʼrtogʻining jiddiy nigohi bilan toʻqnash keldi . Bir qarashni oʻzidayoq tanasi allanechuk titrab oyoq uchida ichkariga qadam tashladi.

~ Senda 5 daqiqa vaqt bor )- ishlarini toʻxtatishni xohlamagan Jungkook eslatma bergandek qizga qaradi

~ Me.n...men..)- anchadan beri istayotgan narsasini axiyri kuch topib soʻrashga jurʼat qilgan Y/n erining oʻtkir ovozidan yana oʻzini yoʻqotib qoʻyib , soʻzlarini tartiblay olmay qoldi

~ 4 daqiqang qoldi..3 daqiqa 2..

~ Men maktabga bormoqchiman)- qizning shoshib aytgan soʻzlari sabab gapi chala qolgan Jungkook, javobni kutayotgan rafiqasiga tushunarsiz qaradi

~ Tushunmadim

~ Borsam.maylimi)- Jungkookning koʻzlariga qaray olmagan Y/n boshini egib past ovozda qayta soʻradi

~ Xoʻsh nega bormoqchisan? Yoki kimnidir sogʻinib qoldingmi)- erining ilmoq gaplaridan kim haqida gapirganini tushungan qiz koʻzlarini ogʻriq bilan yumdi, lekin taslim boʻlishni istamay yigitga qayta yuzlandi

~ Axir bu yil oxirgi yil..iltimos Jungkook

~ Senda vaqt qolmadi bekorchi emasman boraqol)- takroran rad etgan yigit yana oʻz ishiga qaytarkan qizning koʻzlari yoshlandi, u juda istayapti.. bolaligini his qilib doʻstlari davrasida soʻngi bor boʻlsa-da vaqt oʻtkazishni xohlayapti

~ Vaʼda beraman hech kimga qaramayman, hech kim bilan gaplashmayman istasangiz qoʻriqchi ham qoʻying faqat iltimos ruxsat bering.. iltimosss)- quyilib kelayotgan yoshini yengiga tartibsiz artib hiqichoq ovozda yalingandek gapirayotgan qizning holati yigitga taʼsir qilmasdi

~ Agar xonang eshigi ochilganini oʻzinga koʻp koʻrayotgan boʻlsang, yordam berishim mumkin )- befarqlarcha qizni rad etgan Jungkook qovoq oʻyib chiqishiga ishora qildi

~ Lek..in

~ Toʻy kunimiz nima deganim esingdami?)- Jungkookning savolli qarashidan oʻtmish miyyasida gavdalangan qiz qayta oʼsha ruhiy tazyiqlarni his qildi

« ~Bugundan meni rafiqam ekansan bilishing kerak boʻlgan qoidalar bor)- toʻy tugab mehmonlar tarqalgan payt, mehmonxona divanida oʻtirgancha qizil vino quyish mobaynida gapirdi yigit

~ Birinchidan soʻz boyligingdan koʻcha, maktab va yigitlar soʻzlarini oʻchirib yubor, ularni hayoting davomida boshqa ishlatmaysan )- soʻzlari davomida birinchi stakanni tugatgan yigit, shishani qayta qoʻllariga olgancha stakanini qizil ranga toʻldirib tushuntirishda davom etdi

~ Ikkinchidan erkinlik va shaxsiy fikr degan tushunchani yodingdan chiqar chunki ular endi senda boʻlmaydi faqat meni buyuruqlarim asosida harakat qilasan)- ohangdagi toʻxtash va ikkinchi boʻsh stakan stoldan joy oldi

~ Uchinchidan esa toʼtiqush kabi bir gapni takrorlamayman, uqdingmi?)- oʼziga mutlaqo yod boʻlgan tartibni eshitgan qiz bu gaplar mazmuniga uncha tushunolmay jim qoldi, uning pastga qaratilgan tushunarsiz nigohlarini, qayeriga qoʻyishni bilmay koʻylagining chetini chimirayotgan qoʻllarini zimdan kuzatgan yigit oʻtirgan holida qizga jiddiy ammo vazmin ovozda gapirdi

~ Hurmatsizlik boʻlmasligi uchun hech boʻlmasa bosh qimirilatib qoʻy)- uning soʻziga avtomatik ravishda boʻysunib bosh silkigan Y/n hali ham oʻzini anglolmas edi

~ Yuqoriga chiqib uxla 18 ga kirmaguningcha senga tegmayman)- katta yaxshilik qilgan boʻlib orada gapirib oʻtgan Jungkook qizning sudralgandek qadamlarini kuzatgancha qoldi »

~ Javob tushunarli boʻldi deb oʻylayman...xayrli tun)- suhbatni soʻngi soʻzi bilan bezagan Jungkook bor eʼtiborini yana oʻsha qogʻozlarga qaratdi

*

Yangi kun •

_Yana oʻsha yomgʻirli nam havo. Yomgʻirning shitirlashi kimlarnidir sokin qilsa yana kimlarningdir koʻngliga gʻashlik solgan. Bizning qahramonimiz Y/n ham doimgidek xonasida yolgʻiz ovunchogʻi bilan birga dardlarini boʻlishib oʼtirgandi

~ Sen bilan taqdirimiz bir biriga juda oʻxshaydi sen ham men kabi tutqunlikdasan... Farqi men seni istagan vaqtim qoʻyib yubora olaman lekin bunday qilsam men mana shu zulmatdagi yolgʻiz quvonchimdan ham ayrilaman kechir meni Lucky, bahor kelganda seni albatta qoʻyib yuboraman)- Lucky ismli qushining kichik tanasini qafas ichiga qoʻl kiritib silagan qiz oʻzi bilan ovora boʻlib gapirar ekan xonasining derazasiga nimadir urildi. Shoshib oʻrnidan turgan Y/n borishga qoʻrqib shunchaki oynaga tikildi. Derazaga ikkinchi bor nimadir otildi uning ovozi qizni hayotga qaytargandek oldinga undadi.

Qafasdagi Lucky

_Kuchsiz uni bezovta qilgan oyna yoniga kelgan Y/n tashqariga nazar tashladi uning xonasi bogʻning ortida joylashgani bois oynasi bogʻning ichki holatini koʻrsatib turardi. Doim beshavqatlik qiladigan Jungkook hech boʻlmasa shu bogʻga tegmagandi, Y/n siqilishdan oʻziga nimadir qilmasligi uchun. Ammo shuni unutmaslik kerakki Jungkook har bir ishni oʻz foydasi uchun qiladi, balki bu bogʻning ham u uchun manfaati bordir...

_ Bogʻ ichiga biroz termulgan qiz atrofda shubhali narsani koʻrmadi. Umidli koʻzlari bilan u tarafdan bu tarafga alanglagan koʻyi kutilmaganda oyna ortida paydo boʻlgan yuzdan oqarib ketdi. Unga katta ochilgan koʻzlar bilan qarar ekan uni intizor qilgan ovoz yangradi

~ Men keldim)- oʻrtada shisha oyna boʻlgani uchun aniq eshitilmagan ovoz qizning quloqlari orasida takror va takror yangradi –«Men keldim»

~ Y/n eshityapsanmi meni?)- unga ozorli gapirgan yigit unga oqargan yuz bilan qarab turgan qizni oʻziga undadi

~ Ke..tt)- titrash bilan ilk soʻzlarini chiqargan Y/n ortiga qadam tashladi

~ Unday dema! Ketamiz hoʻpmi? Bu yerlardan uzoqqa ketamiz)- qizdan ayrilishni istamay uni koʻndirishga urinayotgan yigit usiz boshqa yashashni istamas edi. Oynani oʻzi bilan olib kelgan uchli buyumi bilan kesishga harakatni boshlar ekan qiz uni toʼxtatmoqci boʻldi.

~ Minho kerak emas! Ket.. iltimos tezroq keet)- havotir bilan koʻzida aylangan yoshi bilan uni ketishini istayotgan Y/n juda ham qoʼrqayotgandi – agar hozir eri qaytib kelsa unga qoʻshib bu hayotdagi yagona umidi ham oq kafan ila soʻnadi

~ Yoʻq seni qutqaraman, bir marta qoʻyib yuborganim yetadi)- taslim boʻlishni istamay kesishda davom etgan yigitning qoʻllari qonab achishtirishni boshlangandi, lekin u bunga eʼtibor bermas harakatlarini tezlatar edi.

Pov. Y/n
Minho..mening yagona sevgim..Hammada ham boʻlgani kabi mening ham sevgan insonim bor edi.. Yoʻq u hozir ham men suygan yagona inson..Maktabga borgan ilk kunlarimdanoq bu yigit mening goʻzal orzuim boʻldi, uni pinhona kuzatardim, sport zalga borib doʻstlari bilan birga mashq qilib qizlar haqida qiladigan hazillari, nonushtani tushlikga qoʻshib qilishi, xafa boʻlganida tomda yolgʻiz gitara chalishi , otasidan ayrilganida omma oldida kuchli koʻrinib kech tushganda dengiz boʻyida baqirib yigʻlagani..bularning barchasi esimda. Men uni olisdan sevdim jimlikda va sokinlikda, ammo bir kuni u oʻrtadagi chegarani buzib qalbimni larzaga keltirdi. Shu ondan boshlab biz juftlik deya ataldik, har kunim baxtli quvonchli oʻtardi, yuzidagi tabassum qalbim dardlarini davolashga qodir edi . Mana shunday xayrli kunlar ortidan xayrsizlari ilashib keldi, natijada men quyoshimsiz sovuq qish ayozida qoldim. Toʻydan soʻng u bilan umuman aloqaga chiqmadim bu ham boʻlsa uning xavfsizligi uchun chunki Jungkook ismli maxluq undan xabar topsa uni yoqib issigʻida meni isinishga majbur qilardi. Lekin u yana paydo boʻldi...kerak emas Minho ket..tirik qolish uchun mendan keeet..

_Qizning qarshiligiga qaramay derazani qolipidan ajratgan Minho xona ichiga kirdi.

~ Kee.t)- hali hamon lablaridan " Ket" soʻzi tushmagan qiz bir zumda oʻzini issiq quchoqda koʻrdi

~ Kechir meni..seni qutqarib qololmadim)- qizning tanasini mahkam quchgancha gapirgan yigit biroz boʼsh qoldirsa tortib olishadigandek Y/n ni yanada oʻziga tortdi

~ Bu seni aybing emas..iltimos ket Minho, u kelib qoladi ket..)- sevgan insoni isini tuyib oʻzini hayotda mavju ekanini his qilgan qiz tuygʻulariga berilib undan ayrilib qolishini oʻylab, yigitni oʻzidan itardi

~ Ketmayman, seni tashlab ketmayman birga ketamiz)- qizni qoʻllaridan tutib koʻzlariga mehr bilan tikilar ekan qiz uning koʻzlariga choʻkdi

~ Oohhh qanday dramatik sahna...)- ikkisini ham ovozi bilan osmondan yerga tushirgan Jungkook qarsak chalgancha ularga yaqinlashdi ~ Bunday ajoyib sahnani nega bosh qahramonga emas yordamchi aktyorga berishdi? Qiziq...Ha mayli bu xatoni oʻzim toʼgʻirlayman

_Bir qoʻli bilan qizni oʻz qoʻllari orasiga olgan yigit yordamchisiga, unga jahl bilan qarab turgan yigitni olib chiqishiga ishora qildi .

~ Y/n ni qoʻyib yubor , qoʻlingni tort undan)- ikki qoʻlidan tortqilayotgan yigitlarni oʻzidan itarib qiz tomon yurmoqchi boʻlgan Minho boshiga tushgan qattiq narsadan koʻzlari qamashdi

~ Yoʼq , yoʻq unga tegmanglar...urmanglar)- Jungkookning changalidan chiqishga harakat qilib tipirchilagan Y/n yerga hushsiz yeqilgan sevganini koʻrib nafasi tiqildi

~ Yoʼ.q oʼlmaydi meni tashlab ketolmaydi)- ovozi titragancha kuchsiz yerga yeqilay degan qizni Jungkook oʻziga suyab qoldi

~ Toʻgʻri topding oʻlmadi, lekin bu tirik qoladi degani emas)- koʻzi bilan uni olib chiqishlarini uqtirgan yigitni koʻrib oʻrnidan qayta turgan qiz eriga yolvorishni boshladi

~ Iltimos unga tegmang...hamma aytganingizni qilaman Jungkook faqat iltimos uni qoʼyib yuboring, boshqa bunday xato qilmayman.. iltimoss)- eʼtiborsiz eshikdan chiqib ketayotgan turmush oʻrtogʻining oyoqlarini yerda oʻtirgancha siltalab iltijo qildi qiz..~ Iltimos, xonamni qulflab qoʻysangiz ham mayli, hech qachon quyoshni koʻrsatmasangiz ham roziman faqat ilitmos uni qoʻyib yuboring

~ U uchun hammasiga tayyormisan? Oʻz ixtiyoringni menga topshirishga hammi?)- jiddiyligini yoʻqotmagan holda rafiqasining yuziga egilib qosh koʻtardi yigit

_ Bu sevgisiga rosmona xiyonat ekanini bilsada boshqa chorasi yoʻqligini anglagan qiz alam bilan yoshlarini artdi ~ R.roziman

~ Aynan mana shuning uchun ham u oʻladi)- yoʼgʻon qoʻllar qizning jagʻini qisdi ~ Sen yoqtirgan barcha jonli va jonsiz narsalarni yoʻq qilaman toki bu hayotda ham undan keyingilarida ham tanho sevganing men boʻlgunimga qadar)- tishlari orasida vishillagan yigit Y/n ning yuzini polga siltalagancha xonadan chiqib ketdi.

*

Yarim tun •

_Bugungi ishlarini tugatib uyiga charchoqli ogʻir qadamlar bilan kirgan yigit yuqoriga qavatdagi chirogʻi yoniq xonaga qaradi . Qilingan xato uchun berilmagan jazo haqida oʻylagan Jungkook ayyorona kulgu qilgancha lablarini yaladi

Barcha charchoqni bittada chiqarib yuborishni istab oq koftasining bosh tugmasini yechgancha zinalardan koʻtarila boshladi. Koʻzlangan manzilga kelib xona eshigini shoshilmay ochar ekan xona ichidagi manzaradan koʻzlari oʼynab nafsi hakalak ota boshladi. Xona markazidagi yotoqning chetiga oʻtirib uzun tillarang sochlarini tarayotgan uzun moviy tungi kiyimdagi qiz – hamma erkak orzusidek edi.

Tipa shunaqa faqat uni sochlari tillarang

Barcha charchoqni bittada chiqarib yuborishni istab oq koftasining bosh tugmasini yechgancha zinalardan koʻtarila boshladi. Koʻzlangan manzilga kelib xona eshigini shoshilmay ochar ekan xona ichidagi manzaradan koʻzlari oʼynab nafsi hakalak ota boshladi. Uzun moviy tungi kiyimdagi qiz tillarang sochlarini tarab xona markazidagi yotoqning chetida oʻtirardi, bu esa goʻyo – barcha erkaklar orzusi edi. Unga uzoq vaqt qarashga sabri chidamagan yigit qiz tomon shayhonaviy yura boshladi

~ Aqling kirganga oʻxshaydi moviy kabutarim)- hirsli ohangda soʻzladi yigit yaqinlashishdan toʻxtamay ~ Bundan afsuslanmaysan

~ Ha men qaror qabul qildim)- oʻrnidan asta turdi qiz

~ Qaror? )- hayron qosh chimirgan Jungkook qizning keyingi harakatlarini kuzatdi

~ Jungkook sizni xursand qilmoqchiman)- yigitni yotoqqa itargancha unga ehtirosli pichirlagan Y/n Jungkookning hayronligini oshirdi ammo unga ham yoqqani uchun indamay qoʻya qoldi

~ Bu tun boshqachasan...yoʼqligimda nimadir oʼzgardimi)- yotoqqa yelkasi bilan tiralgan yigit qizning qoʻllarini biroz siqimlab soʻradi. Unga eʼtibor bermagancha yigitning yelkasiga qoʼl yugurtirgan qiz ichida oʻzini laʼnatlashni unutmadi.

~ Masʼuliyatni oʻzinga olmoqchimisan)- uning gaplaridan nimani nazarda tutganini tushungan qiz bosh silkib harakatini davom ettirdi

_Y/n ning nozik qoʻllari, xushboʼy ifori va ayni damdagi ehtirosli harakatlaridan zavqdan oʻzini yoʻqotgan yigit tanasini butunlay ortga tashladi. Qizning qoʻllari uning yelkalarini mayin silab bel qismiga tushdi, bundan zavqi osmonlarga uchgan Jungkook hech nimani anglolmay qolgandi. Yigitning ehtirosdan tebranayotgan tanasidan jirkangancha uni chalgʻita olgan Y/n maqsadini oʻylagani bois oʻzini bosdi

Pov. Jungkook
Nihoyat men kutgan kunlar keldi. Uning barmoqlarini oʻz tanamda his qilgan onim zavq ummoni meni tortib ketdi. Uning harakatlari sekin boʻlsada ehtirosli edi, jin ursin* men chidolmayman..men uni juda istayman.. qoʻlidan yana nimalar kelishiga qiziqib ishni unga topshirib oʻzimni ortga tashladim. U tajribali odamdek harakat qilardi albatta axir ustozi men boʻlganman. Mana shunday hissiyotlar ichida yoʻqolar ekanman u negadir toʻxtab qoldi. Tushunarsiz ravishda boshimni koʻtarib unga qarar ekanman menga nafratli koʻzlari bilan boqib turgan rafiqamni koʻrdim .

~ Nimadir boʻldi..)- toʻsatdan boʻlgan bu ishdan hayron boʻlgan Jungkook qizga savol bilan yuzlanar ekan uning soʻzlari chala qoldi

~ Barchasi tugadi Jeon Jungkook men oltin qafasingni qulattim)- birinchi bor oʻziga ishonch bilan qatʼiy ovozda maʼlum qildi qiz

~ Demak bular oʻyin edi?! Zigʻircha aqling men bilan oʻyin qilishni oʻylapti-yu oqibatini bilmapti

~ Sen bilmagan koʻp narsani oʻylaganman hozir ularning soʼngisini koʻrasan )- soʻzlarini tugatib boyadan buyon koʻylagi orasiga ikkinchi qoʼli bilan yashirgan narsasini chiqargan Y/n erining vahimali yuziga tikildi

~ Sen..buni qayerdan olding..axir)- qizning qoʻlidagi toʻpponcha sabab ruhi uchib tushgan Jungkook ularni doim undan yashirib yurganini esladi. Unda bu uning qoʻliga qayerdan tushdi?..

~ Jirkanch tananga shunchaki maqsadsiz teginishni oʻzimga ep koʻrmayman, shunchalar nafsi och maxluqsanki hatto choʼntagingdan olingan buyumni ham sezmading )- uni mazah qilgancha ovoz chiqarib kulgan Y/n yigitning gʻazab bilan tez tez nafas olishini koʻrib oʻzini tetik his etdi. Hali hamon xonani qizning mensimagan kulgusi tark etmas ekan, harakatsiz toʻpponchani peshonasiga tirab jiddiy tortdi.

~ Endi koʻzyosh boʻlmaydi...ogʻriq boʻlmaydi)- peshonasiga tiralgan sovuq buyumni yanada kuchliroq itargan qiz, yigitning qoʻrquvdan javdiragan koʻzlariga chuqur qaradi

~ Yoʻq bunday qilolmaysan)- unga yaqinlashishga harakat qilgan Jungkook har qadamidan keyin rafiqasining peshonasiga kuchliroq botirilayotgan buyum sabab toʻxtadi

~ Yaqinlashma..)- qarshilik qildi qiz

~ Hoʻp yaxshi toʻxtadim endi qoʻlingdagini tushir)- qoʻli bilan tinchlanishga undagan Jungkook qizning qatʼiy ovozidan choʼchiyotgandi

~ Sen sevgimni oʻldirding, YAGONA QUVONCHIMNI TORTIB OLDING)- ixtiyorsiz koʻzidagi yoshi polga dumalagan Y/n yigitga azobli baqirib qoʻlini pastga tushirdi

~ Oʻzing aybdorsan, senga aytgandim..faqat meni sevasan deb aytgandim)- jahli chiqayotgan boʻlsa ham hozir buning mavridi emasligini tushungan Jungkook uni tinchlantirishga urindi

~ Qalbga buni sevma bunisini sev deb buyruq berolmaysan Janob Jeon)- qayta koʻtarilgan qoʻlga qarab yoʻq ishorasi bilan bosh silkigan Jungkook besamar ketayotgan harakatlaridan oʻzini kuchsiz his qildi

~ Bari tugadi..Keyingi hayotimda itdek xor boʻlgan tanangni ezishni istayman)- koʻzida adovat bilan oʻtkir qaradi qiz ~ Alvido Jeon Jungkook

~ TOʼXTA YOOOOOQ )- xonada yangragan toʻpponcha tovushi..ortidan yigitning tomogʻi yirtilgudek baqiriq ovozi.. soʻngra polga yeqilgan jonsiz tana.. yakunida esa ogʻir sukunat...

~ Sen sevgimni oʻldirding, YAGONA QUVONCHIMNI TORTIB OLDING)- ixtiyorsiz koʻzidagi yoshi polga dumalagan Y/n yigitga azobli baqirib qoʻlini pastga tushirdi

~ Oʻzing aybdorsan, senga aytgandim..faqat meni sevasan deb aytgandim)- jahli chiqayotgan boʻlsa ham hozir buning mavridi emasligini tushungan Jungkook uni tinchlantirishga urindi

~ Qalbga buni sevma bunisini sev deb buyruq berolmaysan Janob Jeon)- qayta koʻtarilgan qoʻlga qarab yoʻq ishorasi bilan bosh silkigan Jungkook besamar ketayotgan harakatlaridan oʻzini kuchsiz his qildi

~ Bari tugadi..Keyingi hayotimda itdek xor boʻlgan tanangni ezishni istayman)- koʻzida adovat bilan oʻtkir qaradi qiz ~ Alvido Jeon Jungkook

~ TOʼXTA YOOOOOQ )- xonada yangragan toʻpponcha tovushi..ortidan yigitning tomogʻi yirtilgudek baqiriq ovozi.. soʻngra polga yeqilgan jonsiz tana.. yakunida esa ogʻir sukunat...

*

Miloddan avvalgi 837- yil Silla qirolligi •

_Hayot qaynagan qishloq.. Odamlar soniyaga ham boʼsh qolmay ishlar bilan band boʻlgan lahza..Bir qarashda qiyin tuyilgan yashash muhiti ammo yaqinroq qarasangiz qiziqarli boʻlgan gavjum goʻsha. Atrof anchayin shoʼvqin orada bolalar ham bir birining ortidan quvlab oʻyin oʻynamoqda, katta ayollar esa savdo rastalarida mahuslotlarni maqtab sotish ishtiyoqida..Qisqa qilib aytganda bekorchi topilmaydigan Silla odamlari.

Qishloq odamlari

_ Otdan yeqilgan koʻyi hali oʻziga kelmagan xonimining tepasida oʻtirib oʻzini oʻzi koyiyotgan xizmatchi kiyimidagi qiz, xoʼjayini bu haqida xabar topsa ahvoli nima boʻlishini oʻylab qoʼrqayotgandi.

~ Nega hech gapga quloq solmaydilar, katta janob kelib qolsa yolgʻiz ularni emas meni ham dumimni tugadi)- vaqt oʻtgan sayin havotiri oshayotgan qiz hali ham hushiga kelmagan bekasini yengil tebratdi

~ Xonim, xonimm oʻzingizga keling hozir Janobimiz kelsa ikkimizni ham sogʻ qoʻymaydi.. xonim meni eshityapsizmi?)- urunishlari samarasiz boʻlayotgan qizning bu galgi harakati "Xonim" deb atagan shaxsining gʻinshigan ovozini chiqardi.

~ Xonim..)- ishonch hosil qilish uchun murojaat qildi qiz ~ Oʻzingizga keldingizmi?

~ Me.n..men qayerdaman? )- oʻziga mutlaqo begona joyda koʻzlarini ochgan qiz qarshisida tinmay uni siltalayotgan qizdan qoʻllarini tortib oldi

~ Xonim bu gal bunchalik oddiy bahona bilan qutilolmaymiz oʻtgan safar qoʻlga tushgandik endi ular bunga ishonishmaydi)- yana otasining dakkilaridan jarohat olgandek koʻrinib qutulib qoladigan odatini bilib ogohlantirgan qiz – buni shunchaki bahona deya oʻyladi

~ Nimalar deyapsiz? Kimsiz oʻzi?)- hech nimani tushunmagan qiz takroran qizdan soʼrab atrofga qaradi, lekin bundan hayronligi oshgan qiz tebrangancha oʻrnidan turdi

~ Qayerdaman? Nega bu yerdaman oʻzi? )- boshini qoʻllari orasiga olib siqimlagan qiz umuman teskari muhitda qanday paydo boʻlganiga tushunmas edi

~ Tinchlaning xonim, siz uyingizdasiz)- boshiga urib nimanidir eslashga urinayotgan xonimidan havotir olgan qiz uni tinchlantirish uchun qoʻllaridan yengil ushladi ~ Sillada, oʻz vatangizdasiz

~ Si.silla?

~ Ha, bu yer esa mashhur savdogar janob Seol yaʼni otangiz qoʼrgʻoni)- oddiy ohangda gapirdi qiz

Pov.X
Men qanday qilib bu yerda tushib qoldim..Silla.. axir bu tarixdagi kuchli uchtalildagi qirollikdan biri. Ammo men nega bu yerdaman..men Seul edim ..va oxirgi koʻrgan narsam Jungkookning qoʼrquvli yuzi.. endi esa Silla, nima bu hayotning yangi oʻyinimi?

~ Hozir mamlakatni kim boshqaryapti

~ Siz rostan eslolmayapsizmi)- uning savolidan bu oddiy bahona emasligini sezayotgan qiz unga tashvishli qaradi ~ Xonim hozir qirollik taxti qirol Jeonda

_ Qirol Jeon.. mana shu ism sharifni eshitib tanasi muzlagan qiz yerga oʻtirib qolgan qiz kuchsiz ovozda oʻziga eshitilarli shivirladi

~ Biz yana uchrashdik..

Eslatma‼️ hikoladagi joy nomlari va qahramonlar muallif tomonidan toʻqib chiqarilgan barcha oʻxshashlik shunchaki tasodif..

Yoqimli mutolaa shulachalar💗imloviy xatolar uchun uzur keyingi qism koʻplab fikr va reaksiyalardan soʻng❤️‍🔥

To be continued....

#Seol_Asi | @Twins_fanfics