🖤Farewell🖤
Yoz oylari. Qizaloq amakisi bilan parkka sayr qilgani chiqqan.
-Amaki, shirin paxta...shirin paxta xohlayman) 7 yoshli Yisu mo'ltirab amakisiga qaradi. Jiyanini jonidan ortiq ko'radigan Janob Kim unga yo'q deyolmay, Yisuni shu yerga qoldirib o'zi esa yo'lning narigi betiga o'tib ketdi. Yisu amakisidan ko'zini uzmay unga qarab turar ekan, shirin paxta bilan qaytayotgan amakisini katta tezlikda kelayotgan sport mashinasi urib yubordi. Yoshligidan buyon unga o'rganib qolgan Yisu katta stressga tushib qoldi va natijada tildan qoladi...
Yisu yuzini yuvib tushayotgan ko'z yoshlarini qo'li bilan sidirib tashladi va yotog'iga yotdi. U qo'lidagi bilakuzukni ushlab xotiralar domiga ketdi.
-Amakijon bu nima?) Yisu anchadan buyon qo'lidagi bilakuzukka tikilib qolgan amakisini turtdi. Jiyanini ko'rgan Sunxo jilmayib uni tizzasiga oldi va bilakuzukni qo'liga taqib qo'ydi. U Yisuning burnidan chertib "Buni aslo yo'toqma! Balki kelajakda o'g'lim bilan uchrasharsan, unda buning yarmi bor" dedi. Garchi Yisu hech narsaga tushunmagan bo'lsa-da, amakisiga jilmayib uni quchib qo'ydi.
Yisu shularni eslab o'rnidan otilib turdi. U hayollarida o'tgan voqealarni o'tkazar ekan, miyasida faqatgina "Nega uni tanimadim?" degan savol aylanardi...
Jungkook maktab tomida ko'zlari eshikka qadalgan holda o'tiribdi. Uning yuzlarida biroz havotir bor. Chunki kecha tunda u Yisuga xabar yozdi, ammo, javob olmadi. Bugun esa hammadan avval maktabga keladigan inson hali ham maktabga kelgani yo'q...
-Jungkook) Jungkook ortidan kelgan ovozga e'tibor ham bermadi. Chunki bu ovoz unga juda tanish
-Suli, kecha Yisuga xabar yozdingmi?
-Ha yozdim. U seni maktab orqasidagi bog'da kutyabdi) Suli shunday deb eshik og'zida uni kutib turgan Taehyung bilan bu yerni tark etdi. Jungkook ham biroz turdi-da, bu yerni tark etdi.
Yisu bog'da o'tirar ekan, shu payt ko'zlari yopildi. U bu qo'llar kimga tegishli ekanligi fahmlab jilmaydi va qo'llarni ustidan o'z qo'llarini bosdi. Jungkook ham jilmayib uning ko'zlarini ochdi va yonidan joy oldi.
-Xo'sh... Bilimdon xonim bugun nega maktabga bormadilar?!) Jungkook Yisuning kayfiyatini ko'tarish maqsadida qoshlarini jimirib gapirar ekan, Yisuning yuziga kulgu yugurdi.
~"Men.... ketyabman!") Yisu shularni imo-ishora bilan ko'rsatdi-da, yuzini egdi.
-Yisu tunu bilan ertaga nimlar qilishini o'ylab chiqdi va ertalab hech narsa bo'lmagandek forma bilan pasga tushdi. Oshxonada oyisi uni nonushtaga kutib turar ekan, dadasi allaqachon ketib bo'lgandi.
-Yisu, o'qishga bormaysan.) Eshik oldiga kelgan Yisu shularni eshitib to'xtadi, ammo yana oyoq kiyimini kiya boshladi. Kim xonim oshxonadan chiqdi-da, qizining yo'lini to'sdi.
-Yisu, tushunsangchi endi sen u maktab o'quvchisi emassan, direktor seni ortiq u yerda o'qiy olmasligingni aytdi. O'zingga ham qiyin u yerda, bilasanku. U yerda seni tushunishmaydi. Ammo bezabonlar maktabida seni hamma tushunadi.
-"Men nogiron emasmanku, oyijon!") Yisu ko'zidagi yoshi bilan oyisiga qaradi. Buni ko'rgan oyisi qizini o'z bag'riga oldi.
-Albatta, sen nogiron emassan. Sen gapira olasan. Kel, bunday qilamiz. Sen gapirguningcha bezabonlar maktabida o'qib turasan, og'zingdan birinchi ovozing chiqqan kun u yerdan ketasan, maylimi? Kelishdikmi?!) Bag'ridagi yig'layotgan qizining sochlari ustidan o'pib qo'ygan Kim xonimning ham ko'zlarida yosh bor edi.
Jungkook hech narsaga tushunmay Yisuga qarab
-Nega?) Jungkook bunda ham o'zini aybdor seza boshladi va beixtiyor Yisuning qo'llaridan tutdi.
-"Men sizlarga o'xshamayman. Shunchaki ketishim kerak. Sen bilan xayrlashib ketgim keldi, xolos.") Yisu o'zini qancha befarq tutmasin ichidan bir nimakar uzilayotgandi.
-Nega birdan bu qarorga kelding? Yoki men senga biror nima qildimmi?) Yisu unga aytishga javob ham topolmay qoldi. U men ketishga majburman deyolmaydi. Unday bo'lsa Jungkook uni qo'yib yubormaydi. Shunchaki ham ketolmaydi. Yisu bunchalik jasur emas...
-"Ketishim kerak!") Yisu Jungkookning ko'zlariga yengilishdan qo'rqib yerga qaradi va o'rnidan turdi. U ketayotgandi toki bilakuzuklar birlashmaguncha...
-Yana shu holat!) Jungkook shunday deya Yisuni o'ziga tortdi. O'z quchog'ida paydo bo'lgan Yisuni ko'rib Jungkook jilmaydi va uni yanada qattiqroq quchdi.
-Menga barchasini tushuntirmaguningcha hech qayerga ketmaysan! Seni qo'yib yubormayman!) Jungkook Yisuni quchog'idan chiqarib unga qaradi. Yisu "Hop" degandek bosh chayqagandan so'ng ular yana joyiga o'tirdi.
-"Amakim, senga kim bo'ladi?") To'satdan berilgan savol Jungkookni gangitib qo'ydi. U savol nigohi bilan alanglab Yisuga qaradi. Buni tushungan Yisu esa yonidagi sumkadan o'z kundaligini olib amakisi haqida yozganlarini barchasinu Jungkookka ko'rsatdi. Ko'zlari qizargan Jungkook nima deyishini ham bilmay qoldi. Esini taniganidan beri unga aytilgan yolg'onning sababini tushunmadi:
" Otang o'tkir buyrak yetishmovchiligidan vafot etgan!"
Oyisining osongina aytgan yolg'oni. Endi nega u yolg'on gapirdi. Nega otasi avtohalokatda vafot etganini Jungkookdan yashirdi. Jungkook nima qilishini ham bilmay qoldi. Uning bu holatini ko'rgan Yisu nima qilishni ham bilmay qoldi va sekingina uning qo'llarini ustidan o'z qo'lini bosdi. Sergak tortgan Jungkook Yisuga qarab "Senga o'zim xabar yozaman, o'sha maktabga borishni hayolingdan chiqarib tashla!" deya kundalikni ola bu yerni tark etdi. Yisu esa uning ortidan shunchaki qarab qoldi.....
12- qism tugadi, fikrilani kutaman, ff ailaga yoqishi uchun miyyamni boricha idealarga tódliraman sila ham biroz harakat qilib 4 qator firk yozila endi🤨❤️