June 21

...

•New Fanfic 1-qism

"My criminal"

Jina Kim 23 yoshda, yoshligida juda kambagʻal, otasi Jinaning yoshligidan onasini urib doʻpposlab oʻldirgan, shundan soʻng unda nafrat uygʻonib 19 yoshida otasini oʻldirgan..Yoshligida uni juda koʻp qiynashgan uni haqiqiy psixopatga aylanguniga qadar mazax qilishgan. Yillar oʻtib u Jinani qiynagan barchani izsiz oʻldira oldi. Yillar davomida u "criminal" ga aylandi. Hozirda unga muhim topshiriqlar berishardi, uning insonlarni yoʻq qilishi kasbiga aylanib qolgan. Unga buning uchun koʻp pul berishardi, u 4 yildan buyon mohir jinoyatchiga aylangan ediki uning toza jinoyatlaridan shubhalanishlariga yoʻl qoldirmas edi. Butun Korea u har qayerda paydo boʻlib, insonlarni oʻldirishi haqida koʻplab maʼlumot berdi. Insonlar esa koʻchada yurishga ham qoʻrqishardi.

•New Fanfic 1-qism•
"My criminal"
Jina Kim 23 yoshda, yoshligida juda kambagʻal, otasi Jinaning yoshligidan onasini urib doʻpposlab oʻldirgan, shundan soʻng unda nafrat uygʻonib 19 yoshida otasini oʻldirgan..Yoshligida uni juda koʻp qiynashgan uni haqiqiy psixopatga aylanguniga qadar mazax qilishgan. Yillar oʻtib u Jinani qiynagan barchani izsiz oʻldira oldi. Yillar davomida u "criminal" ga aylandi. Hozirda unga muhim topshiriqlar berishardi, uning insonlarni yoʻq qilishi kasbiga aylanib qolgan. Unga buning uchun koʻp pul berishardi, u 4 yildan buyon mohir jinoyatchiga aylangan ediki uning toza jinoyatlaridan shubhalanishlariga yoʻl qoldirmas edi. Butun Korea u har qayerda paydo boʻlib, insonlarni oʻldirishi haqida koʻplab maʼlumot berdi. Insonlar esa koʻchada yurishga ham qoʻrqishardi.

Jeon Jungkook....28 yosh, 7 yildan buyon bosh politsiya lavozimida ishlagan.U juda koʻplab jinoyatchilarni ushlashga muvaffaq boʻlgan eng mashhur va professional Politsiyachilardan biri. U 2 yildan buyon Jina Kimni izlab qamoqqa tushirishga harakat qiladi. Ammo buni iloji bormikan deb baʼzida oʻylaydi. U kelishgan bir necha tattolari bor mushakli erkak, ayollarga hushi yoʻq boʻlishiga qaramay "Sexy" narsalarni yoqtiradi. U hozir ham Jinani izlash payida.

Seoul. Soat tungi 2:17.

*Yomg'ir shahar ko'chalarini yuvib tashlayotgandek tinmay yog'ardi. Kimsasiz xiyobonda qimmatbaho mashina to'xtadi. Mashinadan tushgan erkak atrofga xavotir bilan qaradi.*

— Men pulni berdim... Endi meni tinch qo'ying, — dedi u titroq ovozda.

Qorong'ulik ichidan qora kapyushon kiygan qiz chiqdi. Uning yuzini ko'rishning iloji yo'q edi.

Kech bo'ldi, — dedi Jina sovuq ohangda.

Erkak bir qadam ortga chekindi.

— Y-yo'q... Sen va'da berganding!

Jina kulimsiradi.

— Men hech qachon va'da bermayman.

Oʻq ovozi...Bir necha daqiqadan so'ng xiyobon yana jimjitlikka cho'mdi. Go'yo bu yerda hech kim bo'lmagandek edi.

Ertasi kuni.

*Politsiya bo'limi.*

— Yana bitta qurbon.

Xonadagi barcha politsiyachilar sukut saqlashdi. Stol ustida navbatdagi jinoyat joyining rasmlari yotardi.

Jeon Jungkook rasmlarga tikilgancha jag'ini qisdi.

Jungkook:Hech qanday iz yo'qmi?

Seungmin:Yo'q, janob. Avvalgidek. Kamera yozuvlari o'chirilgan. Guvohlar yo'q. Hech narsa qolmagan.

Jungkook chuqur xo'rsindi.Ikki yil.

Ikki yildan beri u aynan shu jinoyatchini qidirardi.

Jina Kim.

Koreyaning eng xavfli jinoyatchisi.

Ammo haligacha uning haqiqiy yuzini ham ko'rmagan edi.

Jungkook stol ustidagi suratni qo'liga oldi.

Jungkook:Bu safar seni topaman, Jina Kim.

Ayni paytda shaharning boshqa tarafida bir qiz qahvasidan bir ho'plam ichib, televizordagi yangiliklarni tomosha qilardi.

"Ehtiyot bo'ling. Jina Kim hali ham qo'lga olinmagan."
Bu qizning oʻzi Jina edi,u televizorga qarab kulib qo'ydi.
Jina: Qidirishda davom et, ofitser.Koʻramiz qancha ovora boʻlar ekansan.

U televizorda ko'rinayotgan Jungkookning suratiga tikildi.

Jina: Qachongacha chiday olarkin?

Jungkook mushtlarini tugdi.

Jungkook:Topaman seni...

*Xonadagi politsiyachilar bir-birlariga qarab qo'yishdi. Ular Jungkookning bu ishga qanchalik berilib ketganini yaxshi bilishardi.Ikki yil davomida Jina Kim uning eng katta muvaffaqiyatsizligi bo'lib qolayotgandi.Har safar u jinoyatchiga yaqinlashgandek tuyulardi.Har safar esa Jina undan bir necha qadam oldinda yurardi.
Jungkook monitor ekranidan ko'z uzmadi.*

Jungkook:Bu safar qochib qutula olmaysan
.
Ammo u bilmasdi.
Ayni shu daqiqada qidirayotgan jinoyatchi undan unchalik uzoq emas edi.Va eng yomoni...Jina politsiyaning har bir harakatidan xabardor edi.

Shu paytda.

Shahar markazidagi qimmat restoranda bir Jina bemalol ovqatlanib o'tirardi.
Televizorda yana uning haqida xabar ketayotgan edi.

Qiz sharbatidan bir ho'plam ichdi.

Jina:Juda zerikarlisan, ofitser.

Shu vaqt uning telefoniga yangi xabar keldi.Jina telefon ekraniga tikilib qoldi.

"Maqsad: Choi Minseok."
Xabarga biriktirilgan faylni ochdi.45 yosh.
Yirik biznesmen.
Ko'p dushmanlari bor.
Qo'riqchilarsiz deyarli yurmaydi.

*Jina kulib qo'ydi.*

Jina:Oson bo'ladi.

*U telefonni cho'ntagiga solib, restorandan chiqdi.*

Jungkook hali ham kamera yozuvlarini qayta-qayta ko'rayotgan edi.

Jungkook:To'xtat.

Ekran muzlatildi.
Jungkook tasvirdagi ayolga diqqat bilan qaradi.

Jungkook:Kattalashtir.

Texnik xodim buyruqni bajardi.Ammo yuz hali ham ko'rinmasdi.
Jungkook stolga musht tushirdi.

Jungkook:Jin ursin!

Seungmin:Janob, ehtimol bu Jina emasdir.

Jungkook:Yo'q.

Jungkook boshini chayqadi.

Jungkook :Bu u. Uni avval koʻrmagan boʻlsam ham yuragim aytib turibdi.

Seungmin:Qanday ishonchingiz komil?

Jungkook:Chunki u bizni masxara qilyapti.
Xonadagi hamma jim qoldi.*

Kechasi.Choi Minseokning hashamatli villasi.Qo'riqchilar darvoza oldida navbatchilik qilishardi.
Ular bilishmasdi.

Tom ustida allaqachon bir mehmon borligini.
Jina qorong'ulik ichida jim o'tirardi.Uning ko'zlari villaning derazalarini kuzatardi.

Jina:Juda ko'p xavfsizlik...

U kulimsiradi.

Jina:Ammo yetarli emas.

Shu payt telefon jiringladi.Noma'lum raqam.Jina qoshlari chimirilib qo'ng'iroqni qabul qildi.

Jina:Kim?

Jungkook: Nihoyat ovozingni eshitdim.

Jina darhol qotib qoldi.
Erkakning ovozi sokin, ammo ishonchli edi.

Jungkook: O'ylashimcha, seni topishga yaqinman.
Jinaning ko'zlari toraydi.

Jina:Kimsan?

Qarshi tomondan qisqa kulgi eshitildi.

Jk: Jeon Jungkook.

Bir necha soniya sukut cho'kdi.Jina asta o'rnidan turdi.

Jina:Demak, mashhur politsiyachi.

Jungkook :Demak, mashhur jinoyatchi.

Ikkalasi ham bir necha soniya jim qolishdi.
Go'yo bir-birlarini ko'rib turgandek.

Jina: Meni ushlay olmaysan, ofitser.

Jungkook: Buni vaqt ko'rsatadi.

Jina qo'ng'iroqni uzdi.
Ammo negadir yuragi tez urayotganini sezdi.
Bu qo'rquv emas edi.
Bu qiziqish edi.
Birinchi marta kimdir unga shunchalik yaqinlashgandi.
Va birinchi marta Jungkook ham ichida g'alati hissiyot paydo bo'lganini sezdi.
Bu oddiy jinoyat ishi bo'lib qolmayotgandi.

Jina: Agar unga oʻzimni koʻrastasamchi? Menga u qiziq tuyilyabdi.

Jina telefonni cho'ntagiga solib, villaga yana bir marta qaradi.
Lekin xayoli allaqachon boshqa joyda edi.
Jungkook.
Ikki yildan beri uni qidirayotgan odam.
Boshqalar kabi qo'rqmagan yagona odam.
Jina labining chetida kulgi paydo bo'ldi.

Jina: Agar unga o'zimni ko'rsatsamchi? Menga u qiziq tuyulyapti..Mayli Choi Minseok yana bir kun yashasin, uni jonini ertaga olaman chunki undan ham qiziqroq odamni topdil chogʻi.

*U tomdan sakrab tushdi va qorong'ulik orasida g'oyib bo'ldi.*

Politsiya bo'limi.Jungkook stolida o'tirib, Jina bilan bo'lgan qo'ng'iroq haqida o'ylardi.
Shu payt telefoniga yangi xabar keldi.
Noma'lum raqam.
Jungkook darhol xabarni ochdi.
Unda faqat bitta surat bor edi.Suratdagi qiz kameraga orqa tomoni bilan turardi.Qora kiyim.
Uzun sochlar.Va suratning pastki qismida bitta jumla yozilgan edi:

"Meni topishga yaqinmisan?"

Jungkookning ko'zlari toraydi.Ammo keyingi soniyada uning nafasi ichiga tushib ketdi.
Suratning oynadagi aksida qizning yuzining bir qismi ko'rinib turardi.
Jina ataylab o'zidan iz qoldirgandi.Jungkook darhol o'rnidan turdi.

Jungkook:Nihoyat...

Ammo suratni kattalashtirganida yana bir narsani payqadi.
Qizning ortidagi oynada boshqa bir odamning soyasi ham aks etgandi.

Jungkook:Bu kim edi?
Jinaning sherigimiYoki...
Uni kuzatayotgan boshqa birovmi?

Jungkook javob topishga ulgurmasidan telefon ekranida yangi xabar paydo bo'ldi.

"Meni emas, avval uni top."

Davomi bor...