Avgust oyi natijalari
Hurmatli sheriklar! Avgust oyi uchun natijalarni va kelgusi oylar uchun rejalarni e’lon qilamiz.
Avgust oyi natijalari
Kompaniyaning oylik sof daromadi 1,01% ni tashkil etdi. Investorlar uchun daromad:
99/01 tariflari: 0,95%
90/10 tariflari: 0,86%
80/20 tariflari: 0,77%
Natijaga ta'sir qilgan omillar
Kompaniya savdo ko‘rsatkichlari oyma-oy o‘sib boryapti, shu bilan birga. Ushbu o'sishni ta’minlash uchun, albatta, sotuv (hamkorlar bilan aloqalar, qabz jarayonlari) va nasiya xaridlar portfelini boshqarish (risklarni boshqaris, qarzlarni undirish) jamoalari uchun ajratiladigan xarajatlar ortib bormoqda. Bular savdo hajmini oshirishga yordam beradigan va nasiya portfelining sifatini ta’minlash uchun qilinayotgan sarmoyalardir.
Nasiya xaridlarga bo‘lgan talab yuqori bo‘lishiga qaramay, avgust oyidagi savdo hajmi mavjud investitsion resurslar hajmi bilan cheklangan edi. Shu sababli, sotuv bo‘yicha avgust oyidagi kutuvlarimiz o‘zini oqlamadi.
Bozordagi vaziyat
2026-yil ko‘plab moliyaviy instrumentlar uchun daromad kamayishi yili bo'ldi. Iqtisodiyotda inflyatsiya barqarorlashishi, bozorda umumiy daromadni kamaytirmoqda va bizning faoliyat ham xuddi shunday sharoitlarda amalga oshmoqda.
Hozirda oldimizda turgan bir nechta ustuvor ishlar bor:
• operatsion xarajatlarni optimallashtirish. Moliyaviy bo‘lim xarajatlar tuzilishini qayta ko'rib chiqish ustida ishlashmoqda, bu yaqin kelajakda ko'rsatkichlarni yaxshilashga imkon beradi.
• sotuvlar hajmini oshirish – ham investorlardan pul jalb qilish nuqtai nazaridan, ham nasiya savdo nuqtai nazaridan.
• moliya institutlari bilan hamkorlik va korporativ mijozlarni jalb qilish hisobiga moliyaviy manbalarni ko‘paytirish.
Ushbu vazifalar yaqin bir necha oylarda biznes ko‘rsatkichlarini o‘rtacha holatga olib chiqishimizga yordam beradi.
So'nggi 12 oylik natijalar
2025-yil sentabridan 2026-yil avgustigacha bo'lgan davrda, qayta investitsiya hisobga olingandagi daromadlar:
• 99/01 tariflari: 21,4%
• 90/10 tariflari: 19,3%
• 80/20 tariflari: 17,0%
2026-yilning yanvaridan avgustigacha investorlarimiz allaqachon 14,1% / 12,8% / 11,3% daromad olishdi.