Boy bo‘lishga yordam beradigan 22 maslahat
Atrofdagilar nima desa desin, pul odamni baxtliroq qiladi. Hayotdagi muammolarning, xoh u maishiy hayotga, xoh shaxsiy hayotga taalluqli bo‘lsin, baribir, muammolarning 90 foizi moliyaviy mablag‘ning yetarli emasligidan kelib chiqadi. Shunday qilib, boy bo‘lishning sirlarini bilib olmoqchimisiz? Marhamat!
“Bo‘sh cho‘ntak hech qachon istaganimizdek bo‘lishimizga xalaqit bera olmaydi. Bunga faqat xumkalla va bo‘shab qolgan yurakkina xalaqit berishi mumkin” – Norman Pil.
1. Harakat qiling. Muvaffaqiyatingizni ertaga, keyingi oyga yoki keyingi yilga qoldirmang. Bugun boshlash kerak. Ertaga kech bo‘lib qolishi ham bor.
2. Ishoning. Boy odam o‘ziga va imkoniyatlariga ishonadi. Kambag‘al taqdirni, hukumatni, begonalarni va sharoitlarni ayblaydi. Boy odam hayotim o‘zimga bog‘liq, deb o‘ylaydi. Kambag‘al esa oqim bo‘ylab suzadi.
3. Muloqot qiling. Pul boshqa odamlar orqali keladi. Shuning uchun atrofdagilar bilan yuqori darajada samarali muloqot qilishni o‘rganish juda ham muhim.
4. Ushlab oling. Vaziyat va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. U boshqa takrorlanmasligi mumkin. Ushlab oling. So‘ppayib qolmang.
5. Amalga oshiring. Sinab ko‘rmang, amalga oshiring. Agar faqat harakat qiladigan bo‘lsangiz, omadsizligingizga ishonib qolasiz va u miyangizga dastur sifatida o‘rnashib oladi. Yo hammasini birdaniga me’yorida bajaring yoki umuman qo‘l urmang.
6. Hisoblang. Daromad xarajatdan baland turishi lozim. Agar kredit yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashlarni qo‘llayotgan bo‘lsangiz, demak, imkoniyatlaringizdan tashqarida yashayapsiz.
7. O‘qing. Zarur adabiyotlarni o‘rganing, kerakli bilimlarni oling. Zarur saytlardan rivojlanish uchun muhim bo‘lgan axborotlarni izlang.
8. Izlang. Ishni faqat pul topish uchun boshlamang, aks holda pul hech qachon siz uchun ishlamaydi.
9. Tanlang. Muvaffaqiyatli va boy odamlar bilan muloqotda bo‘ling. Omadsizlardan, hasadchilardan va yalqovlardan yiroqroqda yuring. Noto‘g‘ri tanlangan muhit sizni orqaga tortadi.
10. E’tiborli bo‘ling. Yangi g‘oyalar va imesga oling. Yutqazganingizdan keyin ham qayta oyoqqa turishga va oldinga intilishga o‘rganing. Hech qachon muhtojlik va nochorlikka bo‘yin egmang.
13. Moslashuvchan bo‘ling. Imkon qadar vaziyatga moslashing. Zarur vaziyatlarda taktika va strategiyangizni o‘zgartira oling.
14. Vaqt. O‘z vaqtingizdan unumli foydalanishga va uning qadriga yetishga o‘rganing.
15. Kuzating. Boshqa odamlarning muvaffaqiyati va yutqizishlaridan o‘rganing. Vaqtingizni hasad, xudbinlik, mazax yo‘lida behuda sarflamang.
16. Tavakkal qiling. Kimda-kim komfort zonasidan chiqib tavakkal qilishdan qo‘rqsa, omadsizligicha qolib ketadi. Xavflarni hisobga oling va tavakkal qilishdan qo‘rqmang.
17. Eshiting. Konstruktiv tanqidlarni va boshqa odamlardan aks aloqani qabul qiling. Bu e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydigan juda muhim axborot ekanligini esdan chiqarmang.
18. Hisob-kitob qiling. Emotsiya, qo‘rquv va ikkilanishlarga qaraganda ko‘proq pragmatik va hisob-kitobli bo‘ling.
19. Kutmang. Agar pulingiz bo‘lmasa, demak ish boshlashning vaqti yetibdi. Muammolarni izlang va ularning yechimini o‘ylab toping. Faqat biznesgina sizni badavlat qila oladi.
20. Ishlab toping. Muntazam iqtisod qilib, uchini uchiga yetkazishni emas, daromadlarni ko‘paytirish yo‘llarini o‘ylab toping. Hojatxona qog‘ozlaridan iqtisod qilib, uy va avtomobil sotib olib bo‘lmaydi.
21. Tanlang. Omadsizlarning, hech narsaga erisha olmagan bechoralarning maslahatlariga quloq osmang. Sizga haqiqatdan ham nimanidir o‘rgatishi mumkin bo‘lganlarni tinglang.
22. Maqsad. Oyiga kamida 10000 dollar ishlab topish yo‘llarini qidiring. Ko‘prog‘ini ko‘zlashingiz mumkin, kamini esa xayolingizga ham keltirmang. Arzigulik maqsadlarni qo‘ying, aks holda hammasi bekor.