Kechir...
Bu shunchaki so'z emas, bu mening so'nggi nafasim
— Men bu hayotga nega keldim o'zi? Nima sabab? Nega ota-onam meni dunyoga keltirishdi? Men bu savollarga haligacha javob topa olmayman. Bizning oila kichik. To'rt kishidan iborat oila. Ota-onam akam va men. Otam mashhur biznesman, akam eng mashhur bo'lgan TEAJUNG kompaniyasiga asos solgan. Onam ham biznes lady.
Men Kim Lili. Lilya gulidan olingan. Lili ismini ma'nosi poklik va chiroyli degan ma'noni anglatadi. Chiroyli ism to'g'rimi? Men rasmni judayam chiroyli chizaman lekin meni rasm chizishimga ota-onam qarshi. Meni qo'llab-quvvatlaydigan yagona inson akam.
Hozir ham nonushtaga chiqsam yana bir xil gaplarni aytishayveradi. Yoshligimdan bir xil gap. Akam hozir safarga ketgan. Hech bolmaganda u meni himoya qilardi. Men rasm chizishni xohlayman va dizayner bo'lgim keladi. Lekin men iqtisodiyot yo'nalishida o'qiyman, 4 chi kursda.
Lekin iqtisodiyot yo'nalishida o'qishim menga qo'l kelyapti. Nega deysizmi? Chunki mening allaqachon dunyoga mashhur bo'lgan kompaniyam bor, kompaniyamni filyali judayam ko'p. Va men bunga oz muncha harakat qilmadim.
Ertaga eng mashhur bo'lgan "VALERIUS GROUP" nomi bilan mashhur bo'lgan kompaniya bilan hamkor bo'laman.
— LILIIII LILIIII NIMAAA HALIYAM UXLAYAPSANMI? deya chaqirdi uning onasi.
— Hm, valekum namuncha chiqishing qiyin. Muncha ko'p uxlamasang
— Oyi, ertaroq turgandim, bilasiz kitob o'qiyman har tongda. Bu mening odatimga aylangan
— O'qishlaring yaxshimi o'zi, – deya so'radi otasi
— Agar yana o'sha rasm chizish kursiga borsang mendan ko'rasan
— Borganim yo'q, – dedi sovuqqonlik bilan Lili
— Lili akangdan ko'p pul so'rama, akangni o'zi ishi uncha yurishmayapti, senam unga zarar keltirma, tushundingmi men senga pul bermayapmanmi? akangdan pul so'raysan AAA? Nimaga ishlatasan buncha pulni bilmayman. Faqat zararing tegadi umuman foydang tegmaydi seni. Yana bir Marta aytaman, agarda yana o'sha rassomchilik kursingga borsang mendan yaxshilik kutma! Seni so'rab kelgan odamga bervoraman. TUSHUNDINGMI?
— Eee buni hech kim so'rab kelmaydi. Kim ham so'rab kelsin, bu dardisarni
— men ketdim, kech kelaman bugun darslarim ko'p, balki kelmasman ham dugonam bilan yakuniy nazorat ishilariga tayyorlanamiz.
— Hmmm mayli senga 3 4 kunga ruxsat, shu seni ko'rmasak boshimizni og'rig'i kamayadi. dedi onasi mensimay
Lili yig'lagancha uyidan chiqdi va univerga yo'l oldi. Darsda ham ozgina o'tirib mazasi bo'lmayotgani uchun javob so'rab o'zining shaxsiy o'z puliga sotvolgan uyiga keldi. Uyi ham ancha shinamgina bo'lib, yorug' edi.
Uyiga kelib faqat yig'ladi. Kuni bo'yi hech narsa qilishga holi bo'lmadi va uxlab qoldi.
— aloo, haa hozir yetib boraman. Uxlashgayam qo'ymaydi bular
Yordamchi Kan: janob, janob bugun muhim uchrashuvingiz bor
Yordamni Yun: xonim xonim aloo bugun muhim uchrashuvingiz bor turdingizmi
Lili: aaa haaa turdim turdim boraman hozir, haydovchiga ayting mashinani tayyorlab tursin