September 6, 2025

๐Ÿ–คFarewell๐Ÿ–ค

10_qism

Avtor pov~

- Yigit tinimsiz Yisuni atrofida aylanib unga savollar berar ekan, ularning orqada kuzatib o'tirgan Jungkookning sabr kosasi to'lib boryotgan edi

-Yisu, menga yordaming kerak) yisu boshini ko'tardi, biroq yana egib qog'ozga bir nimalar deb yoza boshladi.

-Qanday qizligimni bilasan, nega sabrimni sinayabsan?) Mihyok uning gaplarini o'qidi hamda yelka qisib qo'ydi.

-Bilaman, faqatgina menga bittagina kitob kerak, umuman topolamayabman) Mihyokning gapidan so'ng Yisu unga savol nigohi bilan qarar ekan, Mihyok telefonini olib o'sha kitobning rasmini qidira boshladi.

-Mana) Yisu rasmni ko'rib kulib yubordi. U bu kitobni o'qib chiqqan, faqat nomini biroz kulgili deb hisoblaydi.

-Buni nimasi kulgili?
"Shunchaki nomi kulgili" Mihyok uning gapini o'qib u ham kulib yubordi.
"Mayli, ertaga olib kelaman, faqat qaytarish sharti bilan") Mihyok uning gaplarini o'qib "Hop" degandek bosh chayqadi va qo'lini siqib qo'ydi. Bundan biroz hijolat chekib, qo'lini olishga harakat qilar ekan, Mihyok uni qo'yib yubormasdi, faqatgina unga tikilib qolgandi. Buning barchasidan fig'oni falakka chiqqan Jungkook dast o'rnidan turib ularning oldiga bordi. U kelib Mihyok mush tushirar ekan, sinfda qiy-chuv boshlanib ketdi.

-Zinxor, zinxor uning qo'lini ushlay ko'rma!) Jungkook unga jahl qilib gapirarkan, allaqachon Taehyung kelib do'stini ushlab turardi. U Yisu tomonga o'girilib Yisuning qo'lidan ushlab olib chiqib ketdi. Bularni ko'rgan Suli Yisuning ortidan bormoqchi bo'lganda Taehyung to'xtatdi.

-Menimcha, ular gaplashib olishi kerak) Suli Taehyungning gaplaridan indamay joyiga o'tirdi.

-Men shunchaki ulardan biriga zarar yetishidan qo'rqqandim) Suli

Mihyok

Junkook Yisuni tomga olib kelgan edi. U Yisuning qo'lini qo'yib yubordi va chuqur tin oldi.

-Nima sen sabrimni sinayabsanmi?) Jungkook u tomonga qarab birinchi bergan savoli shu bo'ldi.

"Nega sinayman?") Yisu imo-ishora bilan gapirardi.

-Sabrimni sinama Yisu!)

-"Tushuntiribroq gapir, iltimos")Yisu

-Ko'rmayabsanmi, sezmayabsanmi???

-"Jeon Jungkook ilmoqli gaplarsiz gapirsang, balki tushunardim" )yisu

-Hahh, ilmoqli gap shunaqami? Boyagi yigit bilan kulish yoqib tushgandir )Jungkook

-"Uni senga nima dahli bor?") Yisu

-Dahli bor! Sening har bir qilgan ishga dahlim bor!) Jungkook

-Tushunayabsan, shunaqami? )Jungkook

-"Sen aqldan ozibsan") yisu

-Ha, aqldan ozdim. Seni deb aqldan ozdim! )Jungkook

-Haliyam tushunmayabsanmi? MEN SENI SEVAMAN! Eshitdingmi, sevaman!) JUNGKOOK

-"Nimalar deyabsan?") yisuning bu gapidan Jungkook sergak tortdi. Keyin esa hovuridan tushib, hayajon ila Yisuga qaradi

-Bunday ko'rinishda aytmoqchi emas edim. ihm ihm... Yisu menga bir imkon berasanmi? Ont ichaman, seni baxtli qilaman!) Jungkook intiqlik bilan javobni kutar ekan, Yisu jilmayib qo'ydi. Uning jilmayganini ko'rgan Jungkookning yuzi yorishib ketdi. Ammo Yisu jiddiy tusga kirib oldi.

-"Seni sevadi deb o'ylaysanmi?") Yisuning gaplaridan Jungkook hayron ifoda bilan unga qarardi

-Aybim nima?

-Sen mafiasan. Hamda onasining qo'g'irchog'i! Men unday insonlarni sevolmayman, afsusdaman!) Yisu ortga o'girilib indamay ketar ekan, Jungkook hali ham karaxt holda edi.
Yisu eshikni yopar ekan, yerga cho'kkalab o'tirib oldi. U ovoz chiqarmay yig'lardi. Ko'z yoshlarini qanchalik tez artmasin, ular to'xtashidan darak yo'q edi. Aslida bu ko'z yoshlar shunaqa. Keraksiz vaqtda seni yo'qlaydi. Men ularni yomon ko'raman. Chunki ular doimo meni sotib qo'ygan...

Yisu

Yisu xonaga kirib kelib, hech kimga qaramay narsalarini yig'ishtira boshladi. Suli uning ahvolini ko'rib uning oldiga yugurdi, ammo, ulgurmadi. U ortidan borolmadi, negadir oyoqlari bo'ysunmadi. U ortga qaytar ekan, Yisuning tushib qolgan kundaligini topib oldi.

Suli

Junkook tomda ancha vaqt qoldi. U shunchaki qoldi. Quyosh asta yashirina boshladi, xuddi bu dunyodagi barchani isitishdan charchagandek. Ammo u bunga majbur. U xohlamasada u ertangi kun yana hammaga kulib boqadi...

Junkook nimalarni o'yladi, bu faqat o'ziga ayon. Uning osmonlari qulagani esa barchaga ayon. U jim bo'ldi. U gapira olmadi. "Men majbur edim, men yosh edim" deyolmadi. To'g'rida, uni kim ham eshitsin, har holda u shunday o'ylaydi. U tomda cho'kkalab o'tirdi va osmonni kuzata boshladi.

Uning miyasiga yoshligidan yigit kishi yig'lamaydi deb uqtirishgan. Ammo unday emas. Yigit kishi ham yig'laydi. Unda ham ko'ngil bor. U ham birovga muhtoj bo'ladi...

Xuddi Jungkookdek. Jungkook ham muhtoj bo'ldi. Sevgiga, ishonchga, mehrga muhtoj bo'ldi. Hamda o'zi kutmagan holda sevib qoldi. Sevgi hech kimdan so'rab kelmasligiga ayon bo'ldi...

Seulning ko'chalari allaqachon qorong'ulashgan. Faqatgina ularni chiroqlar yordamida biroz yoritib turibdi. Jungkook hali ham o'sha tomda. Uning yoniga Taehyung kelib o'tirdi. Buni sezgan Jungkook unga qaramadi ham. U biroz jim turdi-da, gap boshladi.

-Yoshligimda, bir kuchugim bo'lardi. Uni juda yaxshi ko'rardim, chunki uni menga xolam, ya'ni Sulining oyisi sovg'a qilgandi. Xolam va men unga juda yaxshi qarar edik. Men uni oppoq, kichik, momiqqina bo'lgani uchun mushuklarga o'xshatib "Kitty" deb chaqirardim. U bilan har kuni o'ynar edik. U mening yagona do'stim edi. Chunki Suli Seulda edi. 10 yoshimda to'satdan xolamni mashina urib ketdi va vafot etdi. Men ham Seulga qaytdim. Kittyni ham olib keldim. Oyim uni yoqtirmadi. Shuning uchun uni ko'chaga uloqtirdi. Men uni harqancha olib qolishga urinsam ham foydasi bo'lmadi. Oyim meni ilk do'stimdan ayirdi. Endi esa ilk sevgimdan....) Jungkook shunday deya, ko'zidan chiqishga harakat qilayotgan ko'z yoshlarini qo'lini orqasi bilan sidirib tashlar ekan, Taehyung asta uni orqasiga urib qo'ydi.

Taehyung and jungkook

Yisu pov~

Menimcha bugun hayotim tugadi. Uni o'zim yo'q qildim. Ammo men bunga majburman. Chunki u mendek ojizaga loyiq emas. Aslida men sevgiga loyiq emasman... Bugungi gaplarim esa bu doimo Suli menga aytib bergan hikoyalardan chiqargan xulosam. Agar men gapira olganimda, unga baralla "Men ham seni sevaman, Jeon Jungkook!" derdim, ammo, bu shunchaki xom-hayol. Men unga loyiq emasman...

Yisu

Bizning qahramonlar uchun bugungi kun ancha og'ir bo'ldi. Nihoyat bu kun tugab tong otdi. Barcha yana maktabga keldi, faqat bir insondan tashqari.

-Suli, Yisu bugun kelmadimi?) Taehyung Sulining yoniga kelib savol berarkan, u boshini ham ko'tarmasdan, "Yo'q" dedi. Taehyung bunday munosabatdan hayron qolib Sulini o'ziga qaratar ekan, uning ko'zlari qizargandi.

-Sen yig'ladingmi?

-Yuq, ko'zim qizarib ketdi. Bilasan men yig'lamayman.

-Nima bo'ldi?

-Yisu...

-U Busanga ketyabdi ekan, buvisining yoniga) Sulining bu gaplarini eshitgan Taehyungga qo'shilib Jungkook ham unga yalt etib qaradi.

-Hamda, men kecha uning kundaligini topib oldim. Unda esa shular bor ekan) Suli o'zi belgilab qo'ygan sahifasini Taehyungga emas Jungkookka ko'rsatar ekan, Jungkookning ko'zlari kattalashib ketgandi.

Sahifada Jungkookning rasmi va uning tagida "Mening yetisha olmaydigan, armon sevgim" deb yozilib qo'ygandi.
Jungkook bu so'zlarni o'qib, o'rnidan qanday turganini sezmay qoldi.

-Poyezd qachon jo'naydi?

-Yarim soatdan keyin) Sulining javobidan so'ng hech narsaga qaramay Jungkook yugurib chiqib ketdi, uning ortidan Suli va Taehyung ham.

Jungkook

~Jeon xonim, barchasi siz taxmin qilgandek bo'ldi.

-Yaxshi, unda men aytgandek qiling.

~Eshitaman

~....

~....Yaxshi, qachon borishim kerak.

~....

~Hop hozir yetib boraman.

10-qism tugadi