Jim qolgan yuraklar ❤🩹
Ikki mashinaning daxshatli to'qnashuvidan keyin, atrofga qorong'u tun sukunati cho'kdi. Faqatgina singan faralar miltillab, motordan chiquvchi tutun koʻkka ko'tarilardi. Yuna rul ustiga boshini qo'ygancha hushsiz yotardi.
Shu payt uzoqdan katta tezlikda kelayotgan qora mashina keskin tormoz berib toʻxtadi. Undan birinchi bo'lib Jake va ortidan hayajondan qo'llari titrayotgan Taehyung tushib keldi...
Jake: Yunaa. Yo'q yo'q yo'q... Jake yugurib borib eshikni ochishga urindi, lekin eshik qisilib qolgan edi
Taehyungning yuragi urishdan toʻxtab qolgandek boʻldi. 5 yil... Naq besh yil davomida u bu yuzni qumsab yashadi. Uni asrash uchun o'z baxtidan kechib, unashtirilganman deb yolg'on gapirgan edi. Mana bugun u yana oʻsha aziz insonini yoʻqotib qoʻyishiga bir bahya qoldi. Taehyung bor kuchi bilan eshikni tortdi va xavfsizlik kamarini yechib Yunani ehtiyotkorlik bilan bag'riga oldi
Tae: Yuna ko'zingni och iltimos, men keldim keldim, endi seni hech qachon tashab ketmayman. Iltimos ko'zlaringni ochgin. Men sensiz yasholmayman axir
Jake ularga qarab turarkan, ichida chuqur bir ogʻriqni, shu bilan birga taslim bo'lganini his qildi. Angliyada Yunaga qanchalik gʻamxoʻrlik qilmasin, Yunaning koʻzlarida faqat bir insonning aksi borligini bilardi.
Jake jimgina pichirladi: Sening joying baribir mening yonimda emas ekan... Yuna
Tez yordam mashinasi yetib keldi va sirenalarni yoqib shifoxonaga haydab ketdi. Yuna shifoxonaga olib borilgach, uning yonida Taehyung qoldi. Jake esa shifoxona yoʻlagida yolgʻiz, tushkun kayfiyatda oʻtirardi. Shu vaqt Yunaning eng yaqin dugonasi Seorin yugurib kirib keldi. Uning koʻzlari yoshli, sochlari toʻzgʻigan, xavotirdan oʻzini qoʻyarga joy topolmasdi.
Seroin: Jake u yaxshimi Yunani ahvoli yaxshimi nima bo'ldi o'zi. Seorin yig'lagancha Jake dan so'radi
Jake uning bu holatini koʻrib, yuragida gʻalati bir iliqlikni his qildi. Seorin Yunani shunchalik yaxshi koʻrar ediki, uning qaygʻusi Jakening ham ichini ezib yubordi.
Jake: Seorin tinchlaning hammasi ortda qoldi. Hozir Taehyung uning yonida hammasi yaxshi. Jake sekingina uni yupatish uchun bag'riga bosdi. Nega birdan bunday qilganiga o'zi ham hayron edi. Seorin Jakening koʻkragiga boshini qoʻyib, yigʻlashdan toʻxtamasdi. Jake esa ilk bor oʻzga bir qizni himoya qilish, uni ovutish istagini tuydi. U Yunaga boʻlgan bir tomonlama sevgisi shunchaki havas boʻlganini, haqiqiy rishta va uni tushunadigan inson balki aynan shu yerda uning quchogʻida yigʻlayotgan Seorin ekanligini his qila boshladi.
Shifoxonaning jimjit yoʻlagida Taehyung qoʻllari bilan boshini changallagancha oʻtirardi. Shu payt uning yoniga jiddiy qiyofada Jake yaqinlashdi.
Jake: Taehyung qo'riqchilar hushiga keldi. Ularni gapirtirishyapti, kim qilgani bilsang aqldan ozasan
Shunda Taehyung boshini sekin ko'tardi. Ko'zlarida faqat g'azab porlardi.
Taehyung: Janob Kang shundaymi
Jake: haa o'shaa iflos. U besh yil oldin sening hayotingni barbod qilgani yetmagandek, endi Yunaga yopishdi. Yuna sening ojiz tomoning ekanligini bilib shunday qilgan.
Taehyung devorga qattiq musht tushirdi. Besh yil oldin aynan shu Janob Kang uyushtirgan avtohalokat tufayli u shifoxona toʻshagiga mixlanib qolgan edi. Oʻshanda shifokorlar unga "Balki bir umrga yurolmay qolarsiz" deyishganda, Taehyung Yunani oʻziga bogʻlab, uning yosh umrini xazon qilmaslik uchun "Men boshqasiga unashtirildim, meni unut" deb, yuragiga pichoq urgandi. Besh yil davomida tishini tishiga qoʻyib davolandi, qayta oyoqqa turdi hammasi Yunani yovuz niyatli insonlardan himoya qilish va Kangdan oʻch olish uchun edi. Ammo u kechikdi... Yuna uning dushmanlari sabab yana xavf ostida qoldi.
Jake: Taehyung tinchlan, sen Yunani oldida bo'lishing kerak. Men Seorin bilan politsiyaga Kangni ishlarini topshirish bilan shug'illanaman. Sen Yunaga qara uni yolg'iz qoldirma
Jake Taehyungning yelkasiga qoʻlini qoʻydi. U raqibini gʻolib deb tan olgandi, chunki Taehyungning Yunaga boʻlgan sevgisi oʻlimdan ham kuchliroq edi. Oʻzi esa shifoxona eshigi tagida koʻzlari yoshli oʻtirgan Seorinning yoniga qarab yurdi. Endi uning ham hayotida himoya qilishi kerak boʻlgan inson bor edi.
Palatadagi tibbiy apparatlarning bir maromdagi ovozi jimjitlikni buzib turardi. Yuna sekingina ko'zlarini ochdi. Boshidagi qattiq og'riq va tanasidagi holsizlik unga avtohalokatni eslatdi. U atrofga qaradi-yu, karovoti chetida uning qo'lini mahkam ushlab, boshini qo'ygancha uxlab yotgan insonga ko'zi tushdi. Bu Taehyung edi. Uni 5 yil oldin "men boshqasiga unashtirilganman" deb tashab ketgan yuragini tilka pora qilgan inson.
Yuna sekin uning qo'llarini olmoqchi bo'lganida Taehyung bu harakatdan uyg'onib ketdi. Uning ko'zlari qizargan, yuzlarida charchoq va qo'rquv aksi bor edi.
Taehyung: Yuna ahvoling yaxshimi? Yaxshimisan? Biror joying og'riyaptimi? Shifokorni chaqiraymi
Yuna esa unga sovuq va begona nigoh bilan bo'sh qarab turdi. Qo'lini undan keskin tortib oldi.
Yuna: Siz.. Siz bu yerda nima qilyapsiz. Kim sizga ruxsat berdi bu yerga kirishga. Siz uylangansiz. Borib sevimli rafiqangizga g'amxo'rlik qiling. Men sizni bu yerda ortiqcha ko'rmay. Hayotimdan chiqib ketgansiz. Men ham sizni hayotingizda yoqman. Keting bu yerdan va qaytib kelmang.
Taehyung chuqur xo'rsinib, boshini egdi. U bu zarbaga tayyor edi.
Taehyung: Yuna men hech qanday uylanmaganman ham unashtirilganman ham. Aslida bu bu hammasi sen uchun edi
Yuna: N..nimaa nimalar deyapsiz? Meni yana laqqa tushirmoqchimisiz?
Taehyung: Besh yil oldin... Men avtohalokatga uchraganimda, shifokorlar menga qayta yurolmasligimni aytishgandi. Bir umr g'ildirakli kresloga mixlanib qolishim mumkin edi. Men sening yosh, porloq umringni men kabi majruh odamga bog'lab, xazon qilishingni xohlamadim. Seni shunchalik qattiq sevardimki, mendan nafratlanib bo'lsa ham mendan ketishingni, baxtli bo'lishingni istadim... O'sha yolg'onni sening kelajaging uchun gapirgandim
Yuna eshitgan gaplaridan shokka tushib qoldi. Demak, u besh yil davomida behuda nafratlanganmidi? Yuna yig'lagisi keldi, lekin ichidagi alam va araz ustun keldi. U bor kuchi bilan Taehyungni ko'kragidan itardi.
Yuna: nimaa siz Hali shunaqa oq ko'ngil fidoyikormisiz. U baqirib yig'lashni boshladi
Sen o'zingni kim deb o'ylading, Kim Taehyung?! Mening hayotim, mening tuyg'ularim haqida yakka o'zing qaror chiqarishga senga kim huquq berdi?! Men sendan meni o'ylashingni so'raganmidim? Agar bir umr yurolmay qolganingda ham, men sening yoningda bo'lardim! Lekin sen meni eng yaqin insonimdan, sevgimdan mahrum qilding! Besh yil... Besh yil qanaqa azobda yashaganimni bilasanmi?!
Taehyung uning gaplaridan o'zini aybdor his qilib ketardi. Yuragi ezilib ketardi. U indamay Yunani bag'riga bosdi. Yuna uning ko'kragiga urib, qochmoqchi bo'ldi ammo kuchi yetmadi.
Yuna: qo'yib yubor. Qoch ket! Yo'qol bu yerdan
Taehyung: ketmayman... Endi o'lsam ham ketmayman. Mayli, meni ur, so'k, umringni oxirigacha kechirma, lekin yoningdan quvma. Men seni boshqa hech kimga bermayman, Yuna seni hech qachon tashab ketmayman
Yuna garchi uning quchog'ida yig'lab, qaysarlik qilayotgan bo'lsa-da, besh yillik sog'inch baribir yuragini eritayotgandi. Ammo u baribir Taehyungni osongina kechirib qo'ymoqchi emas u hali ko'p javob beradi bu qilgan ishlari uchun.