September 23, 2025

🖤Farewell🖤

14-qism❤️‍🔥

Flashback*

-Xonim, hozir qochishingiz kerak! Kimdir rejani buzdi, men buni aniqlayman. Siz esa hozir bexavotir joyga berkining!) Yordamchining gapini eshitgan yosh Jeon xonim asabiy narsalarini oldi va tezlikda ofisini tark etdi. U shundogam katta tezlikda ketar ekan, uning ortidan tushgan odamlar bu tezlikni yanada oshirtirdi. U katta tezlikda ketar ekan, yo'lidagi Sunxoni ko'rmadi va uni urib yubordi. Avtohalokat sodir bo'lganini ko'rgan Jeon xonimning ortidan tushgan odamlar bu yerni tezda tark etdi. Jeon xonim mashinadan tushib yerda yotgan insonga qaradi va baqirib yig'lab yubordi.
Jeon xonim va Chan Sunxo. Bular yosh oila vaqtida ajrashishgan. Negaki Jeon xonim mafia ekanligini o'z turmush o'rtog'idan yashirdi. Haqiqatdan xabardor bo'lgan Sunxo bunga ko'nikolmay ularni tashlab ketdi. O'sha vaqtlarda Jungkookga endigina homilador bo'lgan Jeon xonim o'g'lini undan yashirdi. O'zi esa turmush o'rtog'idan so'ng qahrli, odamovi, qatiyatli ayolga aylandi. Jungkookga esa haqiqatni aytishdan qo'rqdi: O'z onasi otasini o'ldirganini bilishini xohlamadi...) Jeon xonim shularni o'ylab o'tirar ekan, ko'zlari allaqachon qizargan edi. Zero o'g'li bilishi kerak bo'lmagan haqiqatni bilib qoldi...

Jeon Xonim

-Topdim!) Mashinada ketayotgan Taehyung Yisu va Suli Jungkookni qayerdan qidirishni bilmayotgan vaqtda ularni Sulining ovozi qo'rqitib yubordi.

-Nega baqirasan?) Taehyung to'xtatgan mashinasini yana yurgizar ekan, Suliga o'qrayib qaradi. Yisu esa o'rindiqqa boshini urib olgani uchun peshonasini uqalab o'tirar edi.

-Jungkookni topdim!) Suli

-Qayerda?) Taehyung

-Xan daryosidagi ko'prikka hayda) Suli o'zidan mamnun bo'lib gapirdi. Bunga nisbatan Taehyung va Yisu kulib qo'ydi.

Suli

Jungkook ko'prik panjalariga suyanib o'tirar ekan, 5-sojuni tugatayotgan edi. U ko'zlarini yumib osmonga qarab yotar edi. Ammo uning tinchligini telefon ovozi buzdi. U qo'ng'iroq kimdan ekanligini tekshirish uchun telefoniga qarar ekan, "Oyim" degan yozuvni ko'rib ,o'ylab o'tirmasdan telefonni daryoga otib yubordi. U yana sojuni ichmoqchi bo'lganda, uni to'xtatgan qo'llar tufayli Jungkookning qo'li havoda muallaq qoldi...

Jungkook

Suli va Yisu shoshib ketar ekan, Sulini Taehyung qo'lidan ushlab to'xtatdi.

-Nima deysan?) Suli

-Bu yog'iga o'zi borgani maqul!) Taehyung Yisuga imlab gapirdi. Buni ko'rib Suli ham uning ortidan qarab qoldi. Yisu ularga e'tibor bermay Jungkookning yoniga tez tez yurib borar ekan, biroq qarshisidagi manzarani ko'rib yurayotgan yo'lidan to'xtab qoldi...

Taehyung

-Jin ursin! Nega telefonga javob bermaydi, bu bola!) Jeon xonim asabiy baqirib sochlarini changalladi. Hozir ortidan odam ham yuboralmasligini bilib undan battar asabi buzilar edi.

-Xonim, bezovta qilganim uchun uzr. Ammo muammo chiqib qoldi) Xonaga yugurib kelgan yordamchisi ko'rgan Jeon xonim tezda asliga qaytdi va unga tik qaradi.

-Yana nima bo'ldi?) Jeon xonim

-Kelayotgan yuklarimiz.....Ularga hujum qilishibdi) Yordamchi boshini egib gapirar ekan, Jeon xonim qanday o'rnidan turib ketganini sezmay qoldi...

Dengiz Qarshisida Jungkook o'zga qiz bilan quchoqlashib o'tirar ekan, Yisu joyida tosh qotdi. Uning miyasiga "Shu paytgacha u menga achingani uchun g'amxo'rlik qilgan" degan fikr aylana boshladi. Uning ko'zlari o'zi istamasada namlandi. Biroq u ko'z yoshlarini tezda artdi-da, yuziga kulguni siqib chiqarib ularga qarab yura boshladi.

Yisu kelayotganini ko'rgan Jungkook quchog'idagi qizni tezda ortga surar ekan, Yisuning ularga qarab jilmayib kelishini ko'rib ko'zlari qo'rquvdan alanglay boshladi...

-Salom) Barchadan oldin qiz Yisuga salom berar ekan, qizni ko'rgan Yisu ichida "Jaewon" deya oldi, xolos....

Yisu

14-qism tugadi!!!

Fikrlar kutaman💋