...
*Telefon ekranidagi so‘nggi xabar Jungkookning boshida aks-sado berdi.
Jungkook:Uni...? — dedi u sekin.
*Xonadagi hamma jim bo‘lib qoldi. Hatto kompyuterlar ovozi ham g‘alati darajada baland eshitilayotgandek edi.
Jungkook suratni yana kattalashtirdi.Oyna aksidagi soyani.Bu oddiy tasodifiy aks emas edi.
Kimdir u yerda turgan.
Va bu Jina Kimdan boshqa yana bir odam borligini anglatardi.*
Jungkook:Joylashuvni aniqlang! — dedi u keskin ovozda.
Seungmin:Janob, signal allaqachon o‘chirilgan... u faqat bir marta kirib kelgan.
Jungkook mushtini stolga urdi.
Jungkook: U biz bilan o‘ynayapti.
Shu paytda.Qorong‘u tunnel ichida oyoq tovushlari yangradi.Jina asta yurib borardi.
Qo‘lida kichik USB qurilma.Uning yuzi sovuq, ammo ko‘zlarida g‘alati yorqinlik bor edi.
Jina:Shunday qilib... u meni ham o‘qiy boshladi, — dedi u o‘ziga o‘zi.
Jina tunnel oxiridagi eshikka yetdi.
Eshik ochilganda ichkarida bir erkak kutib turardi.Qora kostyumda.
Yuzini ko‘rish qiyin.
Mingyu: Kech qolding, — dedi erkak.
Jina: Men hech qachon kech qolmayman.
Erkak uning qo‘lidagi USB ga qaradi.
Jina:Ha.
Jina uni havoga biroz ko‘tardi.
Jina:Ammo men unga ham qiziqib qoldim.
Erkakning ovozi sovuqroq chiqdi.
Jina kulimsiradi va
Jina: U boshqacha.
Mingyu:Boshqacha odamlar eng xavfli bo‘ladi.
Jungkook monitor oldida suratni qayta-qayta ko‘rayotgan edi.Birdan ekran titradi.Yangi video fayl ochildi.Hech kim yubormagan,Avtomatik.
Ekranda qorong‘u xona.
Va markazda stul.
Stulda esa...bo‘sh joy.
Lekin kamera asta pastga tushganda polga yozilgan yozuv ko‘rindi:
"Seni bu o‘yinga taklif qilaman, Jungkook."
Jungkookning nafasi bir zum to‘xtadi.
Jungkook:U meni chaqiryapti...
Seungmin:Janob... bu tuzoq bo‘lishi mumkin.
****
Shu kecha.Shaharning eng qorong‘u qismida eski bino oldida mashina to‘xtadi.Jina tushdi.
U eshikni ochdi.Ichkarida hech kim yo‘q edi.Faqat bitta stol.Va stol ustida bitta konvert.Jina uni ochdi.Ichida bitta surat bor edi.
Uning o‘zi.Ammo bu surat u hech qachon tushmagan joyda olingan edi.
"Endi navbat sendan oldin harakat qiladigan odamda."
Va shu payt orqadan ovoz eshitildi.
Jungkook: Demak, seni birinchi marta yaqindan ko‘ryapman.
Jina asta ortiga burildi.Qorong‘ulik ichida bir erkak turardi.
Jungkook, u juda kelishgan va baquvvat edi,Ikkalasi birinchi marta yuzma-yuz edi.
Lekin bu uchrashuv tasodif emas edi.
Jina yerga qaradi va sekin labining uchida kulib qoʻydi.
Jina: Yolgʻiz kela olmabsanda?
Jina: Oʻzingni ahmoqqa solma..Oynada, anavi katta quti ortida va koʻchadagi oʻrmon yaqinida odamlaring meni kuzatayotgani haqida sezmaydi deb oʻyladingmi?
Jungkook: Qoʻyil juda eʼtiborlisan.
Jina unga 1-2 qadam yaqinlashdi.
Jina: Bu 10, 15 kishilik yordamchilaring kamlik qiladi.
Jungkook:Me shu yerdaman, seni oʻzim qoʻlga olaman.
Jina kuldi va unga yaqinlashdi.
Jina: oʻzingga koʻp ishonyabsan. "Handsome policeman" deb koʻziga birdan sprey sepdi. Bir zumda Jungkookning koʻzlari xiralashdi, koʻzlarini artib atrofaga qaradi ammo Jina allaqachon gʻoyib boʻlgan edi. Tezda qoʻliga ratsiyani oldi ammo barcha politsiyachilar Jinani koʻzdan qochirishgandi.
U ratsiyani jahl bilan pastga tushirdi. Atrofga qaradi — eski bino, sovuq tun, bo‘m-bo‘sh koridor... va Jinaning havoda qolib ketgan atiri. Hammasi bir necha soniya ichida sodir bo‘lgandi.
Jungkook:Hammani joyiga qaytaring! Chiqish yo‘llarini tekshiring. U uzoqqa ketmagan bo‘lishi kerak.
Ammo ich-ichida Jungkook buni o‘zi ham bilardi.Jina allaqachon ketgan edi.U shunchaki qochmagan Jungkook bilan o‘ynagandi.Uni ko‘rdi.Unga yaqinlashdi,
Masxara qildi,va izsiz g‘oyib bo‘ldi.Jungkook boshini biroz egib, yerga qaradi. Pol ustida kichkina kumush rang buyum yaltirab ko‘rindi. U egilib uni oldi.
Bir dona sirg‘a.
Jungkook uni kaftida aylantirib ko‘rdi. Bu tasodif emasdi. Jina buni ataylab tashlab ketganini u darrov tushundi.
Jungkook:Demak, endi o‘yin shu tarzda davom etadi...
Uyiga qaytganida tun allaqachon yarmidan o‘tgan edi.Jungkook kurtkasini divanga tashladi, bo‘ynidagi galstukni bo‘shatdi va oshxonaga kirib muzdek suv ichdi. Lekin baribir ichidagi g‘ashlik ketmadi.
Ko‘z oldidan bir manzara ketmayotgandi.Jinaning qorong‘ulik ichida unga yaqinlashgani.Labining uchidagi o‘sha xotirjam kulgi.
Va “Handsome policeman” degan ovozi.
Jungkook stakanini stolga qo‘ydi.
U jinoyatchilarni ko‘p ko‘rgan.Qo‘rqoqni ham, ayyorni ham, sovuqqonni ham.Ammo Jina boshqacha edi.U qochayotganda ham vahimaga tushmasdi.
Aksincha, vaziyatni o‘zi boshqarayotgandek harakat qilardi.Jungkook divanga o‘tirib boshini orqaga tashladi. Qo‘lida haligacha o‘sha sirg‘a turardi. U yana unga qaradi.
Jk: Sen aslida kimsan, Jina Kim?
Tun bo‘yi u deyarli uxlay olmadi.Har safar ko‘zini yumsa, Jinaning unga yaqin kelib pichirlashi qulog‘i ostida jaranglardi.
“O‘zingga ko‘p ishonyabsan...”
Tongga yaqin Jungkook endigina biroz mizg‘ib olganida, eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi.
Jungkook qoshlarini chimirdi.Bunday erta paytda kim bo‘lishi mumkin?U soatga qaradi.08:12.
Yarim uyqu holatida eshik tomon yurdi. Sochlari biroz to‘zigan, futbolkasining yoqasi bo‘shashgan edi. Eshikni ochishi bilan esa bir lahza qotib qoldi.Eshik oldida u turardi
*
Uzun qora palto, yelkasiga tushgan silliq sochlar, qo‘lida esa kichik oq quti.Bu Jina edi...
Jungkook uni kaftida aylantirib ko‘rdi. Bu tasodif emasdi. Jina buni ataylab tashlab ketganini u darrov tushundi.
Jungkook:Demak, endi o‘yin shu tarzda davom etadi...
Uyiga qaytganida tun allaqachon yarmidan o‘tgan edi.Jungkook kurtkasini divanga tashladi, bo‘ynidagi galstukni bo‘shatdi va oshxonaga kirib muzdek suv ichdi. Lekin baribir ichidagi g‘ashlik ketmadi.
Ko‘z oldidan bir manzara ketmayotgandi.Jinaning qorong‘ulik ichida unga yaqinlashgani.Labining uchidagi o‘sha xotirjam kulgi.
Va “Handsome policeman” degan ovozi.
Jungkook stakanini stolga qo‘ydi.
U jinoyatchilarni ko‘p ko‘rgan.Qo‘rqoqni ham, ayyorni ham, sovuqqonni ham.Ammo Jina boshqacha edi.U qochayotganda ham vahimaga tushmasdi.
Aksincha, vaziyatni o‘zi boshqarayotgandek harakat qilardi.Jungkook divanga o‘tirib boshini orqaga tashladi. Qo‘lida haligacha o‘sha sirg‘a turardi. U yana unga qaradi.
Jk: Sen aslida kimsan, Jina Kim?
Tun bo‘yi u deyarli uxlay olmadi.Har safar ko‘zini yumsa, Jinaning unga yaqin kelib pichirlashi qulog‘i ostida jaranglardi.
“O‘zingga ko‘p ishonyabsan...”
Tongga yaqin Jungkook endigina biroz mizg‘ib olganida, eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi.
Jungkook qoshlarini chimirdi.Bunday erta paytda kim bo‘lishi mumkin?U soatga qaradi.08:12.
Yarim uyqu holatida eshik tomon yurdi. Sochlari biroz to‘zigan, futbolkasining yoqasi bo‘shashgan edi. Eshikni ochishi bilan esa bir lahza qotib qoldi.Eshik oldida u turardi
*
Uzun qora kurtka, yelkasiga tushgan silliq sochlar, qo‘lida esa kichik oq quti.Bu Jina edi...
Ammo kechagi qora kiyimdagi jinoyatchi qiz emas — bugun u tamomila boshqa ko‘rinishda edi.Nozik, chiroyli, xotirjam.
Go‘yo oddiy mehmondek.
Jungkookning ko‘zlari hayratdan kattalashdi.
Jina sekin ko‘zoynagini tushirdi. Ko‘zlarida yana o‘sha tanish masxarali chaqnash bor edi.
Jennie: Salom, handsome policemen dedi u mayin jilmayib.
Jina:Bu mahallada yangi qo‘shni bo‘lib ko‘chib keldim. Tanishib qo‘yay dedim.
Jungkook bir necha soniya gap topolmadi.
Jina qo‘lidagi oq qutini unga uzatdi.
Jina: Qo‘shnilar bir-biriga shirinlik ulashadi-ku odatda.
Jungkook qutiga qaradi. So‘ng yana Jinaning yuziga. U nima deyishni bilmay qoldi... g‘azablanish kerakmi, hayratlanish kerakmi, yoki darrov uni ushlashga urinish kerakmi.Lekin bir narsa uni to‘xtatdi.Jinaning qarashi, U qo‘rqmayotgandi.Aksincha, Jungkookning uyiga kelib turib ham xuddi nazorat o‘z qo‘lida turgandek qarab turardi.
Jungkook:Bu qanday o‘yin? U nihoyat past, ammo sovuq ovozda.
Jina:O‘yin? Yo‘q. Men shunchaki qiziqib qoldim.
Jungkook eshik tutqichini qattiqroq siqdi.
Jina:Menga tahdid qilyapsanmi?
Jk:Seni hibsga olishim mumkin.
Jina kulib yubordi. Sekin, yoqimli, lekin asabga tegadigan darajada xotirjam kulgi.
Jina: Unda nega hali ham qo‘lingni kishanga uzatmading?
Jungkook indamadi.
Chunki u ham buning javobini bilmay qolgandi.
Jina yana bir qadam yaqinlashdi. Endi ular orasida deyarli masofa qolmagandi.Uning nigohi Jungkookning qo‘liga tushdi.Kaftida kechagi kumush sirg‘a turardi.
Jina labining uchida kuldi.
Jk:Buni ataylab tashlab ketding.
Jina bir lahza jim qoldi. So‘ng ko‘zlarini uning ko‘zlariga qadab, juda past ovozda dedi:
Jina: Chunki men ham seni topmoqchi edim, Jeon Jungkook.
Jungkookning yuragi bir urish sekinlashgandek bo‘ldi.Shu payt koridor oxiridan lift eshigi ochilgan ovoz eshitildi. Jungkook bir zumga boshini burib qaradi.
Atigi bir soniya.Faqat bir soniya.Ammo yana eshik tomonga qaraganida, Jina allaqachon orqaga chekingan, ko‘zoynagini taqib bo‘lgandi.
Jina:Hali ko‘rishamiz, ofitser.
U burilib ketdi.Jungkook darrov uning ortidan chiqdi.
Lekin qiz liftga emas, zinapoya tomonga burilib g‘oyib bo‘ldi. Jungkook uning ortidan yugurdi. Pastga tushdi. Bir qavat, ikki qavat...
Ammo birinchi qavatga yetganida zinapoya bo‘m-bo‘sh edi.
Faqat deraza tokchasida yana bitta oq qog‘oz turardi.Jungkook uni oldi va ochdi.Unda atigi bitta manzil yozilgandi.
Qog‘ozning pastki burchagida esa bitta jumla bor edi:
“Bu safar yolg‘iz kel, handsome policeman.”
Jungkook qog‘ozga tikilib qoldi.Ammo qog‘ozning orqa tomonini aylantirganida uning yuzi birdan o‘zgardi.
Chunki orqa tomonda qora ruchka bilan chizilgan belgi bor edi.
Aynan shu belgi ikki yil oldin yopilgan, ammo haligacha ochilmagan bir jinoyat ishining hujjatlarida ham bor edi.
Va Jungkook bu belgini juda yaxshi tanirdi.
Bu Jinaniki emasdi.
Bu... u o‘lgan deb hisoblagan odamning belgisi edi.
Jungkookning barmoqlari qog‘ozni qattiq siqib yubordi.