October 4, 2025

๐Ÿ–คFarewell๐Ÿ–ค

๐Ÿ–คFarewell๐Ÿ–ค

17-qism๐Ÿซฆ

Yisu xonasida tayyorlanib Jungkookni kutib o'tirardi. Ayni damda uning qo'llari sovuqdan tarashaday qotib qolgan va u ishqalab tezroq bu qo'llarni ishitish bilan ovora. U derazadan bir-bir boqib qo'yarkan, Jungkookning mashinasi kirib kelganini ko'rib, qo'llarini yanada qattiqroq va tezroq ishqalashga tushdi. U zinalarni yuvayotganda sovuq uni ich-ichiga o'tib ketgan bo'lsada, ayni damda faqatgina uning qo'llarini buni sotib qo'yardi. u qaynonasi va Jungkook orasida sovuqchilik tushishini istamasdi.

Jungkook uyga kelib to'g'ri xonasiga shoshildi, Zero bugun u mitta farishtachasini ko'radi. U xonaga kirib kelarkan, uni yisu qarshi oldi

-Nima bo'ldi? Doim meni eshik og'zida kutib olarding?) Jungkook shunday deya yisuning burunchasidan chertib qo'ydi.

-"Sizni kuttirishni xohlamadim. Shuning uchun tayyorlanayotgan edim") yisuni gapidan so'ng Jungkook jilmaydi va uni qo'llaridan ushladi. Yisu qo'llaridan tutilgan qo'lni sezib biroz qo'rqdi. Zero ba'zi narsalar oshkor bo'lmasligi kerak.

-Nega qo'llaring buncha sovuq? U qotib qolganku?! Nima bo'ldi?) Jungkook miyasida bu ish allaqachon oyisining ishi ekanligini taxmin qila boshladi. Yisu esa unga qarab jilmaydi va qo'llarini ozod qilib divan ustidagi sharfni qo'liga oldi. Uni bo'yniga osib

-"Zerikkanim uchun tashqarida sayr qilgandim. Shunga biroz sovuq yedim") Chippa-chin ishontirdi yisu. Jungkook yisuning gaplarini o'qib yisu bog'layotgan sharfni o'zi bog'lab qo'ydi va bag'riga bosdi.

-Boshqa bunday sovuqda tashqariga chiqma. Bu ikkingizga ham zarar) Jungkook shunday deya yisu bilan tashqariga chiqib ketdi.

๐ŸŽ๐ŸŽ๐ŸŽ๐ŸŽ๐ŸŽ๐ŸŽ๐ŸŽ๐ŸŽ๐ŸŽ

Suli mahkamadan chiqib kelar ekan, u hech narsani his qilmasdi. Balki uni olib kelgan haydovchisi ushlab qolmaganda yerga yiqilgan ham bo'lar edimi?!..

-Xonim,ahvolingiz joyidami?) Xaydovchi xavotir bilan Suliga qarar ekan, Suli tezda o'zini o'nglab oldi.

-Yaxshiman...biroz hayol surib qolibman. )Suli shunday deya tezda mashinaga o'tirib oldi. Xaydovchi ham yelka qisdi-da o'z o'rniga o'tirdi.

-Qayerga hayday?) Xaydovchi

-Uyga...) suli

Suli mashinaning derazasiga boshini qo'yib ketar ekan, yarim soat avval eshitgan gaplarini hazm ham qilolmas edi.

Suli

Flashback mahkama.

Suli sumkasini tushib ketganini bilib tezda uni yerdan oldi va stol ustiga qo'ydi. U o'zini qancha tetik tutishga harakat qilmasin ichidan zil ketayotgan edi.

-Balki adashayotgandirsiz?! Axir...)Suli

-Bilaman xonim, Jeon Mingsu sizning oyingiz edi. Bunga ishonishingiz qiyin. Ammo bu haqiqat. Aynan nima maqsadda unga suiqasd uyushtirgan bilmayman, biroq biz Park Namgilni qo'lga olishimiz kerak. Boshqa oilalarni ham quritmasidan avval)Ofitser

-Ishonmaymanโ€ฆ)Suli

-Park xonim bu haqiqat. Iltimos iltimosimizni yana o'ylab ko'ring. Bir qotilni ushlashga yordam bersangiz yaxshi bo'lardi)Ofitser

-Men o'ylab ko'rishim kerak)Suli

Flashback tamom.

Suli shularni o'ylab ketar ekan, nima qilishni ham bilmasdi. Uning ko'zlari allaqachon qizarib ketgan, ammo ko'z yoshlardan darak yo'q edi. Uning tabiati shunaqa. U yig'lashni xohlasada, yig'lolmaydi. Ko'zlari bilan shunchalik kuchli shartnoma tuzganki, ko'zlari unga sotqinlik qilmaydi. Ular yoshlarni ustalik bilan ushlab turadi...

-Bola yaxshi rivojlanyabdi Ha aytgancha uning jinsini aniqladik) Shifokor mamnuniyat bilan Jungkook va yisuga bola haqida hisobot berar ekan, Jungkook yisuning qo'llarini siqib qo'ydi.

-Apparatlar ko'rsatishi bo'yicha siz jajji yisuni kutyabsiz) Ularga do'st bo'lib qolgan shifokor xursand bo'lib bolakayning jinsini aytdi. Jungkook xursand bo'lib o'zini qo'yarga joy topolmasdi.

-Mening malikam!โ€ฆ) Jungkook shunday deya gap boshlar ekan, buni unga kelgan qo'ng'iroq buzdi. U qo'ng'iroqqa javob berish uchun tashqariga chiqdi. Jungkook chiqishi bilan shifokorning kulib turgan yuzi jiddiylashdi.

-Unga aytmading to'g'rimi?) Shifokor yisuga qarab turar ekan, yisu boshini "Yo'q" degandek chayqadi.

-yisu hali ham kech emas. Senga farzand ko'rish xavfli. Sen avval yaxshilab davolanishing kerak edi. Seni ovozing qaytishini bilasanmi? Hatto shuni ham Jungkookka aytishga ruxsat bermayabsan)Shifokor unga jon kuydirib gapirar ekan, yisu uning yonidagi qog'oz va ruchkani oldi.

-"Men bunaqa xudbinlik qila olmayman! Men o'z hayotim uchun jajji farishtachamdan kecha olmayman! Jungkookka kelsak unda jajji yisu qoladi. U bunga dosh bera oladi. Men bunga ishonamanโ€ฆ") yisu yozgan gaplarni shifokor ovoz chiqarib o'qir ekan, ohhh tortib yubord.

-yisu tushun. Sen yana farzandli bo'lishing mumkin. O'ylab ko'r iltimos.... Dorilarni vaqtida ich, sovuqda yurma) Shifokor

Jungkook xonaga kirib kelishi bilan mavzuni o'zgartirib yubordi. U bemori haqida qayg'uradi, ammo uning sirini ham sotolmaydi. Yisu tashqariga chiqar ekan, Jungkook shifokor bilan qoldi. To'g'ri Shifokor yisuga farzandli bo'lish ayni damda mumkin emasligini ayta olmaydi, biroq u yana gapira olishi mumkinligi haqida aytishi mumkin.

๐ŸŽ

Jungkook

๐ŸŽ๐ŸŽ๐ŸŽ๐ŸŽ๐ŸŽ๐ŸŽ๐ŸŽ

Suli ofitser gaplariga ishonmay o'zi hakkerligini ishga solib malumotlar qiridishga kirishdi. U buni yordamchilariga ham aytishi mumkin edi. Lekin u buni o'ziga or deb bildi. To'g'rida, kim ham aytardi: "Otamning 12yil avval barcha qing'ir ishlari haqida malumot to'plang" deb. U ba'zi malumotlarni topib o'qib ko'rdi. Negadir uni xona siqa boshladi. Shuning uchun u derazani yoniga borib ularni katta qilib ochdi va kimgadir qo'ng'iroq qila boshladi.

-Men roziman)Suli

Suli derazadan osmonga qarab turar ekan, uyga Taehyung kirib kelganini ko'rib derazani yopib joyiga yotdi. U ayni damda tezda uxlab qolishni xohlaydi. Chunki bugun nega mahkamaga borganligi haqida ortiq o'ylashni ham xohlamaydi.

Taehyung bugun har doimgidanda kechroq keldi. U xaydovchidan bugun Sulini ahvolini eshitgach tezroq uyiga shoshildi, biroq bunga ishlari yo'l qo'ymadi. Chunki Jungkook bugun kompaniyani ancha avval tark etgandi. Uning qorni to'qligi tufayli to'g'ri xonasiga ko'tarildi.

Taehyung

Taehyung xonaga kirib kelarkan, divanga ko'rpaga burkanib olgan Sulini ko'rib bir nafas olib chiqardi. U kiyimlarini almashtirib Sulining yoniga yotdi va uning ortidan quchdi. Taehyung Sulini uxlamayotganini sezdi va osmonga qarab yotib oldi.

-Ahvoling yaxshimi?) Taehyung ko'zini shiftdan uzmay Suliga savol berdi.

-Immm) Suli ham hech qanday reaksiyasiz javob berdi.

-Xaydovchidan eshitdim, bugungi voqeani nima bo'ldi?) Taehyungning savolidan so'ng Suli u tomonga o'girildi va Taehyungning quchog'iga kirdi.

-Hayol surib qolibman. Shunga yo'lga qaramabman) Suli

-Suli, o'zingni ehtiyot qil. Sen hozir 3kishi uchun yashashing kerak: Men sen va jajji farishtamiz uchun.) Taehyungning gapidan So'ng Suli jilmayib qo'ydi va "Ho'p" deya javob qaytardi...

๐ŸŽ๐ŸŽ๐ŸŽ๐ŸŽ๐ŸŽ๐ŸŽ๐ŸŽ

O'z yotog'ida jimgina yotgan Jungkook va yisuning kayfiyati ikki xil edi. Biri rafiqasini ham gapira olishini eshitib xursand bo'lsa, yana biri xudbinlik qilib uni tashlab ketishni o'ylardi, agar buni xudbinlik deb atash mumkin bo'lsa.

-Seni sevaman!) Jungkook shunday deya yisuning peshonasidan o'pib qo'ydi. Yisu unga qarab yotdi va ko'z yoshlarini artib tashladi.

-๐˜ผ๐™›๐™จ๐™ช๐™จ๐™™๐™–๐™ข๐™–๐™ฃ...๐˜ฝ๐™–๐™ง๐™˜๐™๐™–๐™จ๐™ž ๐™ช๐™˜๐™๐™ช๐™ฃ ๐™–๐™›๐™จ๐™ช๐™จ๐™™๐™–๐™ข๐™–๐™ฃ...๐™ˆ๐™š๐™ฃ ๐™ค๐™Ÿ๐™ž๐™ฏ๐™ข๐™–๐™ฃ...๐™ˆ๐™š๐™ฃ ๐™๐™–๐™ฉ๐™ฉ๐™ค"๐™Ž๐™š๐™ฃ๐™ž ๐™จ๐™š๐™ซ๐™–๐™ข๐™–๐™ฃ" ๐™๐™–๐™ข ๐™™๐™š๐™ฎ๐™– ๐™ค๐™ก๐™ข๐™–๐™ฎ๐™ข๐™–๐™ฃ...๐™ˆ๐™š๐™ฃ ๐™–๐™ฎ๐™ฉ๐™– ๐™ค๐™ก๐™ข๐™–๐™ฎ๐™ข๐™–๐™ฃ, ๐™—๐™ช๐™ฃ๐™ž ๐™–๐™ฎ๐™ฉ๐™ž๐™จ๐™๐™œ๐™– ๐™ข๐™š๐™ฃ๐™œ๐™– ๐™ค๐™ซ๐™ค๐™ฏ ๐™—๐™š๐™ง๐™ž๐™ก๐™ข๐™–๐™œ๐™–๐™ฃ....๐™–๐™›๐™จ๐™ช๐™จ๐™™๐™–๐™ข๐™–๐™ฃ๐Ÿ’”)

Yisuning gaplarini o'qigan Jungkook uni yuzidan sirpanib tushayotgan ko'z yoshlarini artib tashladi va uni issiq quchog'iga oldi.

-Sevgi tilda emas, dilda. Sevgi ovozda emas, ko'zlarda. Sevgini faqat ovoz bilan bildirib turilganda hozir hamma baxtli bo'lgan bo'lardi. Sen hech qachon afsuslanma. Chunki sen afsuslanadigan ish qilmayabsan!โ€ฆ) Jungkook

Jungkook and Yisu

17-qism tugadi๐Ÿ’˜

Fanfic sizga manzur kelayotganini o'z fikr va reaksiyalaringiz orqali bildirib keting๐Ÿ’˜

Aktiv bo'lilar๐Ÿ’˜