October 5

Secret

9_qism.

• Shunchaki uzoq, manzilsiz va sokin yerlarga ketmoqchiman..menga hamroh boʻlasanmi?
° ° ° ° °

~ Me.n uni oʻld.irib qoʻydim)- mashina eshigini bazor ochgan yigit chalkash qadamlar bilan mashinasining old tomoniga oʻtdi

~ Jin ursin* bu nimasi yana?)- yerda oyogʻini ushlagan holda ogʻriqli tovush chiqardi qiz

~ Xo.nm yaxshim.isiz)- uning tirikligidan ham hayron ham xursand ohangda gapirgan Taehyung chap tizzasini yerga qadab choʼkkaladi

~ Koʻzinga qarab yurmaysanmi?)- Taehyungni yordamga choʻzgan qoʻlini siltagan qiz qovoqlarini oʻyib gapirdi

~ Men.. koʻrmay qoldim, mazur tuting

~ Qilar ishni qilib uzur soʻrash erkaklar odatimi?)- aybdorona bosh egishlarga ensa qotirgan qiz oʻrnidan turish uchun qoʻlini pastga tiradi

~ Yordam..

~ Kerak emas, oʻzimni eplay olaman

_Yana bir bor uni rad etgan qiz-qoʻlini mahkamroq yerga bosib turishga urundi. Oyogʻining qattiq ogʻrigʻi bois tura olmagan qizga qarab turgan Taehyung bu uning aybi boʻlgani uchun chidolmadi

~ Hoy nima qilyabsan? Qoʻyib yubor meni)- tirsagidan ushlab turgʻizgan yigitdan tinmay qoʻlini olishga urunar ekan, yigitning hayronlikdan toʻxtab qolgan yuziga tushunqiramay qaradi

~ Sen.. Yuna

~ Ha ismimni qayerdan bilasan?)- ismini eshitib ikki barobar hayron boʻlgan qiz yigitni yuziga termuldi

~ Meni tanimadingmi?

~ Nima tanishim kerakmi?

~ Men Taehyungman)- oʻzini tanishtirar ekan qizning noaniq reaksiyasi oʻzgarmadi ~ Te Te man hoy nahotki eslolmading tikanak)- bolalikdagi bir birlari uchun qoʻygan nomlarni aytib eslatar ekan unga tikilib turgan qiz nimanidir eslagandek qoshini koʻtardi

~ Nima bu rostan ham senmi? Men bilgan kichkina Te Temi?

~ Tanib boʻlmaydigan darajada oʻzgarib ketibmanmi?

~ Albattada, ketayotganimda kichkina boʻlgan bolakay hozir ulkan yigitga aylanibdi

~ Koʻrkam deyishni unutding

~ Nazarimda yanada maqtanchoq boʻlib ketgansan

~ Hoy oʼzi senga gapirmasligim kerak, bolalikdagi qadrdon doʻstingni tanimaganing uchun

_ Xafa boʻlgandek lablarini burib olgan Taehyungni koʻrib kulib yuborgan qiz tirsagidan ushlab turgan qoʻliga bir ikki yengil urib qoʻydi

~ Mayli xafa boʻlma. Men aybdorman ayt nimani istaysan bitta istagingni amalga oshiraman

~ Mmm bu imkoniyatni qoʻldan berib boʻlmaydi, oʻylab olishim kerak keyin aytaman

~ Hop yaxshi faqat unchalik qiyin boʻlmasin

~ Yunashi hamma aybi uchun yetarlisini oladi

_ Oʻzini maqullab boshini tepaga koʻtarib tushurgan yigit qizni mashinasi tomon yetaklay boshladi

~ Sen oʻzgaribsan. Meni qanday taniding umuman oʻzgarmabmanmi?

~ Oʻzgargansan, shunchaki qoʻlingdagi cheksizlik begisi va uning burchagida joylashgan KT harfli tattiurovka oʻzgarmagan

_ Koʻzlari bilan bilagidagi naqshga qarata ishora qilarkan Yuna ham bir bilak qismiga bir Taehyungning mayuslanib qolgan koʻzlariga qaradi

~ Buni unutgansan deb oʻylagandim

~ Qanday unutishim mumkin? Bu bizning ramzimiz edi

_ Soʻzlar tugar ekan sukut bilan davom etish oqilona yoʻl deya baholandi,keyingi navbatda esa mashina ichida boʻlgan eski doʻstlar* yoʻlga chiqishdi

Im Yuna

~

_ Bugun toʻyi boʻlsa-da ishlash xonasida ertangi majlis hujjatlarini koʻrib chiqayotgan yigit baʼzida stol ustida sovib qolishga ulgurgan qahvasidan hoʻplab qoʻyardi. Tinch boʻlgan xonani shovqinga solgan qoʻngʻiroq ovozi qogʻozlarga qararilgan nigohlarni telefon ekraniga qaratishga majbur qildi

~ Bunga yana nima kerak

_ Ekrandagi yozuvni koʻrgan yigit ikkilanib qongʻiroqqa javob berdi

📱~ Nima kerak

📲 ~ Oppa nega bugun yonimga kelmading?

_ Qarshi tomondan eshitilgan qizning araz aralash erkalanish ovozidan yigit koʻzlarini asabiy yumdi

📱~ Senga nima aa? Kimsan oʻzi, meni tergov qiladigan darajada?

📲 ~ Kookiee -- bu men tanimadingizmi?

📱 ~ Yoʻq tanimadim, meni tinch qoʻy! Maʼlumot uchun bugun uylandim seni boshqa keraging boʻlmaydi

_ Zarda bilan gapirgan Jungkook stolga tarsilllatib telefonini tashladi

~ Pul kerak boʻlganda yoningda gir aylanadigan mansabparastlar, oʻsha kuni unga uchgan men ahmoq

_ Sochlarini qoʻllari bilan ortga taragan yigit chuqur xoʻrsindi

~

~ Hoy meni qayerga olib kelding? Senga boshqa manzilni aytgandim

_ Oʻziga notanish boʻlgan uyni koʻrib norozi qosh chimirgan qiz yonidagi haydovchi orindigʻida oʻtirgan yigitga savol berdi

~ Koʻrdingmi hatto Kimlar xonadoni ham esingda emas

~ Nima bu sizlarning uyingizmi?)- koʻzlari katta ochilga Yuna hayron boʻlib Taehyunga va qarshisidagi uyga qaradi ~ Oldin boshqacha edi, juda ham oʻzgarib ketibdi

~ Hoʻsh tikilib boʻlgan boʻlsang tushaqol, oyim bilan dadam bizni kutishyapti

_ Yunani oʻziga qaratgan Taehyung yoʻlovchi kamarini yechdi

~ Ularga men haqimda aytdingmi?

~ Yoʻq syurpriz qilamiz boʻlaqol

~ Yaxshi

_ Oʻrnidan qoʻzgʻalib mashina eshigini ochgan qiz oyogʻini pastga tushirdi

~ Ssss

~ Nima boʻldi

_ Yunaning ogʻriqli ovozini eshitib zumda uni yoniga kelgan yigit unga boshdan oyoq qaradi

~ Hammasi joyida ozroq oyogʻim ogʻriyapti..balki keyingi safar kirarman

~ Boʻlmaydi.. men yordam beraman

_ Jim boʻlib qizga ikkilanish ila qaragan Taehyung sekinlik bilan Yunani qoʻllariga koʻtardi

~ Taehy.ung oʻzim yurolaman iltimos pastga tushur

~ Uyalishinga hojat yoʻq har holda bir paytlar doʻsting boʻlganman

~ Uyalganim yoʻq, shunchaki sendan havotir olyapman, ogʻir ish qilmagan qoʻllaring uchun bu jazodek boʻlib meni tushurib yuborma

_ Hijolatligini mazah ortiga yashirgan boʻldi Yuna

~ Meni haqorat qilma.. eʼtiboring uchun qizlarning najotkori boʻlish men uchun yangilik emas

_ Oʻziga nisbatan maqtovlarni yogʻdirayotgan Taehyung soʻzlari qanchalik yolgʻon ekanini faqat oʻzi bilardi, nega deganda oldin Mina degan soyadan ham qizgʻonadigan tergovchi sevlisi nazoratida boʻlgan

~ Yolgʻoningni koʻchadagi tannoz qizlarga ayt men bunday ertaklarga ishonadigan qizaloq emasman

~ Nega endi yolgʻon boʻlarkan

~ Bitta qizga ham chiroyli gapirolmaydigan yigitdan meni lol qoldiradigan ishlarni kutmayman

~ Tikanak

~ Kichkina Te Te

_ Tinmay yelkasiga urib kulayotgan qizni - tushurib yuborayotgandek qoʻrqitayotgan Taehyungning ham yuzida tabassum. Tashqaridan qaraganda ajoyib koʻrinayotgan qiz va yigit atrofga eʼtibor berishmasdi..Ammo hashamat ustiga qurilgan uylardan uncha uzoq boʻlmagan daraxtlar orasida ularni koʻzidagi yoshi bilan kuzatayotgan qizni koʻrmaslik xato boʻlgandi. Telefonini siqimlagancha qoʻllarini kuchsiz tushurgan qiz, oxirgi bor baxtdan kulayotgan yigitga nigoh tashlab sassiz holda daraxtlar ortida gʻoyib boʻldi

Taehyung

~ Hahhh demak sevging shu yergacha ekan

_ Oddiy qahvaxonaning tashqarisidagi stulga omonat oʻtirgancha soju ichayotgan qiz anchayin mast boʻlishga ulgurgandi.Orada gapirish bilan birga kulib qoʻyarkan, istamasada koʻzidan yosh ham tushardi.

~ Unga boʻlgan sogʻinching menga boʻlgan sevgingdan ustun ekan

Flashback • 1,5 yil oldin

~ Mina toʻxta, sen notoʻgʻri oʻylayapsan

_ Yoʻl chetida qizning ortidan baqirib tushuntirishga urinayotgan yigit uyida "uning"rasmni hali ham saqlayotgani uchun pushaymon boʻlib oʻzini tergayotgandi

~ Mina, toʼxtasangchi

_ Nihoyat arazlagan sevgilisini qoʻlidan ushlab olgan Taehyung chuqur nafas oldi

~ Tinch qoʻy, sen bilan gaplashmayman

_ Oʼjarlikdan qolmagan qiz qoʻllarini bir-biriga kirishtirib qovoqlarini osdi

~ Bu sen tushungandek narsa emas

~ Xoʻsh unda nima?

~ .....

~ Mayli senda javob boʻlmasa menda bor, xullas bir qiz boʻlgan ekan, u juda ham chiroyli boʻlib,hamma qissalarda boʻlgani kabi uni ham telbalardek sevadigan yigit bor ekan, kunlardan bir kun qiz yoʻqolib qolibdi yigit esa uni koʻp izlabdi ammo topa olmagach sevgisini unitish uchun boshqa bir qiz bilan uchrashishni boshlabdi. Qanday dardli qissa..

_ Taehyungning xonasida notanish qiz rasmini topib olgan Mina uning aslida bir paytlar Taehyungning sevgan qizi boʻlganini bilib qoldi. Bu oʻtib ketgan sevgi boʻlsa-da , jiddiy qabul qilgan qiz yigitning sabrini toʻldirib borardi

~ Yetar! Mina senga bu haqida nega qoʻrqmasdan aytdim deb oʻylaysan? Chunki sevgi degan narsa tugagan bu aslida sevgi ham boʻlmagan yoshlikdagi qiziqish holos. Iltimos sendan foydalanish uchungina sevgandek boʻlganim haqidagi oʻylarni miyyangdan chiqarib yubor..iltimoss

_ Taehyungning koʻzlariga uzoq vaqt qarab turgan Mina u bilan boʻlgan baxtli onlarni esladi.

Pov. Mina
Bu qahvarang koʻzlar...ular meni aldashi mumkinmi? Nahotki mendan shunchali unituvchi sifatida foydalangan boʻlsa? Men uni yoʻqotishdan qoʻrqaman, mana shunday muhabbat bilan qarayotgan koʼzlar oʻzgasiga ham shunday nigoh tashlashidan, ayrilishdan qoʻrqaman..Yoʻq..u bunday emas, mening Taehyungim bunday inson emas. Jonzotlarga ozor berishdan qoʻrqadigan sevgilim, menga unitilmas qalb yarasini bermaydi..Men unga ishonaman.. Koʻzlarimga umid ila tikilgan koʻzlardagi soflikga ishonaman. Balki qachondir oʻzgasi uchun azoblangandir, koʻz yosh toʻkkandir , ammo endi uning qalbi menda yashaydi uni oʻzim daʼvolayman..Sevgi pariysi oʻz vazifasini bajaradi mening bemorim...

_ Hech qanday soʻzlarsiz bagʻriga singib ketgan Minadan hayron boʻlgan Taehyung birozdan soʻng qizning boshidan yengil silashni boshladim

~ Ishonganing uchun rahmat

~ Ishonchimni oqlash sharti bilan

~ Astoydil harakat qilaman

_ Tabassum qilgancha yigitining issiq bagʻridan chiqmagan qiz boshini koʻtarib unga qarab turgan koʻzlarga qaradi.

~ Qachondir u qaytib kelsa nima qilasan

~ Mm bilmasam, balki doʼstlardek salomlasharman

~ Keyinchi

~ Bagʻrimga bosib sogʻindim derman

~ Keyinchi

~ Aigooo Minashii nimani eshitmoqchi boʻlyapsan

~ "Uni koʻrganimda tanimaganday oʻtib ketaman,chunki menda allaqachon eng yaqin doʻstim Jungkookdan ham qizgʻonadigan pariyim bor "- shu soʻzlarni kutyapman

~ Ahhh sen qiz aniq sevgiga toʻymaydigan ochofatsan

~ Sen sababli, meni sen shunday qilding. Endi jazo sifatida har soat, har daqiqa va har soniyada menga sevgini his qildirishing kerak

~ Bu ogʻir jazo

~ Mukofot sifatida oʻz qalbimni bir umrga beraman

~ Juda ham saxiysan

~ Faqat sen uchun

_ Koʻchani kulguga toʻldirgan juftlik hozir dunyodagi eng baxtli insonlar edi. Aslida ular birga boʻlgan har kun mana shunday baxtli va tengsiz . Balki bu mehr- muhabbatning takrorlanmas kuchidir...

Comeback •

~ Oʻsha paytdagi quvonchimni sezganingda edi meni hech qachon tark etmasding

~ Senga uning sevgisi yolgʻon degandim-ku azizam

_ Soʻroqsiz ravishda yonidagi stulga oʼtirgan yigit quvonchli xotiralar ichida kezayotgan qizning diqqatini boʻldi

~ Jonimni olgani keldingmi?

~ Meni xafa qilyapsan

~ Ruhimni olganing yetmadimi?

_ Yigitning gaplariga eʼtiborsiz qayta savol bergan Mina ichishda davom etdi

~ Senga yordam bergani keldim

~ Sen menga yordam berasanmi? )- ovozini chiqarib kuldi Mina ~ Bir marta bergan yordaming bilan shu ahvoldaman endi sendan oddiy choʻp ham kerak emas.. koʻzimga koʻrinma

_ Galdiragancha oʻrnidan turgan qiz hamyonidan pul chiqarib stol ustiga qoʻyib tartibsiz qadam tashladi

~ Undan oʻch olishing uchun imkon yarataman, nima seni shuncha aldagan insonni kechirib baxtli yashashiga jim qarab turasanmi?

_ Mast boʻlgan qizni hiylalari bilan koʻndirishga urunayotgan yigitning maqsadi faqat bir narsa edi..Mina

Yangi kun •

Baʼzilar uchun oʻzgacha muhit taqdim etgan tong yana kimlargadir ogʻriqli nuqtalarni his qilishlari uchun zamin yaratib berdi

~ Hayrli tong kuyukli rafiqam

_ Koʻylagining yoqasiga boʻyinbogʻ taqqancha tushgan yigit dasturxon atrofida yolgʻiz ovqatlarga tikilib turgan rafiqasiga gapirdi.

~ Sizga ham

~ Nega yemasdan qarab turibsan? Agar tomosha qilishini yoqtirsang taomdan ham koʻra qiziqarliroq va jozibaliroq boʻlgan narsalar bor

_Turmush oʻrtogʻining ilmoqli qosh qoqishlariga koʻp ham eʼtibor berishni istamagan qiz ovqatlanishni boshladi.

~ Janob sizni soʻrab kelishibdi

_ Oshxonaga kirib kelgan xizmatchi qiz endigina stulga oʻtirgan Jungkookni qayta oʻrnidan qoʼzgʻalishiga majbur qildi

~ Kim ekan?

_ Xizmatchi qiz pastki nigoh bilan yangi bekasiga qarab qoʻyib sukut saqladi

~ Men eshitmadimmi? Yoki sen gapirmadingmi?

~ Bu menman oppaa..

_ Kalta yubka, oldi ochiq kofta qoʻliga esa qimmat brendli sumkani tutgan qiz oshxonaga poshnasini taqillatgancha kirib keldi

~ Sen bu yerda

~ Siz kelmadingiz bandsiz deya kelaverdim

_ Jungkookni toʻxtatib unga erkalanib gapirayotgan qiz Yusoning ensa qotirishiga sabab yaratdi

~ Menga bunday murojaat qilishni bas qil! Senga hech qanday oppa emasman

~ Shundaymi? Mayli menda isbot ham topiladi, ammo oldin tanishib olishim kerak boʻlgan inson bor

_ Koʻzlari manzili Yuso tomon oʻzgarar ekan, unga yaqinlashdi

~ Salom men Hayun, Lee Hayunman

~ Ha.a men Yuso L..

~ Jeon Yuso, mening qonuniy rafiqam

_ Uning jumlasini oʻzicha toʼgʻirlagan Jungkook Yusoni biroz ortiga oldi

~ Xursandman, siz bilan tanishishni juda ham istagandim mana koʻrdim va bildimki Jungkookning didi ajoyib

~ Rahmat men ham xursandman

~ Tanishgan boʻlsang ket bizni shaxsiy ishlarimiz bor

_ Goʻyo quvgandek bahona aytgan yigit qizning ayyor qarashlariga " Bu yerda emas" degandek qaradi

~ Ha meni ham kutishyapti birrovga kirgandim, keyinroq koʻrishamiz

_ Qanday kelgan boʻlsa xuddi shunday poshnasi shovqini bilan chiqib ketgan qiz ortidan sukutni qoldirdi. Hech nimaga tushunmay hayron boʻlib turgan Yusoga qarab turgan Jungkook tomoq qirdi

~ U doʼstimning singlisi men bilan doim shunday hazillashadi

~ Tushunarli

~ Bu sen oʻylagandek emas

~ Hech narsani oʻylamadim, umuman olganda menga farqi yoʻq

_ Hissiz tarzda suhbatni yakunlagan qiz qayta ovqatlanish uchun stulga oʻtirdi

~ Farqi boʻlib qolsa aytarsan

_ Hafsalasiz gapirgan Jungkook kompyuter solingan sumkasini qoʻliga ilgancha katta qadamlar bilan chiqib ketdi

~ U kun kelmaydi deb umid qilaman

Yuso

~

Keyingi qismlarda •

~ Oppa 8 oydan keyin bizning kichkintoy dunyoga keladi, sen ota bolasan

~ Sevgi pariysi va devona yigit haqidagi sevgi hikoyasi inqilobi

~ Janob Kim Taehyung Janon Im qizi Im Yunaga oʻz xohishingiz bilan uylanishga, bir umr sevishga va sadoqatli turmush oʻrtoq boʻlishga rozimisiz?

~ Yusoga endi nima deyman?

~ Bugundan boshlab sizlarni Kimlar oilasi deb eʼlon qilamiz, bir-biringizni tabriklashingiz mumkin

~ Bu men uchun yakun! Oʻlgan sevgim uchun oʻch olaman Kim Taehyung

@Delluna_fanfics