Qonun qoidalar
O'zgarish sari qonun qoidalari
Har kuni mashg'ulotlarni bajarib vazifalarni @IJ_hisobot ga yozib jo'natib boring.
Mashg'ulotlarni isboti bilan jo'nating: Rasm yoki audio yoki video tarzida isbot jo'natib boring.
Mashg'ulot berilganidan keyin albatta bajarib ko'rsatishingiz shart. Amalda qo'llanmagan bilim sizga hech qanday natija bermaydi.
Agar qaysidir mashg'ulotga tushunmasangiz, yoki bajarishda qiynalsangiz albatta @IJ_hisobot ga yozing va biz sizga yordam beramiz.
@IJ_hisobot ga soat 9:00 dan 18:00 gacha yozishingiz mumkin.
Mashg'ulotlar haftada 4 marta beriladi soat 20:00 da. Dushanba - Chorshanba - Payshanba - Shanba kuni.
Jonli efir:
Har Yakshanba kuni soat 19:00 da Jonli efir orqali suhbat bo'lib o'tadi. (Bu Zoom yoki Youtube orqali bo'lib o'tadi) Jonli efir orqali o'tirilgan mashg'ulotlarni tahlil qilamiz va savol javob qilamiz.
Chat guruh ochiladi:
6 - mashg'ulotdan keyin chat guruh ochiladi. Bu guruhga hisobot jo'natib faol qatnashganlar qo'shiladi.
Chat guruh qonun qoidalari:
- Chat guruhda mashg'ulotdan tashqari mavzularda suhbatlashish taqiqlanadi.
- Chat guruh faqat mashg'ulotlar to'g'risida fikr almashib bir - biringizda qanday natijalar olayotganingizni bilib borish uchun.
- Guruhda hurmatsizlik qilgan, boshqa kanaldan ma'lumot tashlagan, mavzudan tashqari ma'lumot tashlagan... chetlashtiradi.