December 18, 2018

Hodisalarga bizning munosabatimiz

Boshqa insonlarni tushunishimiz va ularning xarakatlariga munosabat bildirishimiz turli xil omillarga bog'liq, lekin ko'pincha bu biz malum bir xolatda aktyor yoki tomoshabinligimizga bog'liq.

Masalan, o'zimizni xarakatlarimizga munosabat bildirishda biz ko'proq tashqi omillarga, ya'ni o'zimizga bog'liq bo'lmagan narsalarga aybni to'nkaymiz.

Biror muhim uchrashuvni o'tkazib yuborsangiz mashina kech kelganini, biror testdan yiqilsangiz test juda ham qiyin tuzilganini aytasiz.

Boshqalarni xarakatlarini tasvirlashda esa biz ichki omillarga etibor qaratamiz.

Biror do'stingiz kelaman degan joyga ozroq kech qolib kelsa siz darrov uni dangasalikda ayblaysiz, vaholangki unda ham mashina kech kelgan bo'lishi mumkin. Kimdir testdan yiqilsa siz uni bilimsizlikda ayblaysiz, lekin u ham siz bilan bir xil test ishlaganini va savollar qiyin bo'lganini eslamaysiz.

Kanalga obuna:

Ilmiy blog kanali