July 17, 2023

VISA KARTA NIMAGA KERAK!

Visa karta kerakmi? Qanday ochish kerakligi haqida ko’rsatmalar 💳

04.07 2023. Muallif: 👩🏻‍💻 @Madina_Kuratir
• Viza karta nima uchun kerak?
Viza bu xalqaro karta bo'lib, u yordamida siz chet el magazinlaridan online xaridlar qilishingiz mumkin yoki chet el sayohatlariga chiqqaningizda foydalanishingiz mumkin. Biz xarid qiladigan programmalarga ham aynan visa karta orqali to’lov qilamiz, so’m kartalari orqali pul o’tkazib bo’lmaydi(Uzcard/Humo).
• Viza karta qanday ochiladi?
Judayam oson! Siz bankka borib, karta ochtirish haqida ariza tashlaysiz va, odatda, 3 ish kunida kartangiz tayyor bo'ladi. Yoki qaysi bank orqali Visa karta ochtirmoqchi bo’lsangiz, PlayMarket yoki AppStoredan o’sha bankning ilovasini yuklab olasiz va online virtual visa karta ochishga qilasiz. Virtual visa karta sizning qo’lingizda turmaydi, shu programma ichida bo’ladi, xolos.
Man o’zim Kapitalbank Uzcard/Humo so’m kartalari va Visa Classic kartalarini ishlataman. Iloji bo’lsa, shu bankdan ochtirishingizni maslahat beraman, bo’lmasa, o’zingizga yaqin bo’lgan boshqa banklarni ham bemalol ko’ravering.
Karta ochtirish narxi bankka qarab 30-40-50ming atrofida bo'ladi;
Viza kartalarda depozit bor. Ya'ni bu kuymaydigan va kartangizda doimiy ravishda turadigan pul. Depozit miqdori 5$-10$ atrofida bo'ladi. Buni siz, kartangizni boshqa ishlatmaslikka qaror qilib, bankka qaytarib berganingizda, olishingiz mumkin.
Agar, bankga borib xalqaro plastik karta ochmoqchi bo’lsangiz, bank hodimi sizga, Visa kartasining turini tanlashni taklif qiladi. Kartalarning turiga qarab, ulardan foydalanish tartibi va funksiyasi ham o’zgaradi.
• Viza Gold
Viza Electron - har qanday operatsiya karta ma’lumotlarni elektron tekshirish, uning amal qilish muddati va karta hisob mablag’i yetarliligi tasdiqlangandan keyin amalga oshiriladi. Shuning uchun ham Visa Electron eng xavfsiz va eng mashhur karta hisoblanadi.
Viza Gold– ushbu karta egalariga, Visa Electron va Visa Classic egalariga qaraganda yuqori darajada xizmat ko’rsatiladi. Ko’pgina do’konlar va restoranlar Visa Gold egalari uchun muayyan imtiyozlarni ham taklif qilishadi.
E’tibor bering, imkoniyat qancha kengaysa, narxi ham qimmatlashib boraveradi kartalarning, arzonrog’ini olganingiz yaxshiroq. Masalan, o’zim Kapitalbank Visa Classic ishlataman. Va maummo bo’lmagan hech qanday.
Bilamizki, barcha tijorat banklari bugungi kunda o‘zining Visa va Mastercard plastik kartalarini mijozlarga taqdim etib kelmoqda. Biroq, plastik karta ochish jarayonida mijozlarni qiynaydigan savol: qaysi plastik kartani tanlash qulay? Visa yoki Mastercard, bu kartalarning farqi nimada?
Albatta, ikkala kartada ham operatsiya tezligi yuqori va xavfsizlik darajasi bir xil hisoblanadi. Asosiy farqi Visa kartasida asosiy valyuta AQSH dollari hisoblanadi, Mastercard esa qabul qiluvchi mamlakatga qarab ham AQSH dollari, hamda yevroda to‘lash imkonini yaratgan.
Osiyo davlatlarida Visa kartasi bilan to‘lovni amalga oshirish qulay, chunki Xitoy, Yaponiya, Tailand, Vetnam, Polineziya uchun kross-valyuta dollar bo‘lib, Mastercard orqali foydalanishdan ko‘ra, Visa kartasi bilan konvertatsiya qilinsa yo‘qotishlar kamroq bo‘ladi.