🖤Farewell🖤
-Men bir gapni takrorlashni yomon ko'raman. Lekin sen mening yomon ko'rgan ishimni qilishga majbur qilyabsan. Uni kuzatishni senga kim buyurdi?
-Janob, ketishimiz kerak. Yaqinda bu yerga siz o'ldirgan insonning odamlari keladi.
-Hozir ketamiz. Menga qara itvachcha! Agar yana uni kuzatganlaringni eshitib qolsam, sizlarni ham boshlig'ingiz singari yakun kutmoqda!) Jungkook shunday deb ortga o'girilib ketarkan, yordamchisiga qarab "Har doimgi ishni qiling" deya chiqib ketdi.
Sening ajaling keldi, Jeon Jungkook!) To'da boshi qurolini Jungkookka o'qtaldi. Atrof qiy-chuv baqiriqlarga to'la, hamma o'zini tashqariga uryabdi. To'da boshi hech kimga e'tibor bermay Jungkookka qurolini o'qtalib turar ekan, boshlovchi allaqachon qochgan bo'lsa-da, Yisu qo'rquvdan hatto joyidan ham turolmasdi. U aslida juda qo'rqoq. U juda qo'rqsa, hatto nafas olishga ham qiynaladi. Hozir esa u ko'zlarini yumib olib, chuqur-chuqur nafas olishga urinyabdi. To'da boshi Jungkookka o'qni uzar ekan, kimdir uning qo'lini tepaga ko'tarib yubordi va o'q borib qandilga tegdi.
Yisu ko'zlarini ochdi va o'zini issiq quchoq ichida ekanligini sezdi.
-Ulgurdim) Jungkook shu so'zni aytib, chuqur tin oldi. Biroz bo'lsa-da, o'ziga kelgan Yisu, Jungkookni o'zidan itarib yuborar ekan, Jungkook yerga yanada qattiqroq yotdi.
-Aishshshsh, bu nima qilganing? Seni hayotingni asrab qolganingga rahmating shumi?) Jungkook o'rnidan turib, Yisuga qarar ekan, Yisu hali ham shokda edi.
Qandil Yisuning to'g'risida bo'lgani uchun Jungkook uni epchillik bilan qandil tagidan oldi. Biroz tinchib qolganini sezgan Yisu ko'zlarini ochar ekan, o'zini issiq quchoqda sezdi.
-Shunday turaverasizmi?) Ikkisi ham ovoz kelgan tomonga qaradi-da, ko'zlari hayratdan kattalashdi.
-Sen qayerdan bilding?) Jungkook Taehyungga savol berar ekan, Taehyung zalga kirib kelgan Sulini ko'rsatdi.
-Ulgurdikmi? Yisu yaxshimisan? Jungkook senchi?
-Meni otam chaqirmagan ekan. Va sezdimki, bu birovning o'yini. Eng qizig'i unda ovozlar yozib olingan. Chunki menga otam qo'ng'iroq qildi.) Suli yura turib gapirardi. Shunda Taehyung o'ylanib qoldi, biroq, tezda o'ziga kelib Jungkookka qaradi.
-Ha, albatta, Yisu sen ham borasanmi?) Jungkook Yisuga savol berib, unga qaradi. Yisu bir qadam tashladi-da, yerga yiqildi.
Barcha doktor chiqishini kutib turibdi. Taehyung va Suli shu yerdagi stulga o'tirgan, Jungkook esa hatto joyida ham turolmayabdi. Shifokor xonadan chiqib kelar ekan, barchasi uning oldiga otildi.
-Doktor, unga nima bo'ldi? Ahvoli qanday?) Suli endi og'iz ochyotgan vaqtda, Jungkook undan oldin ulgurdi.
-Hozirda ahvoli yaxshi. U juda qo'rqib ketgan, shuning uchun hushidan ketgan. Hozir dam olyabdi. Bugun bizning nazoratimiz ostida bo'ladi. Ertaga olib ketishingiz mumkin.)
Doktor shu so'zlarni aytib ularni tark etdi.
-Taehyung, Jungkook, sizlar ketavering, men shu yerda qolaman.
-Axir, otang bugun kelishingni aytgandi) Taehyung
-Otamga sen bilan qolganimni aytaman, hech nima demaydi.
-Sizlar ketavering, men qolaman) Jungkook
-Men to'g'ri eshitdimmi?) Suli unga qarar ekan,
Jungkook "Ha" dedi. Suli Jungkookni tushundi-da Taehyung bilan ketdi.
Suli, menga hech narsani aytish niyating yo'qmi?) Mashinaga o'tirgan Taehyung Suliga savol nigohi bilan qaradi.
-Jungkook surdo tilini qayerdan biladi?) Suli biroz o'ylanib qoldi-da, Taehyungga qaradi
-Oyim ham xuddi Yisudek bo'lgan. Angiliyada men, oyim, Jungkook yashar edik. Meni otam 8 yoshimda majburlab Koreyaga olib keldi. Jungkook esa oyim bilan qoldi. O'sha vaqtlarda Jungkook surdo tilini o'rgangan.
-Biznikigami?) Taehyung tirjayib Suli qarar ekan, Suli o'qrayib "Uyimga" dedi.
Oradan 1 hafta o'tdi. Barcha narsa o'z iziga tushgan. Negadir Jungkook Yisuni yonidan ketmay qolgan. Doimo uning yonida. 1hafta oldingi voqea ancha unutilgan.
Tanaffus bo'lganligi tufayli barcha o'z ishini qilib o'tiribdi. Suli va Taehyung telefondan nimadir ko'rib o'tiribdi, Jungkook esa boshini partaga qo'yib Yisuni kuzatib o'tiribdi.
-Salom) Yisuning yoniga bir bola kelib o'tirdi. Yisu unga bir qaradi-yu, yana boshini egib, blaknotiga bir nimalar qilishda davom etdi. Ularni kuzatib o'tirgan Jungkook boshini asta ko'tardi.