June 15

...

"Being Crazy"
11-qism

X: xoʻjayin...biz ularni manzilini topdik ammo aniq emas, xonimni Yeonjun oʻgʻirlab ketgani maʼlum boʻldi.
Sunghoon: oʻzi jim boʻlib qolganidan bilgandim! Laʼnati Yeonjun, qayerda ular meni Miram qayerda?
X: Malumotlarga koʻra ular hozir Shvetsiyada ekan.
Sunghoon: Chiptalarni tayyorlang bugunoq u yerga uchaman!

Yordamchisi ketgach Sunghoon yana oʻz hayollari bilan qoldi. Miraning yoʻqligi uning gʻazabini qoʻzgʻatardi. 2 soatlardan soʻng u aeroportga bordi. Tahminan 8 soatlar atrofida samalyotda uchdi....
*Bu vaqtda Yeonjun Mirani oʻpish bilan ovvora edi.*

Mira: Bas qil!
Yeonjun: Seni hech kim mendan tortib ololmaydi, men faqat yana men sening yigiting boʻlaman..Qizligingni ham men birinchi olaman.
Yeonjun majburlab Mirani kiyimlarini yecha boshladi, Mira unga qancha qarshilik qildi ammo Yeonjun uni koʻtarib yumshoq karavotga tashladi, Miraning sochlari yostiqlar sabab gʻijimlanib qolgan, uning koʻzlaridan duv-duv yosh oqardi.
Mira: Bunday qilma, yolvoraman.
Yeonjun: Meniki boʻlishing kerak oʻsha lanʼati Sunghoon ham seni qizligingni olganimdan soʻng habar topsa, sendan voz kechishi aniq.
Yeonjun Miraning kiyimning koʻkrak oldi qismini yirtdi va egilayotgan vaqtida Miraning qoʻli stolda turgan shamchiroqqa yetdi va oʻzini himoya qilish uchun u bilan bexosdan Yeonjunni boshiga urdi... Bir zumda barcha yer qon

Mira Yeonjunni sekin asta koʻzlari xiralashib borayotganini payqadi va muzlab qoldi.
Yeonjun: .hhh..Miraa...
U Miraning ustiga hushidan ketdi Mira uni yolgʻiz tashlab keta olmasdi, u juda qoʻrqib ketdi.Mira nima qilishni bila olmay uni yotqizdi va uyni tintib hamma joylarni yoyib tez yordam qutichasini topdi.

Mira undan tezda bint va boshqa kerakli narsalarni oldi..
Mira:Meni kechir, iltimos biroz chida men buni hohmagandim.
U Yeonjunga malham surtib bint bilan bogʻlab qoʻydi va unca tinchlantiruvchi dori berdi. Bir necha daqiqalardan soʻng Yeonjunning nafasi rostlana boshlagach Mira oʻzini yengilroq his qiladi. U Yeonjunni yolgʻiz tashlab ketolmadi axir u Miraning sobiq yigiti, sevgilisi edi. Bir necha soat Mira uning yonidan jilmadi va u Yeonjun ancha yaxshilanganini sezdi (axir u doktorku).
U tezda uydan chiqib ketdi...Ammo hali ham uning yuragida Yeonjunning ahvoli haqida qaygʻurish alomatlari saqlanib qolgan edi. U uydan uzoqlashar edi...Yolgʻiz tunda koʻcha tentirab yurgan Miraning borishga joyi yoʻq...U hayolida yechim qidirayotgan vaqtda ortida qadam tovushlarini eshitdi. Kimdir uni kuzatayotganini sezish unchalik ham qiyin emas edi. Mira qadamlarini tezlatgan sayin ortidagi kimsa ham uning ortidan qolmayotganini sezdi va ortiga qarashga qoʻrqib, yugura boshladi.

Ammo u ortidan uning ismini eshitishi bilan toʻxtab qoldi, bu ovoz unga juda tanish. Bu deyarli Sunghoonning ovoziga oʻxshardi. Ammo u ortiga oʻgirildi va rostdan ham Sunghoonni koʻrdi.
Mira: Sunghoon?....
U oʻylab ham oʻtirmay u tomonga yugurdi va oʻzini Sunghoonni bagʻriga otib quchoqladi.
Sunghoon: Seni topdim....Shu 1 hafta menga doʻzax kunini berdi... Ahvoling yaxshimi?
Mira: Ha...Meni qanday topdingiz?
Sunghoon: Buning ahamiyati yoʻq sen boʻlgan joy men uchun jahannam! Sen dunyoning narigi burchagida boʻlganingda ham seni izlab topgan boʻlar edim..
Mirani koʻzlariga bu gaplaridan soʻng yosh keldi va yana uning koʻksiga boshini qoʻyib quchoqladi. Sunghoon uning sochlaridan toʻyib hidlar ekan, 1 hafta davomida uni qiynab har kun azob beradigan oʻsha Crazy hissiyotlari bir zumda soʻndi.
Sunghoon:Uyga qaytamiz...

*
Sunghoon avvaliga uni mehmonxonaga olib bordi. Mira yengil dush qabul qildi soʻng chiqib sochlarini quritayotgan vaqtida xonaga Sunghoon keldi va jilmayib:
Sunghoon: Koreyaga chipta brom qildim ertaga uchamiz sen esa dam ol..
Mira: Yaxshi..
Sunghoon uni biroz oʻylanib qolganini sezdi va uni yoniga borib oʻtirdi.
Sunghoon: Tinchlikmi? Nima boʻldi?
Mira: Haligi...Yeonjun, u menga tegajonlik qilayotgan vaqtida uni bilmay urib hushidan ketkazgan edim endi nima boʻladi...Undan biroz havotir olyabman.
Sunghoon bu gaplarni eshitib avvaliga hayron qoldi keyin baribir Miraning Yeonjundan havotir olayotganini eshitib "jealous" hissiyotlari uygʻondi. Ammo u oʻzini bosishga harakat qildi
Sunghoon: Azizim, tinchlan,u telbaga hech narsa qilmaydi.
Sunghoon egilib Miraning peshonasidan mayin oʻpdi..

***Ertasi kun, Ular bir birlarining balrida quchoqlashib uxlashlayotgan edi.. Hammasi yaxshi endi ular yana birga boʻlishi uchun imkon tugʻildi. Sunghoon sekin koʻzlarini ochar ekan uning yonida mayin uxlab yotgan Mirani koʻrib tabassum qildi. Uni oʻz ustiga yotqizib lablarini unikiga tekkazdi, uni uygʻotmaslik uchun qattiq boʻsa olmadi.

Bir necha daqiqadan soʻng eshik taqillab qoldi. Sunghoon sekinlik bilan Mirani yana yotqizdi va eshikni ochdi..Eshik oldida turgan odamlarni koʻrib koʻzlari hayratdan ochilib ketdi.
?: Janob siz Park Sunghoonmisiz? Bizga Kim Mira kerak! Ularni chaqirib bera olasizmi?
Sunghoon: Laʼnati deb oʻziga oʻzi pichirladi. Qoshlari chimirilganday boʻldi chunki ularni bezovta qilgan odamlar...........

Davomi bor😉