...
Jungkook qog'ozni qo'lida mahkam ushlab turardi.
"Han River. 11:30 PM. Yolg'iz kel."
Ammo uning nigohi qog'ozning orqa tomonidagi belgidan uzilmayotgandi.
Jk:Bu... bo'lishi mumkin emas...
Ikki yil oldin aynan shu belgi tushirilgan jinoyat ishini u shaxsan yopgandi.Asosiy gumondor o'lgan deb topilgan edi.Lekin...
Agar u tirik bo'lsa-chi?
Jungkook chuqur nafas oldi.
Jk: Demak, bu ish Jina bilan boshlanmagan...
Ertasi kuni,Politsiya bo'limi.
Seungmin :Janob, yolg'iz borishingiz mumkin emas, Bu tuzoq!
Seungmin: Unda nega baribir bormoqchisiz?
Jk:Chunki bu safar u meni chaqirmadi.
Hamma hayron bo'lib unga qaradi.
Jk:U menga nimanidir ko'rsatmoqchi.
Kechasi.Jungkook Han Riverga ham yetib bordi.
Shamol daryo bo'ylab esardi. Atrof deyarli bo'm-bo'sh edi.
Jungkook qora palto kiygancha soatiga qaradi.11:29.
Birdan orqasidan tanish ovoz eshitildi.
Jina:Vaqtida kelishni bilarkan ekansan.
Jina ko'prik panjarasiga suyanib turardi.Bugun ham qora kiyimda edi.
Shamol uning sochlarini yengil hilpiratardi,Jungkook unga yaqinlashdi.
Jk: Bunga ishonishimni kutyapsanmi?
Bir necha soniya ikkalasi ham jim turishdi.
Jungkook birdan cho'ntagidan qog'ozni chiqardi.
Jk: Bu belgini qayerdan olding?
Jinaning tabassumi sekin yo'qoldi.
Jina:Demak, sen ham tanirding.
Jk: Javob ber.
Jina:Meni ham kimdir ovlayapti.
Jungkookning qoshlari chimirildi.
Jina:Men o'ldirgan odamlar ro'yxatida u yo'q.
Jk:Kim u?
Jina:Hozircha ayta olmayman.
O'q ovozi tun sukunatini yorib yubordi.O'q Jungkookning qulog'i yonidan vizillab o'tdi.
U Jungkookni ushlab yerga tortdi.
Ketma-ket yana bir nechta o'q uzildi.Ko'prik ustida vahima boshlandi.
Jungkook qurolini chiqarishga ulgurganida, qarama-qarshi tomdagi binoning tomida qora niqobli mergan ko'rindi.
Mergan yana nishonga oldi.Bu safar...Jina.
Jungkook bir soniya ham o'ylamadi.U Jinaning oldiga o'tib, uni chetga tortdi.O'q temir panjaraga tegib uchqun chiqardi.Jina hayrat bilan Jungkookga qaradi.
Jina:Meni... qutqardingmi?
Jk:Men jinoyatchi bo'lsang ham, ko'zim oldida o'lishingga yo'l qo'ymayman.
Jina sekin kulimsiradi.
Jina:Sen haqiqatan ham g'alati politsiyachisan...
Ammo shu payt Jungkookning telefoni jiringladi, bu Noma'lum raqam.U qo'ng'iroqni yoqdi.Telefonning narigi tomonida ovoz buzib chiqarilgan edi.
:Jina Kimni himoya qilganing bilan o'yin tugamaydi.
Jk:Nima demoqchisan?
Jungkook Jina tomonga qaradi.Jina esa birdan oqarib ketgandi.Go'yo bu ovozni tanigandek.
: Keyingi safar tanlashga majbur bo'lasan, ofitser.
Jinoyatchini qutqarasanmi...yoki ukangni.
Qo'ng'iroq uzildi.Jungkookning qo'lidan telefon sirg'alib tushay dedi.
U bunday gapni hech kim bilmasligi kerak edi.Faqat...Juda ozchilik.
Jina esa bir qadam ortga chekindi.
Jina: U qaytibdi...
Jk: Sen uni taniysanmi?
Jina javob bermadi.Faqat qorong'ulik tomon tikilib turdi.Go'yo eng qo'rqqan odami yana qaytgandek.
Shamol tobora kuchayib borardi.Jungkookning nigohi Jinaning yuzidan uzilmasdi.
Jk:"U qaytibdi" deganing nimani anglatadi?
Jina indamadi.Uning nigohi qorong‘ulikda qotib qolgan edi.
Bu Jungkook birinchi marta ko‘rayotgan Jina emasdi.Doim sovuqqon bo‘lib yuradigan qizning ko‘zlarida bir lahzaga qo‘rquv paydo bo‘lgandi.
Jungkook bir qadam yaqinlashdi.
Jina:Men aytsam ham ishonmaysan.
Jk: Sinab ko‘r.
Jina: To‘rt yil oldin meni bir odam topgan. U menga pul, hujjatlar va yashirin joy bergan.
Jk: Demak, sen yolg‘iz ishlamagansan?
Jina:Yo‘q.
Jk: U kim edi?
Jina javob berishga ulgurmay...
Yana bir o‘q ovozi yangradi.Ammo Bu safar o‘q Jinaning yelkasini shilib o‘tdi.
Jina muvozanatini yo‘qotdi.Jungkook uni ushlab qoldi.
Jina og‘riqdan ko‘zlarini yumdi.
Jina: Ha, ogʻriq bor deyishga arzimaydi.
Jungkook darhol ratsiyasini oldi.
Jk:Tez yordam! Han River ko‘prigi! Zudlik bilan!
Ammo javob kelmadi.Faqat shovqin.
Jungkook telefoniga qaradi.Signal yo‘q.
Jina:Hammasini oldindan rejalashtiribdi.
Oradan besh daqiqa o‘tgach...Ular ko‘prik ostidagi eski omborga yashirinishdi.Jungkook sumkasidan birinchi yordam qutisini oldi.
Jk:Qimirlama.
Jina:Men yaxshiman.
Jk: Jim bo‘l.
Jina: Menga buyruq berishni yoqtirasanmi?
Jk: Sen bemorsan.
Jina:Men jinoyatchiman.
Jk:Hozir esa yaralangansan.
Jungkook ehtiyotkorlik bilan uning yelkasidagi yarani bog‘ladi.Jina og‘riqni bildirmaslikka harakat qilardi.Lekin Jungkook uning qo‘llari titrayotganini sezdi.
Jina indamay qoldi.Bog‘lash tugagach, u bir necha soniya Jungkookga tikilib turdi.
Jungkook ham unga tikildi.Ularning koʻzlari toʻqnashar ekan, ular orasida Politsiyachi va Jinoyatchilikdan boshqa nimadir borligi sezilardi.
Jk: Chunki sen hali barcha savollarimga javob bermading.
Jina kulib yubordi.
Jina:Faqat shuning uchunmi?
Ombor tashqarisida oyoq tovushlari eshitildi.
Tap... Tap... Tap...
Kimdir sekin yurib kelardi.Jungkook qurolini chiqarib, eshik tomonga qaratdi.Eshik asta ochildi.Ichkariga qora palto kiygan bir erkak kirdi.Yuzida qora niqob.
U qo‘lini cho‘ntagiga soldi.Jungkook qurolini mahkam ushladi.
Jungwoon: Nihoyat uchrashdik. Jeon Jungkook.Demak sen xavfli Criminalimizni qiziqtiribsanda Handsome policeman?
Erkak sekin niqobini yechdi.
Jina uni ko‘rishi bilan nafasi ichiga tushdi.
Erkakning labida sovuq tabassum paydo bo‘ldi.
Jungwoon:Salom, Jina.
Meni shunchalik tez unutdingmi?
Jungkook ikkisiga navbat bilan qaradi.
Jk: Siz... bir-biringizni taniysizlarmi?
Jungwoon:Albatta.
Jina:Axir...
U Jinaning yuziga qarab kuldi.
Jungwoon: Uni "Criminal"ga aylantirgan odam menman.
Jinaning mushtlari titray boshladi.Ko‘zlarida nafrat alangasi yonardi.
Jina:Men seni o‘ldirgan edim...
Jungwoon :Afsuski...Men hali tirikman.