𝐀𝐒𝐈𝐑𝐀
• Taqdiringizga yozilgan boʻlsa, oʻlim ham sizni undan ayirolmaydi
_Mehnat vaqti boshlangan tongdan oʻtgan payt edi. Qishloq, bozor, mevazorlar va tibbiy giyohlar boʻladigan joylarni shaxsiy xizmatchisi bilan kezib chiqqan Y/n, bu yerlar naqadar keng va havosi tozaligiga endi tugʻilgan yosh bolaga kabi tikilib hayron qarardi.
~ Boʻldi boshqa yurolmayman)- erta tongdan buyon u yoqdan bu yoqqa sudrab yurgan bekasiga noligan qiz qora kuya tekkan koʻylagi bilan yashil maysa ustiga oʻtirdi
~ Hooy tur, anavi joyga boramiz u yerda koʻplab dorivor oʻsimliklar borga oʻxshaydi)- xizmatchi qizning qoʻllaridan tortqilab turgizishga uringan Y/n
~ Xoonimm..men charchadim ertalabdan beri butun qishloqni kezib chiqdik bir hafta oldin xonangizdan olib chiqib boʻlmas edi endi kirgizib boʻlmayapti)- Y/n ning oʻzgarib qolganidan biroz hayron ammo charchaganidan qayta nolish qilgan qiz oʻtirishda davom etdi
~ Oldin ozodlik qadrini bilmagan boʻlsam kerak)- xonasidan chiqish ham baxt boʻlgan kezlarni eslab istamas koʻzida yosh aylangan qiz shivirladi
~ Nimadir dedingizmi?)- uning past ovozini tabiiyki eshitmagan qiz soʻradi
~ 80 yoshli buvilarga oʻxshab noliyverma dedim)- mavzuni boshqa joyga burgan qiz, xizmatchisining qoʻlidan sudrab turgizdi ~ Ketdik kapalak tutamiz
~ Xonim otdan yeqilib faqat xotirangizni emas yoshingizni ham unutib qoʻyibsiz)- qoʻlidan tortib sudrab ketayotgan bekasiga mingʻirlagan qiz oʻzi istamasada kapalak ovida faol* ishtirok etdi, orada tez yugurish sabab qoqilganlarini aytmaganda bugungi sayr ajoyib oʻtdi, albatta Y/n uchun..
~ Meni avf eting qirolim lekin qirolichamizning ahvoli kundan kunga ogʻirlashib ketyapti)- afsuslanish ohangida maʼlum qilgan tabib qirolining oldida ojizligi uchun aybdorona bosh egdi
~ Nima qilsangiz ham uni tuzatasiz yoki mana shu qovoq miyyangiz Silla darvozasi kiraverishiga osiladi)- jiddiy ohangda talab qilgan qirol beozor uxlayotgan malikasining yuziga termulib gapirdi
~ Lekin..)- unga qaratilgan yirtqicha nigohdan choʻchib soʻzlarini tugatolmadi ~ Tushunarli qirolim tez kunlarda yaxshi yangilik olib kelaman
_ Yana bir bor quyi egilgan kishi , eshikga ort qirolga old tomoni bilan hurmat qilgan holda chiqib ketdi . Bu eʼtiborlarga ahamiyat bermagan yigit qizning mayin yuzini siladi
~ Tirik qolasan..)- barmoqlarini oʻzga yuzda kezdirgan qirol asta egilib malikasining peshonasiga mehrli oʻpich qoldirdi ~ Bu qirollik soʻzim
_Kapalak tutish tugaganidan soʻng bogʻni takroran kezishni boshlagan qiz ortida nolib ergashayotgan qizga ahamiyat bermasdi. Ozodlik hissini tuyishdan zavqlanayotgan Y/n daraxt shoxida nimanidir koʻrgandek boʻldi. Qiziqqancha shu manzilga kelgan qiz, varragini daraxt shoxiga ilashib qolganidan yigʻlamsirab oʻtirgan bolalayni koʻrdi .
~ Hoy nima boʻldi)- kelishi bilan bolakayni soʻroqqa tutdi Y/n lekin javob sifatida oʻziga qaratilgan ikkilanish nigohlarni sezarkan shunchaki yengil tabassum qilib qoʻydi
~ Senga uni olib beraman)- boʻyi kichik oddiy kiyimdagi bolaning sochini toʼzgʻitib koʻzlari orqali varrakni olish yoʻllarini izlay boshlagan qiz xizmatchisining " Nima qilyapsiz xonim? Yeqilib tushasiz" soʻzlariga "Qoʻrqma hech nima boʻlmaydi " dediyu oyoqlarini barg toʻkilgan yerdan koʻtardi.
~ Xonim unday qilmang pastga tushing)- shoxlarga tirmashgancha chiqib ketayotgan qizni fikridan qaytarishga urinib
~ Gayil vahima qilma..bu yer unchalik ham baland emas ekan)- soʻzlash davomida varrak turgan shoxga yaqin kelgan Y/n , unga qoʻl uzatdi. Yengil esgan shamol taʼsirida varrak qimirlar ekan qiz harakatni tezlatdi, ammo qoʻli hech yetmas boʻyi pastlik qilayotgandi
~ Yana..yana ozgina)- qoʻlini tarang choʻzgan qiz nihoyat oʻzi istagan narsaga tekkan barmoqlarini sezdi, xursand holda uni olish uchun ikkita qoʻlini ham varrakni ushlash bilan band qilgan qiz daraxtda turganini unutdi.
~ Aaaaaaaaaaaa)- bir notoʻgʻri harakat va Y/n qulashga shay edi..toki oʻsha metindek qoʻllar ushlab qolmaguncha. Qoʻrquvdan koʻzlarini yumib olgan qiz oʼzi uchun oʻlim kuyini chalib boʻlgandi, lekin qattiq yerga tushish oʻrniga issiq va yumshoqlikni his etib koʻzlarini ocharkan – ot ustida oʻtirgan yigit qoʻllarida ekanini tushundi. Qoʻrquvi tarqalmagan koʻzlarini bir juft qora tusdagi koʻzlarga tikib dunyo toʼxtagandek soʻzlarsiz qoldi. Bu oʻtli nigohlardan qocha olmagan Y/n , na harakat qilishni na gapirishni bilardi, u shunchaki mana shu muhitdan chiqishni xohlamaydi, unga hotirjamlik baxsh etgan maskandan ketishni istamaydi lekin nega? Buni oʻzi ham tushungani yoʻq. Shunday istaklar ila termulayotgan koʻzlar javobsiz emasdi balki qarshi tomon ham shularni his qilgandir...
~ Xonim yaxshimisiz)- koʻzlardagi soʼzlashuvni boʼlgan qiz bekasi yoniga yugurib kelib hovliqqancha soʻradi
~ Aa.ha yaxshiman)- yigitdan nigohini olgan qiz hali hamon uni qoʻlida ekanligidan hijolat boʻlib pastda unga qarab turgan Gayilga ishora qildi
~ Men oʻzim)- qizni tushungan yigit tashabbusni oʻz qoʻliga oldi. Qimmatli narsasini ushlagandek avaylab Y/n ni qoʻllaridan tushirmay pastga qoʻygan yigit uning uyatdan qizargan yanoqlarini koʼrib tabassum qildi
~ Rahmat janob)- hayojon taʼsirida pastroq ovozda minnatdorchilik bildirgan qiz boshini egib koʻtardi- yu shoshgancha ortiga oʻgirilib ketdi
~ Gʻalati qiz ekan)- yurish bilan birga unga ham qarab qoʻyayotgan qizga ortidan kuzatib qolgan yigit tabassum qildi ~ Qiziq u meni kimligimni bilarmidi?
_Oʼziga oʻzi savol berib sochiga tegingan yigit keyingi safar albatta u bilan tanishib olaman degan qarorga kelib otiga qayta oʻtirib oʻrmon orasida koʻrinmay ketdi
*
_Saroy ichkarisi... doimiy sokin hudud..xalqdan kelgan norozilik va minnatdorchilik sifatidagi xatlarni birma-bir jiddiy qiyofada oʻqib chiqayotgan qirol Jeon..
~ Bosh Vazir So)- bir maktubga kelganda qovogʻi osilgan qirol, yonida askar kabi saf tortib turgan vazirlari orasidan eng oliy maqomdagi vaziriga murojaat qildi
~ Labbay Zoti oliylari)- safdan chiqqan holda qirol toʻgʻrisiga kelgan ellik yoshlar atrofidagi kishi hurmat keltirib taʼzim qildi
~ Oddiy xalq orasida mayda zoʻravonliklar koʻpaygan, shikoyat xatlari javonimga sigʻmay qoldi lekin sizlar issiq koʻrpaga oʻranib xalq dardiga eʼtibor ham bermayapsizlar )- har soʻzida olov sachratib doʻq urgan qirol Jeon stoli ustidagi talaygina boʻlib ketgan xatlarni vazirlari tomon uloqtirdi
~ Aybga buyurmang Zoti Oliylari ammo bizda noroziliklar koʻp tomondan boʻlyapti qaysi birini hal qilishni bilmay qoldik)- qatorda turgan vazirlardan bahonani eshitgan qirol ensa qotirgancha bosh silkib qoʻydi
~ Aynan qanday mavzularda shikoyat kelyapti maslahatchi Chan )- shunday boʻlsada ular nimani nazarda tutishganini bilishga qiziqqan qirol savolli yuzlandi
~ Bu...Bu qirolicha haqida)- soʻzlarini ham qoʻrquv ham ikkilanish bian aytgan maslahatchi hisoblangan kishi bu soʻzlari oʻziga qimmatga tushishini bilar edi, chunki mamlakat qirolining koʻnglidan aziz joyni egallay olgan tanho qirolicha haqida tanqidiy soʻzlarni gapirish taʼqiqlangan
~ Yaʼni)- qirolichani soʻzlariga aralashtirishgani bois jagʻi qisilgan qirol oʻzini arang bosib soʻradi..lekin sabab oʻrniga sukutni olar ekan asabi yana ham buzildi
~ Ichingizdagi soʻzlarni bizga ham ayting Janob Chan
~ Qirolicha ancha yillardan buyon farzand koʻrmayotgani uchun norozilik kuchaygan, oddiy odamlar davlatning kelajagi borasida xavotir olishmoqda)- soʻzlarini bayon etgan maslahatchi pastdan nigohini qirolga qadadi u koʻrgan narsa esa asabiy yuz ifodasining oshib borishi boʻldi
~ Hahahaha)- ovozi baralla yangrab kulgan qirol hammani hayron qoldirdi ammo birdan jiddiy tortgan yuz va oʻtkir ohang ularning oyoq qoʻllarini muzlatdi ~ Demak qirolicha merosxoʻr hadya etolmayotganini muhokama qilish sizlarga qoldimi? Hammangiz eshitib oling bundan buyon qirolicha Seya haqida gapirgan odam xalq dushmani deb eʼlon qilinadi va boshi tanasidan judo qilinadi )- oʻrnidan turib soʻzlarini dona dona qilib gapirgan qirol Jeon hukmi soʻngida uni asabiy qilgan shaxsni unutmadi
~ Maslahatchi Chan bu qaror jazosini birinchi boʻlib sizdan boshlasak adolatdan boʻladi shunday emasmi?)- yovuzona kulguni namoyon qilgancha oʻljasiga yaqinlashgan boʻlib soʻzladi
~ Bir qoshiq qonimdan keching zoti oliylari men ularning gaplarini yetkazdim holos oʻtinaman zoti oliylari )- tiz choʻkkancha uzur soʻrab yalinayotgan erkak uning gʻazabini soʼndira olmadi
~ Bu boshqalar uchun saboq boʻladi..nimani kutyapsizlar uni olib ketinglar
~ Yoʻq.. yolvoraman zoti oliylari bunday qilmang.. zoti oliylari)- yuzida mutlaqo afsuslanish paydo boʻlmagan qirol Jeon unga ming yalingan maslahatchisini tinglamadi
~ Nima? Men..men qirolichani davolashim kerakmi?)- erta tongdan Seol oilasini bezovta qilgan qirol tabibi, qanday maqsad bilan kelganini aytdi, qirolicha Seyani davolash..
~ Ha kichik xonim shunday)- xushmuomalalik bilan javob qaytargan tabib qizning reaksiyasini kuzatdi
~ Lekin nega men?)- tabiblikdan uquvi kam boʻlgan qiz shaxsan qirolichani davolash nega aynan unga yuklatilganini tushunmadi
~ Ancha vaqtdan buyon qirolichamizga tibbiy jihatdan koʻmak berib kelasiz shu sababdan sizni yoningizga keldik)- qirollikdagi shaxslarga oddiy odam tabiblik qilolmaydi qirolicha esa qirolning eʼtirofidagi ayol, bu juda nozik ish ammo qirolicha Seyaga maʼqul kelgan bu qiz uchun yangilik emas chunki koʻp bora saroy tabibi berolmagan tashxisni mana shu kichik qizaloq topgan , muammoli tarafi shundaki Y/n da tabiblik borasida tajriba yoʻq. Ular bilgan qiz Y/n dan mutlaqo farq qiladi.
~ Xonim avval ham qirolichaga yordam bergansiz yana eplaysiz havotir olmang)- xonimini tinchlantirishga uringan Gayil uni qoʻlidan tutib ishonchli soʻzladi
~ Vaqt kam kichik xonim, zoti oliylarini kuttirmaganimiz yaxshi)- ularning suhbatini boʻlgan tabib uydan tashqarida turgan aravaga ishora qilib ularni yetakladi
_Asabbozlik holatida qirolichaning tomir urishini bilak qismidan tutgan holda tekshirayotgan qiz ularga nima deyish haqida oʻylardi.
~ Yurak urushi sust, yuzlari oqarib, lablar qurigan yupqa terida ham dogʻlar paydo boʻlgan)- koʻrinishga qarab baho bergan Y/n oʻzini goʻyo aqlli tabiblardek tutardi ~ Ularga vitamin kerak, quvvat beradigan taom tayyorlashsin
~ Faqat shularmi?)- oddiy gaplar bilan tashxis qoʻygan qizdan hayron boʻlgan saroy tabibi soʻradi
~ Kasallikni yengish uchun tanada kuch qolmagan, avval kuch yigʻib olib keyin davolashni boshlaymiz)- tushuntirgan boʻldi Y/n
_Ancha yillardan buyon qirol va uning oilasiga xizmat koʻrsatib kelayotgan saroy tabibi qizning gaplariga nimadir demoqchi boʻldi-yu "balki toʻgʻridir" deya indamay qoʻya qoldi.
~ Sizni tushundik yosh xonim)- xayrlashuv oldidan taʼzim qilgan Y/n ga javoban yengil bosh eggan kishi.
_ Oson qutilgani uchun xursand boʻlib chiqish yoʻlagi tomon yurgan qiz kutilmaganda ochilgan eshikga qaradi. Oʻziga tanish boʻlgan qiyofani koʻrarkan tanasi beixtiyor titradi. Zamonaviy kiyim oʻrniga qadimiy shohona libosni aytmaganda hech nima oʻzgarmagan oʻsha tiniq yuz, bekamu koʻst qomat, quyonnidek katta koʻzlar..u bu insonni unuta olmaydi..unutishga tanasidagi yaralar va ruhidagi siniqlar yoʻl bermaydi.. tanasini yon tomonga burgan Y/n oldidan tanimay oʻtib ketgan boshqa tana ortidan sanchib ogʻriq berayotgan yuragi bilan tikildi. Uni qayta koʻrish oʻsha ogʻriqlarni tirnab achishtirdi. Betartib qadam bosgan qiz oʻsha oqargan yuzi va oʻzgarmagan titrashi bilan saroyni tark etdi.
_Oʼsha kuni saroydagi voqeadan soʻng xomush boʻlib qolgan Y/n, kunini bogʻdagi gullar bilan suhbat qurib oʻtkazardi. Koʻpincha oʻtmishini eslar, tunlari yigʻlab chiqayotgandi, uxlab qolsa yana oʻsha zulmatda uygʻonib uni hayotdan sovutgan maxluqni koʻradigandek tuyilardi. Oʻz hayollari bilan boʻlib dunyodan uzilgan qiz xizmatchisi Gayilning turtishidan oʻziga keldi
~ Xonim meni eshityapsizmi?)- soʻzlariga javob qaytarmayotgan xonimini turtib chaqirdi qiz
~ Shuncha gapni kimga aytdim? Boʻldi turing qochishimiz kerak)- hech nimaga tushunmagan qizni tortqilab yurishga undadi
~ Nega? Nimalar boʻlyapti?)- savol berishda davom etib yurishdan bosh tortgan Y/n tinmay sudrayotgan xizmatchisidan qoʻllarini oldi
~ Keyinroq aytib beraman hozir ketishimiz kerak)- qaysarlik qilgan bekasini amallab qoʼrada turgan otga mindirgan qiz ortidan kelgan ovozdan koʻzlari katta boʻlib ketdi
~ Qochishga urinmang Seol xonim)- qoʻliga qilich, ustiga saroy askari libosini ilgan erkak yogʻon ovozda maʼlum qildi
~ Ularda ayb yoʻq)- Y/n dan oldin ularga oʼshqirgan Gayil xonimining beayb jazolanishidan qoʼrqayotgandi
~ Buni siz hal qilmaysiz)- vazmin holda javob qaytargan saroy zobiti yonida turgan askarlarga buyruq berdi ~ Ularni qoʻlga olinglar saroyga qaytamiz
~ Nima qilyapsizlar? Qoʻyib yuboringg)- qoʻpol harakat bilan otdan tushirgan askarlar sabab qoʻli shilingan qiz keyingi navbatda sudragan erkaklar qoʻlidan chiqishga urindi ~ NIMA QILYAPSIZLAR ? GAYIL GAYIL!!!
~ Xonimmm)- aravaga otkazib olib ketilayotgan xonimining ortidan yugurib yeqilgan qiz qoʻlini yerga urgancha yigʻlab qoldi
*
Sovuq devor..odamni bexalovat qiladigan sokinlik..ora sirada ogʻriqdan gʻinshib qoʻygan qizning nozik ovozi..bugungi ogʻriqli kun unga oʻtkan kunlarini eslatgandek boʻldi.. uning chinqirishlari koʻp bora yangradi lekin ular eʼtibor berishmadi.. saroyning pastki qismida joylashgan maxfiy omborxona bariga guvoh boʻldi
~ Oʻziga keldimi?)- boʻyi baland boʻlgan erkak yonida yetti bukilib hurmat koʻrsatayotgan kishidan soʻradi
~ Hozircha behush)- hijolatli ohangda gapirgan kishi xizmatchilarga "Uygʻotinglar" deya ishora qildi.
~ Imhh..)- yuziga sepilgan muzdek suv yaralariga tegib achishganidan gʻinshib oʻziga kelgan qiz
~ Qilar ishni qilib, endi hotirjam uxlayapsanmi?)- quloqlariga tanish ohangdan yanada seskangan qiz koʻzini arang ochib unga qahrli koʻzlari bilan qaragan erkakni koʻrdi
~ Men..qil.madim)- past ovozda inkor qildi qiz
~ Bu yolgʻoningni qirolichani zaharlashni senga buyurgan itlarga aytasan)- tishlari orasida vaxshiyona vishillagan erkak unga yaqinlashdi
~ Bunday husn bilan vafot etish...isrof boʻladi)- yuziga tekkan sovuq qoʻllardan tanasi tanish hisni tuygan qiz, uning koʻzlariga qaradi
~ Bir kechaga mehmonim boʻlishga nima deysan xonaki kabutar?
Yoqimli mutolaa yogʻduchalarimmmm🫠 imloviy xatolar uchun uzur💗
#Seol_Asi | @Twins_fanfics