November 23

𝐀𝐒𝐈𝐑𝐀

2_qism

• Deyarmishlar bogʻbon gulni oʻstirar, lekin sen qalbim gulini soʼndirgan bogʻbon boʻlding..

Qizni yotoqqa oʻtib oʻzi shkaf tomon yoʻnalgan yigit faqat jahliga tayanib ish qilar edi. Shkaf ichidan nimadir qidirishni boshlagan Jungkook qoʻpol harakat qilardi. Vaqtdan foydalanish kerakligini tushungan qiz divandan tushish uchun asta divan ustida yurishni boshladi. Bir qadam.. ikki qadam.. uchinchi qadamga kelganda oʻsha yovvoyi qarashlar uni qarshi oldi. Yigitni koʻzidagi gʻazabni koʻrgan Y/ n qoʼrqqancha oʻzini ortga torta boshladi. Jungkookga yoshli koʻzlari bilan qarash davomida ortiga surilayotgan qiz bir harakat bilan oyogʻidan tortilib oʻzga bir tanaga yaqinlashtirildi.

~ Qayerga qochyapsan qanotsiz kabutar)- quloqlari yaqinida shivirlagan ovoz sabab eti jimirlagan Y/n boʻynini qisdi

~ J.ung.kook

~ Tishhhh, gapirib ovora boʻlma goʻzalim. Qilaman degan ishimni baribir qilaman, chunki aybdorlar jazolanishi kerak)- Y/ n ning lablariga koʻrsatkich barmogʻini bosib soʻzlarini boʻlgan yigit qoʻlidagi narsani qizning koʻzlari oldiga tutdi

~ Esladingmi? Birinchi marta uyim ostonasidan hadlab kirgan kuning mana shu qamchi seni aqlingni kiritgandi)- lablari iljaygancha oʻtmishni eslagan Jungkook qizning oqarib ketgan reaksiyasidan rohatlandi

Pov.Y/n
Bu oʻsha tanamga ogʻriq bergan narsa. Uning zarbi hali ham esimda.. bu zindonga kirgan ilk kunim meni mana shunday ajoyib sovgʻa bilan qarshi olgan mahluq menga qarab gʻolibona kulmoqda.. hahhaa naqadar omadli qizman, taqdirim shaxmat oʻyiniga oʻxshaydi, faqat farqi men oʻz hayotimda shox emas piyoda oʻrnidaman..

_ Ozroq hayollariga berilgan Y/n oyogʻiga kelib tushgan qamchi ogʻrigʻidan baqirib yubordi. Yalinishiga ham qaramay tanasining har qismiga muhr qoldirayotgan Jungkook rahmni unutgandi. Ketma ket zarbalar berarkan qizdan toʻxtashi haqidagi iltijoli soʻzlar yangrardi.

~ Shu yeringa tegindimi

~ Yoki bu yergami)- qizni oʻng va chap soniga galma galdan zarba berib aniqlashtirish uchun savol berdi yigit. Ammo qizdan javob oʻrniga baqirishini eshitib yana ham asabi chiqdi

~ SENDAN SOʻRAYAPMAN!!!)- uyni larzaga keltirib oʼshqirdi

~ Yoʼ.q..hech kim.. hech kim teg.madi

~ Himoya qilyapsanmi? Jin ursin*

~ Endi begonaga qarash tugul begona koʻchadagi iforlarni ham his qilmaydigan boʻlasan)- soʻzlar tugar ekan zarbalar takrorlana boshladi

~ Axxxxxxxx)- oʻng soniga tushirilgan qamchi ogʻrigʻidan uyni shovqinga toʻldirib baqirgan qiz yana va yana shunday ogʻriqlarni his qildi

~

_Kirib ketgani boʻyicha qaytib chiqmagan doʻstini kutib charchagan yigit oʻtirgan divanidan asta turdi." Balki chiqar" deya tepa qavatga qaragan yigit bir necha soniya ichida qiz bolaning baqiriq ovozini eshitdi. "Ayshhh tentak" deb oʻziga eshitarli darajada gapirgan yigit oʻsha xonaga kirib qizni qutqarib qolishni istadi lekin doʻstining kaltagi ostida oʻzi qolib ketishini oʻylab ikkilana boshladi. Uni chalgʻitishni istagandek jiringlagan telefon niyatiga erishib bor eʼtiborni oldi, telefon ekraniga qarab "Vazir kuydirgi" nomini koʻrarkan boshini qashladi, uzoq chalingan qoʻngʻiroqdan soʻng istamaygina qoʻngʻiroqni qabul qildi. Chunki u biladi..U doim muammo chiqarganida telefon qiladi..

~ Bu safar qaysi qiz?)- choʻzib oʻtirishni istamay maqsadga oʻtgan yigit qarshi tomondagi yigitning hafsalasiz gaplarini eshitdi

~ Yaaaaa seni hayoling faqat qizlarda, meni oʻzinga oʻxshatma agar bilsang sevgilim bor)- norozi ohangda nolidi

~ Qiziq ikki kun oldin "Men boʻydoqlar safidaman erkin qushman.. Jimin endi uchadi yeahh" deyotgan yigit gapiryaptimi buni? )- sevgan qizi bilan urushgani bois koʻp ichib olib doʻstlariga yaxshigina* hunar koʻrsatgan Jiminni eslab ensa qotirdi yigit

~ U payt mast edim, mastlikda men kpop shahzodasiman deyishim ham mumkin)- oʻzini oqlagancha gapirgan Jimin telefon ortidan eshitilgan baqiriq ovozidan biroz hayron boʻldi

~ Qizlarni menga gapirib oʻzing klubda yallo qilib yuripsanmi?

~ Sizlarchalik yeb toʻymas ochofat emasman.. hozir esa Jeon Jungkookning ovozini eshityapsan)- tepa qavatga qarab ilmoq qilgan yigit doʻstining ovoz chiqarib kulishini eshitdi

~ Jungkook oʻzgarmaydi)- biroz kulgusini tutgancha gapirdi Jimin

~ Lekin bu safar boshqacha holat)- baho bergancha gapirdi yigit

~ Yaʼni

~ Chunki bu Y/n)-Jungkookning chiqmasligiga yana bir marta yangragan baqirish ovozidan ishonch hosil qilgan yigit uydan chiqish uchun turgan xonasini tark etdi

*

~ I.lti.mos..kerak e.mas)- yotoqda allaqachon tanasi qontalash boʻlib ketgan qiz kostyumini yechib oq koʻylagining ilk tugmasini ozod qilgan eriga yalindi

~ Xatosi rohatini olgan odam badalining qiynogʻini ham olishi kerak!) - unga eʼtibor bermagancha oʻz ishida davom etgan yigitning oq koʻylagi qizning yillar mobaynida toʻkkan koʻzyoshi muhri boʻlgan polga tashlandi

~ K.erak.mass)- soʻngi bor umidli shivirladi qiz..ammo

_ Xonada qizning qayta azobli qichqiriqlari jazoning ikkinchi bosqichini eʼlon qilgandek boʻldi. Y/n ning baqiriqlar ritmi soniya sayin koʻtarilar ekan, yigit bularga oʻrganib qolgandek beeʼtibor oʻz niyatidan qaytishni hatto oʻylamadi. Qizni esa doimgidek oʻsha qora fondagi devorlar tingladi ..

*

Ertangi kun

Tong payti •

_Kompaniyasiga ish sumkasini koʻtargancha magʻrur kirib kelgan yigitni ishchilari hurmat bilan taʼzim qilib kutin olishdi, ularga yengil bosh irgʻagancha oʻz xonasi tomon yurishda davom etdi u. Nihoyat " Prezident Jeon Jungkook" yozuvli xonaga kelarkan kotiba stolida oʼtirgan qiz oʻrnidan turdi.

~ Xush kelibsiz janob Jeon)- quyi egilgancha dedi kotiba biroq alik sifatida shuncaki qimirlatilgan boshni koʻrarkan hafsalasiz boshini koʻtardi

~ Sizni soʻrab kelishdi

~ Kim)- eshigining tutqichini ushlagan yigit erta tongda uni kim yoʻqlab kelganiga qiziqdi

~ Janob Park

_Tushunarsiz qoshini koʻtarib nega kelganini ozroq tahmin qilgan Jungkook qizga eʼtiborsiz xonasi eshigini ochib ichkariga kirib ketdi

~ Hali bir soʻzimga parvona boʻlasan Janob Jeon, mani bilmas ekansan)- yopilgan eshikga qarab ayyorona kulgan qiz baland poshnasi ovozi bilan zalni tark etdi

Taehyung

*

~ Tushinga qarz soʻrab kiripmanmi tong sahardan koʻrging kelib qolibdi)- divanda asabiy oyogʻini likkilatib oʻtirgan doʻstiga gapirgancha ish stoliga sumkasini qoʻygan yigit kostyumini yechib stulining orqasiga ilib qoʻydi

~ Hazil koʼnglinga sigʻyaptimi)- doʻstining qiligʻidan asabi yanada buzilgan yigit oʻrnidan turib Jungkookning qarshisiga turdi

~ Nega sigʻmasligi kerak?)- holatini oʻzgartirmay soʻrab kompyuteriga qaragan yigit stoliga tarsillatib urilgan kaftdan qoshini chimirdi

~ Tushunmadim

~ Aslida men tushunmadim nima qilyapsn oʻzi?)- xuddi oʼzidek savol bilan yuzlangan yigit Jungkookning ensa qotirgan yuzini oldi

~ Uyingdan ikki metr narida begona erkakni koʻrganing uchun rafiqangni oʻlar holatgacha kattaklaydigan vaxshiy boʻlib ketdingmi?) - kecha Taehyungdan eshitgan gaplari uchun anchayin xunobi oshgan yigit ovozini balandlatib doʻstiga gapirdi

~ Meni bugun koʻrib turganing yoʻq, yaxshisi oʻzinga taluqli boʻlmagan narsaga aralashma)- gap Y/n haqida ketar ekan Jungkook undan boshqa hech kim uni oʻylashi yoqmaydi. Hozir ham Jimin doʻsti boʻlsa-da jahli chiqishni boshlagan yigit uni ogohlantirgan boʻldi

~ Axir u yosh seni istaklaringni bajara oladigan koʻchadagi qizlaringdan emas, boshidan senga aytgandim buni)- uning qoʼrs gaplariga ham ahamiyat bermagan Jimin, Jungkookga biroz gʻazabli qaradi

~ Senga nima? Aaa senga nima? U bilan ishing boʻlmasin xolangni qizi ekanligi uning hayotiga suqilishingni anglatmaydi )- oʻrnidan turgancha doʻsti tomon yurish davomida koʻzlari bilan goʻyo oʼyadigandek tikildi

~ Ishim boʻladi chunki u men uchun omonat uni asrash meni ham burchim

~ Bu burchni hammangizni boʼyningizdan soqit qilib oʻzimga olganimga ancha boʻlgan

~ Uni seni uyingdan olib ketaman)- singlisiga rahmi kelgan yigit – Jungkook doʻsti boʼlsa ham bunday vahshiyliklari orasida uni qoldirishni istamadi

Jungkook holati tasavvur uchun

~ Aslo, ikki qulogʻing bilan eshitib ol hech qachon u mendan ketmaydi yo meniki yo hech kimniki yoki mening issiq bagʻrim yoki sovuq tuproq..Tushunib olgan boʻlsang oʻz oilanga rafiqanga eʼtibor qarat bizni oilaga tilqilma!!)- qoʻlini bigiz qilib oʻtkir ovozda gapirgan Jungkook oxirgi hukmni oʻqigandek qoʻli bilan eshikga ishora qildi

~ Oʻsha kuni tugʻilgan kunimga taklifnoma bergan qoʻllarim sinsin)- Jiminning soʻzlari shu boʻldi xonada esa asabdan buyumlarni sindirgan yigit va buyumlar sinigʻi qoldi..

Jimin

*

_ Yotoqda tirik murda kabi yotgan qiz koʻzlarini ora sirada yumib ochardi. Lablari suvsizlanib qurib qolgan, doim qizil boʻladigan yanoqlar esa oqarib oʻz rangini yoʻqotgan, har xil chandiq va binafsha aralash qizil izlar jozibador tanani xarob qilgandi... Bularni uzoq vaqt tikilish asnosida tushungan yigit oshirib yuborganini tan olmoqchi boʻldiyu lekin oxir oqibat "oʻzi aybdor" degan xulosaga keldi.

~ Qachongacha bunday yotmoqchisan tur kechki ovqatni yeb ol) - xona ichiga kirib stol ustida qoldirilgam biroq nazar ham tashlanmagan ovqatga qarab oʼlikdek yotgan Y/n ga gapirgan yigit oyna oldiga kelib sochlarini qoʻllari uyon buyonga taradi. Qiz esa shunchaki eshitmagan boʻlib joyidan jilmadi

~ Endi quloqlaring eshitmay qoldimi? Tur dedim)- javobsiz qolgan gapidan biroz jahli chiqqan Jungkook qizga qarab turishga undadi

~ ...

~ Mayli yaxshi seni tushundim agar pastga tushib men bilan ovqatlansang ertaga qushchangni koʻrishinga ruxsat beraman)- tahdidlari ish bermagani bois avrash usuliga oʻtgan Jungkook bu safar befarq qoldirilmadi, sababi Y/ni qush soʻzini eshitiboq yigitga umidli qaragandi

~ Rostanmi..)- asta oʻrniga oʻtirgancha soʻradi qiz

~ Qachon yolgʻon gapirganman qani boʻlaqol)- uddalagani tufayli ichida oʻziga maqtovlarni yogʻdirgan Jungkook qizga biroz sovib qolgan ovqatni tutqazdi

~ Vaʼda berasiz aa?)- ishonmay qayta soʻradi qiz

~ Ha va yana ha oldin sen bularni tugat

~ Vaʼda berdingiz unutmang)- xursand boʻlgancha ozroq tabassum qilgan qiz ovqatlanishni boshladi, lekin unga uzliksiz tikilib qolgan koʻzlarni payqamadi

Pov. Jungkook
Uning tabassumi..buni koʻrmaganimga ancha boʻlgandi. Qoyil men unga qimmatbaho liboslar shohona taqinchoqlar bilan ulasholmagam baxtni mana shu kichkina qushcha qiloldi..ahh yeyishini qara bu qizni xuddi quyonchadek yeyapti, u ovqatni yegani kabi men ham uni yeb qoʻygim kelyapti lekin mumkin emas bunday qilolmayman..hech boʻlmasa ozroq sogʻayib olguncha sabr qilishim kerak..undan keyin esa bizda bunday imkoniyat har kun va tunda boʻladi..

_ Unga qarab shularni oʻylagan Jungkook lablarini keng yoydi. Y/n unga eʼtibor bermay yeyishda davom etar ekan bugungi kun shunday yakunlandi.

Tushlik paytidan soʻng •

Jeon qoʼrgʻoni

_ Xonasida kitob oʻqib unga berilib ketgan qiz tezroq bu qissani ham tugatishni istardi. Ora orada yuziga tushgan ikki tutam sochlarini quloqlariga orasiga oʻtkazib yanada nafislik baxsh etayotgandi. Biroq uni derazaga nimadir urilgandagi tiqirlagan ovoz bezovta qildi. Hayron boʻlgancha oʻrnidan sekin turgan qiz deraza yoniga keldi . Atrofga qarab koʻrgani boshliq boʻlib odam soyasi yoʻq. Shamoldir deya ortiga oʼgirilar ekan derasi qigʻogʻiga qistirilgn oq qogʻozni koʻrdi. Hayronligi ikki barobar oshgan qiz ikkilangancha qogʻozni oldi. Ammo ichidagi narsa uning etini sezilarli jimirlatib yubordi

Maktubda•

«Sening qafas kaliting menda..istasang seni ozod qilaman qushcha..»

Yoqimli mutolaa yogʻdularim🫠bu qismi kamroq boʻlib qoldi koop oʻrnida koʻrasiz🥹 imloviy xatolar uchun uzur💗

@Twins_fanfics uchun

To be continued...