Today

....

New fanfic Intro...

"Bibiʼs Boyfriend..."

Asosiy qahramonlar

Lim Louis (24 yosh)

Yirik kompaniya CEOsining yagona o'g'li. Sovuqqon, mag'rur va o'ziga haddan tashqari ishongan. Pul bilan hamma narsani sotib olish mumkin deb o'ylaydi. U rad javobini eshitishga odatlanmagan va istagan narsasiga erishmaguncha to'xtamaydi.

Bibi Kang (22 yosh)

Boy oilaning yolg'iz qizi. Go'zal, o'ziga bino qo'ygan, tannoz va juda o'tkir xarakterga ega. Hech kimning oldida bosh egmaydi. Uni pul bilan yoki maqom bilan ta'sirlantirishning iloji yo'q.

Toshkent tungi chiroqlar ostida yanada go'zal ko'rinardi.
Shaharning eng mashhur klublaridan birida tug'ilgan kun bazmi endigina yakunlangan edi. Qahqahalar, musiqa va shovqin ortda qolgan, mehmonlar asta-sekin tarqala boshlashgandi.
Club eshigi ochildi.
Ichkaridan Bibi chiqdi.
U olovrang, yelkasi ochiq libos kiygan, baland poshnali tuflisi bilan yo'lak bo'ylab ishonch bilan yurardi. Har bir qadami atrofdagilarning e'tiborini tortardi.
Bibi telefoniga qarab qo'ydi.

Bibi:Haydovchi qayerda qoldi o'zi...

Shu payt orqasidan motor ovozi eshitildi.
Qora rangli hashamatli mashina uning yoniga kelib sekin to'xtadi.
Qoraytirilgan oyna asta pastga tushdi.
Mashina ichida o'tirgan yigitning nigohi Bibidan uzilmadi.

Bu — Lim Louis edi.

Uning labida odatdagi kinoyali tabassum paydo bo'ldi. Uning koʻzlarida Bibining jozibasiga nisbatan olovli chaqnash paydo boʻldi...Qiziqish...

Louis: Narxing qancha?

Bu gapni eshitgan Bibi qotib qoldi.Bir necha soniya davomida ular bir-biriga tikilib turishdi.
Keyin Bibi sekin mashinaga yaqinlashdi.
Louis kulimsirab, javob kutardi.Ammo keyingi soniyada...
Shap!Bibi uning yuziga qattiq tarsaki tushirdi.

Bibi: Meni kim deb o'yladingiz o'zi?

Louisning tabassumi bir zumda yo'qoldi.Hayotida birinchi marta kimdir unga qo'l ko'targandi.
Va u hali bu qiz uning butun hayotini ostin-ustun qilishini bilmasdi...