September 18, 2025

🖤Farewell🖤

🖤13-qism🖤

Jungkook vajohat bilan uyiga kirib kelar ekan, oyisi mehmonxonada jimgina qahva ichib o'tirar edi.

-Nega bunday qildingiz?!) Jungkook oyisiga baqirib gapirardi. Biroq oyisi esa pinagini ham buzmay qahvasini stol ustiga qo'ydi.

-Seni hali qizlardan bilan munosabatga kirishingga qarshiman. U senga faqat zaiflik olib keladi) Jeon xonim Jungkookka tik qarab gapirarkan, Jungkookning ko'zlari kattalasha boshlagandi.

Aslida boshqa narsa uchun hisob so'ragani kelgan yigit boshqasi bilan ham yuzlashib o'tiribdi. Ammo u bunga e'tibor bermaydi. Chunki u bugun juda katta haqiqatdan xabardor bo'lishi kerak...

Jeon xonim

-Taehyung, Jungkook bilan gaplashdingmi? Nega Yisu uni chaqiribdi?) Internet kafeda o'tirgan Suli o'yin o'ynab o'tirgan Taehyungga savol berdi.

-Suli, sen mobodo yisuning enagasi emasmisan? Nega endi doimo uni kuzatib, bilib yurishing kerak?) Taehyung

-Chunki u menchalik kuchli emas. Men uni himoya qilishim kerak.) Suli o'zinidan kerilib gapirdida, kompyuterda o'yin o'ynay boshladi.

-Sen himoya qilmasang ham uni himoya qiladiganlar borligini unutma!) Taehyung Jungkookni nazarda tutib gapirganini tushungan Suli ensa qotirib qo'ydi.

-Hihh, Jungkook avval o'zini himoya qilsin. O'tgan safargi janjalni unutmadingmi Taehyung chuqur tin oldi-da, Suliga qaradi.

-Bu katta bo'ron oldidan esgan yilvizak!!!

Taehyung

Jungkook oyisiga jaxl bilan qarab turar ekan, Jeon xonim o'rnidan turib xonadan chiqib ketayotganda, uni Jungkookning gaplari to'xtatdi.

-Nega otamning o'limida to'g'risida menga yolg'on gapirdingiz?!) Jungkookning savolidan so'ng Jeon xonimda titroq turdi va sekingina ortiga o'girildi.

-Nimalar deyabsan? Men senga yolg'on gapirmayman!) Jeon xonim o'zini qo'lga olib Jungkookka majburan jilmaydi.

-Men yosh bola emasman! Endi bolakay Jungkook emasman! Oyi nega otam avtohalokatda vafot etganini aytmagansiz?! Nega unda yo'q kasalliklar bilan uni o'ldi degansiz?!) Jungkookning ovozi borgan sari balandlashib borar ekan, Jeon xonimning qo'llari qaltirar edi. U o'zida turolmay borib stulga o'tirdi.

-Sen qayerdan bilding?)Jeon xonim

-Hahh, endi qayerdan bilganimmi? Aa... nega bundaysiz? Men o'zi farzandingizmanmi? Nega o'z otam to'g'risida yolg'on gapirdingiz? Nega menga doim qanaqadir hujumlar uyushtirasiz?? Meni aybim nima? )Jungkookning ovozi baland hamda yig'i aralash chiqar ekan, oyisi qo'llarini qayera boshlagan edi.

-Chiqib ket xonadan!)Oyisining birgina gapi Jungkookni to'xtatdi. U alanglab oyisiga qarar ekan, Oyisi unga qarab "Hech qaysi savolingga javob berishni xohlamayman! Xonadan chiqib ket!" deya baqirdi. Jungkook nima qilishini ham bilmay qoldi. U katta ammo og'ir qadamlar bilan yurib ketar ekan, oyisi unga oxirgi bor gapirdi.

-Hujumlar uyushtirganim esa bu seni tayyorlaydi. Unutma sen mafialar qirolichasining o'g'lisan! Sen unga munosib bo'lishing kerak. Senga uyushtirilgan haqiqiy hujumlardan esa doimo himoya qilib kelganman. Bular esa seni tayyorlash uchun!)Jeon xonim titrab gapirardi. Jungkook uning gaplarini eshitdida, avval xonadan, so'ngra uyidan chiqib ketdi. Jeon xonim o'g'lining chiqib ketganini ko'rib boshinI stol ustiga qo'ydi.

-Majbur edim! Men otangning qotiliman deyolmasdim! Majbur edim!..

Jungkook

Yisu havotirdan tinimsiz uyoqdan bu yoqqa yurardi. U har daqiqada telefoniga qarardi. U chidolmadi va oxiri telefonini oldida Jungkookka xabar yoza boshladi. "Qayerdasan? Nima bo'ldi?" Yisu xabarni yozib javob kuta boshladi. Ammo javob yoq... U "Hali Jungkook ko'rmagan" deya suv ichish uchun pastga tushib ketdi. U pastda suv ichib yana xonasiga chiqib tezda telefoniga qaradi, ammo javob yo'q. Xabar ko'rilganini bildirganni ko'rgan Yisu esa mana endi havotirga tusha boshladi. U nima qilishni bilmay Suliga xabar yoza boshladi. U javobni kelgani ko'rib uni ochib o'qidi, lekin Sulining "Mening xabarim yo'q" degan javobini o'qib barmoqlarini qayira boshladi. Lekin bu yoqda Sulining ham tinchligi buzilgan edi. U Taehyungga qo'ng'iroq qilib uni chaqirdi. Seulda allaqachon kech tushgan. Taehyung esa Sulini kutib o'tiribdi. Suli tezda chiqdida, mashinaga o'tirdi. Ajablanib o'tirgan Taehyungga qarab, "Yana kimni kutyabsan?" deb savol nigohi bilan qaradi. Taehyung qoshlarini jimirib mashinaga o'tirdi va mashinani haydab ketdi.

-Nimalar bo'lyabdi,o'zi?)Taehyung

-Jungkook yo'q. Yisu ham bilmaydi. Hozir Yisuni uyiga borib uni ham ovolamiz.

-Sen yisuni enagasiman desam, Jungkookning ham enagasimisan??

-Hozir hazilni vaqti emas! U yisuni yoniga ketgandi,lekin Yisuni uni qayerdaligini bilmaydi. Albatta havotir olaman!) Suli Taehyungga ensa qotirib telefonini tita boshladi, Jungkookni topish uchun...

Suli

13_qism tugadi chiroyli fikrlar kutib qolaman💋💋💋💋