🖤Farewell🖤
Taehyung va Suli ularning mollariga kim hujum qilganini topish uchun ancha harakat qilishdi.
Avval bu ishlarga Jungkook aralashmadi. Chunki u oyisining uyidan chiqib ketgandan so'ng bu ishlarni tashlagandi. Ammo bo'lmadi. U do'stlarini o'zini qoldirgisi kelmay ularga qo'shildi. Yisu biroz muddat buvisinikiga ketdi. Ular bir oy tinmay harakat qilishiga qaramay bu ishlar ortida turgan insonni topa olmadi. Toki Suli "mehmonga" chaqirulmaguncha...
O'sha kuni shaxsi nomalum kishidan faqat Suli uchun taklifnoma keldi. Taehyung uni yolg'iz yuborgisi kelmadi, biroq taklifnomada faqat Suli chaqirilgani uchun oyoq qo'li bog'langan edi. (Bu gap majoziy ma'noda). Shunday bo'lsada, Taehyung uni yolg'iz qo'yib yubormadi. Suli o'zi boradi, faqat ularning ko'ziga...
Jungkook va Taehyung uni pistirmada turib kutib turadigan bo'ldi, Zero bu bazmda har qanday vaziyat bo'lishi mumkin...
Suli xonaga viqor bilan kirib kelar ekan, xona o'chiqligi uchun qoshlari chimirildi. U bu yerdan tezda ketgisi kelib ortiga o'girilib ketayotganda birdan barcha chiroqlar yondi. Suli ortiga o'girilar ekan, Ninsu qo'lida "Shampan" bilan stolning to'rida Suliga jilmayib o'tirar edi.
~Xush kelibsan!) Ninsu unga qadahni biroz ko'tardi, da lablarini unga tekkazib, shampandan ho'pladi. Barchasini tushunga Suli miyig'ida kuldi-da, uning qarshisidagi stulga o'tirdi.
~Nima deysan, balki bu bazm faqat ikkimiz uchun ko'plik qilar?!)Ninsu
miyig'ida kulib Suliga boqar ekan, Suli jilmayib qo'ydi-da, qadahdan shampan ho'pladi
~Sen o'zgarmaysan. Doimgidek xudbin, pismiq Ninsu bo'lib qolasan!) Suli
~Maqtovlar uchun rahmat, go'zalim. Bu so'zlaringni unutmayman!) Ninsu
~Boshqa yo'l topa olmadingmi, bu safar. Yana o'g'rilik qilyabsan?!) Suli
~Aytaylik bu menga yoqadi) Ninsu unga qaradi-da, bor gavdasi bilan stulga suyandi.
~Nega qaytganingni taxmin qila boshladim!) Suli
~Hmmm, sen barcha pullarni ishlatib bo'lgansan. Senga yana pul kerak. Qarabsanki, senga bizdan o'zga o'lja yo'q,xuddi avvalgidek!) Suli qoshlarini uchirib gapirib Ninsuga boqdi.
~Hmm bu taxmin qisman to'g'ri. Ammo men bu safar undan ham katta maqsad bilan keldim) Ninsu
~Nima bu safar Namjoon akamni o'ldirib qochmoqchimisan?!) Suli kulib shampandan ho'pladi.
~yooq, men uni o'ldirolmasligimni ikkimiz ham bilamiz. Ammo men boshqasini o'ldira olaman. Ya'ni uning bo'lajak kelinini!) Ninsu ayyorona jilmayib Suliga qaradi. Sulini biroz vahima bosdi. Lekin Ninsu unga qarab turganini bilib jilmayib qo'ydi.
~Doimo qo'lingdan kelmaydigan ishing haqida gapirgansan!) Suli .
~Ikkimiz ham buni qo'limdan kelishini bilamiz) Ninsu unga qarab jilmayib turar ekan, Suli birdan ichgan shampanga qaradi. Uning hatti-xarakatini ko'rgan Ninsu ovoz chiqarib kulib yubordi.
~Xavotir olma, men bunchalik pastkash emasman. Men raqibimni maydonda o'ldirishni xohlayman!) Ninsu
~Xo'shshsh, meni o'ldirish senga qanday foyda olib keladi?) Suli
~Immm, bilasanmi menga Jeon xonimni o'ldirishdan naf yo'q, chunki u allaqachon istefoga chiqish arafasida. Uning o'rnini esa sen olasan. Demak sen meni raqibimsan!) Ninsu
~Demak qirolicha bo'lmoqchisan?! Biroq sen meni o'ldirding ham deylik, o'zing tirik qolaman deb o'ylaysanmi?!)Suli
~Mayli ba'zi sirlarni aytaman. O'zing bilan olib ketish uchun. Xullas meni o'ldirganim sen va mening sirim bo'lib qoladi. Keyin esa men 3 yigitdan biriga turmushga chiqaman) Ninsu
~Ular senga uylanadi,deb o'ylaysanmi?!) Suli
~Bittasini bilmadimu, ammo 2tasini ilintira olaman) Ninsu
~Hmm, ko'p gaplashib yubormadikmi? Sening ertagingni ham eshitdik. Endi esa haqiqatni eshit.
Hozir men bu yerdan ketaman, sen esa barchasi uchun javob berasan. 4yil avvalgi hunaring uchun ham!) Suli gapirib o'rnidan turar ekan, ortida ikkita odam unga qurol o'qtab turardi. Suli ularga qarab jilmaydi. Ikki inson bir-biriga tushunqiramay taraguncha ikkisi ham yerga yiqildi.
~Sizlarni uzoq kutdim!) Suli Taehyung va Jungkookka jilmayib qarab turar ekan, Jungkook ko'zlab derazadan qochayotgan Ninsuni ko'rib derazaga o'q uzdi
.
~Ketishga shoshilma, Ninsu!) Jungkook.
Ninsuning barcha ishi teskarisiga ketdi. Taehyung akasini hurmati uni qo'yib yubordi. U bu safar ko'chada qoldi. Namjoon esa barcha bo'lib o'tgan voqealardan xabar topgan va Ninsuni uzoqdan kuzatib yurar edi. U Ninsuni yoniga borgisi kelar, biroq g'ururi yo'l qo'ymasdi...
Shunday kunlardan birida doimgidek ishdan ketishda kafeda ishlayotgan Ninsuni kuzatish uchun kafe yoniga Namjoonning mashinasi to'xtadi. U Ninsuni kuzatar ekan, Ninsuga bo'layotgan tahqirlikni ko'rib uning yoniga bordi va o'sha yerdagi yigitlar bilan olishib ketdi. Jang bir ammallab to'xtatilgandan so'ng Namjoon Ninsuni qo'lidan ushlab olib chiqib ketdi.
~Yana o'sha yerga qaytib borishing uchunmi?) Namjoon
~Senga nima? Umuman olganda sen bu yerda nima qilyabsan. Men seni tashlab ketganman. Aslini olganda men bularga loyiqman!) Ninsu achchiq gapirib ko'zlarini yerga qaratdi.
~Sen doimgidek ichingdagini tashqariga chiqarasan) Namjoon shunday deya Ninsuni.bag'riga bosdi.
~Men seni endi qo'yib yubormayman!)Namjoon
To'y chiroyli o'tar edi. Kech tushgan. Bazmda hamma xursandchilik qilib o'tirar ekan, xonaga bir ayol kirib keldi. Ayol to'y kelin-kuyovni yoniga bordi. Namjoon bu ayolni ko'rib xayron ifoda bilan uning oldiga keldi
Ularni.ko'rgan Taehyung va Jungkook ham rafiqasi bilan ular yoniga keldi.
~Hozir. To'yga aytay ham demaysizlar. Chet elda 1 yildan beri yashayman. Ammo eslamaysizlar ham. Shuning uchun o'zim kelaverdimda!)Jeon xonim kulib gapirar ekan, Yisu Jungkookning ortida edi. Shu o'tgan 2yil ichida Yisuga Jeon xonim tomonidan juda ko'p.hujum uyishtirildi. Albatta bularni Jungkook bilmaydi. U hali ham hujum qilganlarni qidiradi. U qo'rqanidan Suli va Taehyunglar bilan yashayabdi. Yisu yolg'iz qolmasligi uchun.
Jeon xonim Suliga qarab jilmayib qo'ydi. Uning hayoliga kelini umuman kelmasdi ham. Umuman olganda Jeon xonim haliyam chekinmagan. U hali ham Jungkookning ojiz tomonlarini yo'qotmoqchi...
~Suli necha oylik?)J.xonim Suli savoldan so'ng jilmaydi. Taehyung ham jilmayib Sulini belidan ushlab o'ziga yaqinlashtirdi.
~Bizning jajji farishtamiz 6-oyga o'tdi)Tae
Bazm o'z nihoyasiga yetdi. Jeon xonim ham Sulilar bilan birga ketdi.
Hamma nonushta qilib o'tirar ekan, Suliga qo'ng'iroq bo'ldi. Suli qo'ng'iroqqa javob berish uchun chetroqda chiqdi.
~Oyi, bugun o'z uyingizga ko'chib o'tasizmi?)Jungkook taomlana turib oyisiga savol berdi.
~Mendan birdan bezor bo'ldingmi?)Jeon xonim.jilmayib o'g'liga qaradi.
~Yooq qolishingiz mumkin. Shunchaki ketsangiz uyingizga xizmatkorlar jonatmoqchi edim)Jungkook og'zini artib oyisiga qaradi.
~Men biroz kelinim bilan qolmoqchiman!)Jeon xonim ayyorona jilmayib yisuga qaradi. Yisu ham unga javoban nim jilmayib qo'ydi. Jungkook ishga ketish uchun o'rnidan turar ekan, yisu ham uning ortidan ergashdi. Eshik og'ziga kelganda Jungkook to'xtadi.
~Bugun shifokorga borishimizni bilaman. Tushdan so'ng birga boramiz. Ungacha zerikmay o'tir.)Jungkook uni ohista bag'riga bosib peshonasidan o'pib qo'ydi. yisu jilmayib uni kuzatib qo'yib yana o'rniga qaytdi.
~Men bugun ketishim kerak)Suli o'z stuliga o'tira turib shu gapni aytdi.
~Bilmadim, mahkamadan chaqirishdi. Shunga bir soatda borib kelaman)Suli
~Yaxshi haydovchi jo'nataman. Men esa ishga ketdim. Yaxshi o'tirilar)Taehyung barchaga jilmayib ishga ketdi.
Uyda Jeon xonim, yisu va bazi xizmatkorlar qoldi. Yisu televizor ko'rib o'tirar ekan, Jeon xonim xonaga kirib keldi. Xonaga kirib kelgan qaynonasini ko'rgan yisu asta o'rnidan turdi.
~Xo'shshsh, kelinjon sizni bir imtihon qilishim kerak. Har xolda qaynonangman)J.xonim ayyorona jilmayib yisuga qaradi.
Yisu zinalar oldida turar ekan, havo ancha sovuq edi. Uning yoniga xizmatkor tozalash uchun kerakli jihozlarni berdi.
~Hmm, bu bir imtihon. Shu zinalarni yaxshilab tozala. Ha aytgancha o'g'lim bundan xabar topishi shart emas)J.xonim jilmayib ichkariga kirib ketdi va derazadan xo'rsinib asta engashib zinalarni tozalayotgan kelinini ko'rib jilmayib qo'ydi.
~Xonim Janob Jungkook tushdan so'ng qaytar ekan.)Xizmatkor
~Yaxshi)Jeon xonim ortiga ogirilmay javob berdi.
Xavo ancha sovuq. Sovuq suv. Yisu qo'llarini ishqalab zinalarni artar edi. U qaynonasini mehrini qozonish uchun barcha narsaga tayyor. Hozir ham umid ham ishlayabdi..
Suli mahkamada o'tirar ekan, uni chaqirgan inson kelishi bilan Sulini.xonasiga boshladi.
~Xonim sovuqda bezovta qilganimiz uchun uzr so'raymiz. Ammo bizga sizning yordamingiz kerak)Xodim
~Otangiz masalasida)Offitserni gapidan so'ng Suli qoshlarini tushunmaslik ifodasi bilan chimirdi.
~Ha. Park Namgil hozir qidiruvda. U yaqinda qora dorilar ustida qo'lga olinish chog'ida qochib ketgan va 12yil avval uyushtirilgan avtohalokatda ham uning qo'li borligi aniqlandi)Ofitser
~Ha u marhum Jeon Mingsu o'limida ayblanadi)Ofitserning gapidan so'ng Sulining ushlab turgan sumkasi yerga tushib ketdi...
Fanfic sizga manzur kelayotganini o'z fikr va reaksiyalaringiz orqali.bildirib keting💘
Agar reaksiyalar va fikrlar men kutgandek kelmasa fanfic chiqishi sekinlashadi💗