🖤Farewell🖤
~Jungkook vokzalga o'qdek uchib kirarkan, har tomondan Yisuni qidirardi.Vokzaldan topolmagach endi u poyezdlarni qaray boshladi.
-Derazadan tashqarini kuzatar ekanman, uning kelishidan umid qilardim. Ehh men nimalarni umid qilyabman. Unut...barchasini unut. Sen bularga loyiq emassan.) Yisu shularni o'ylab o'tirar ekan, to'g'ridan yugurib kelyotgan Jungkookni ko'rib tezda yonida turgan jurnalni yuziga tutib oldi. Jungkook uning yonidan o'tib ketar ekan, joyida to'xtadi. U sekinlik bilan ortiga burilib, o'tib ketgan joyiga qarar ekan, yuzlari yorishib, ko'zlari qizardi. U poyezd ichiga otilib kirgan edi ham, poyezd o'rnidan qo'zg'ala boshladi. Bu holatdan so'ng Jungkook Yisuni qo'lidan tutdi-da, yetaklay boshladi va hech narsaga qaramasdan poyezddan tushib qoldi.
~"Sen nimalar qilyabsan?") Yisu u bilan qo'li orqali gapirib jahlini ochiq oydin ko'rsatdi.
~O'zing to'ldirgan joyni, endi nega o'zing tashlab ketyabsan?) Jungkookning bu gaplaridan so'ng Yisu yerga qaradi. Jungkook tezda uning yuzlarini ikki qo'lini orasiga oldi.
~Yisu, mayli seni qarshingdan boshqa chiqmayman, hatto, ko'zingga ham ko'rinmayman. Faqat meni mensizlikda qoldirma. Meni o'zingga bog'lab, endi hayollarimni, ruhimni olib ketma. Meni mensiz va o'zingsiz qoldirma. Mana bu yerdagi buni ko'tara olmaydi! O'tinaman sendan!) Jungkook yuragini ko'rsatib gapirar ekan, Yisuni ham ko'zlari allaqachon yoshga to'lgan edi. Yisu sekin Jungkookning qo'llarini yuzidan oldi va asta uzoqlashdi. Jungkook unga tushunmagandek qarar ekan, Yisu ishoralar orqali gapira boshladi.
~"O'zingni ham, meni ham qiynama! Biz hayot yo'llarimiz birlashmaydi, birlasha olmaydi! Tushunsangchi, mendek ojiza senga loyiq emas. Bunday holatda men sen bilan ko'r-ko'rona munosabat o'rnata olmayman!") Yisu ko'zidagi yoshlar bilan ishoralar orqali gapirar ekan, Jungkook shoshilib uni bag'riga bosdi, xuddi, uni hozir qo'yib yuborsa boshqa ko'rolmaydigandek.
~Aslo...aslo unday dema. Men senga loyiq bo'lmasligim mumkin, ammo, sen barchasiga loyiqsan! Shunday ekan "BIZ" bo'lishimiz uchun bir marta imkon ber! O'tinib so'rayman. Meni o'zing bilan sinama!) Jungkookning bu gapidan so'ng Yisu ham uni quchdi va yana yig'lab yubordi. Jungkookning ham ko'zlari qizargan edi. Ular bu yog'iga hech narsa demadi. Ularning o'rniga bir-biri bilan hayollar gaplashdi. Ular shu tarzda qancha turganini bilmaydi, ammo, bilgani Suli kelib ularni ayirgani.
~Nima faqat sen quchaverasanmi? Menga ham navbatni ber!) Suli shunday deb Yisuni bag'riga bosdi. Sulining bu gapidan Jungkookni ham, Yisuni ham, hatto, ulardan biroz uzoqroqda turgan Taehyungni ham kuldirdi. Suli shunday quchib turar ekan, u Yisuning qulog'iga "Agar hozir ketganingda, hayotingdagi eng katta xatoni qilgan bo'larding!" dedi va Yisuni qo'yib yubordi. Ikkisi ham bir-biriga qarab jilmaydi.
-Suli, Yisuni sendan o'g'irlayman. Bugungi kunni biz boshqacha o'tkazamiz, allbatta, buyog'ini) Jungkook Suliga bir ko'zini qisib, Yisuga qo'lini uzatdi. Yisu Jungkookning qo'liga qarab og'ir ho'rsindi va hayajon bilan uning qo'lidan tutdi. Ikkisi ham bu yerni tark etgach, ularning ortidan kuzatib turgan Sulini ortidan Taehyung quchdi.
-Albatta, har doimgi joyga boramiz) Suli shunday deb hotirjamlik nafasini oldi va Taehyungni qo'lidan tutib bu yerni tark etdi....
~Har bir joy o'ziga yarasha qadrli. Har bir joy kimlarnidir butun yuragini yarimta qilgan bo'lsa, yana kimlarnidir yarimta yuragini birlashtiradi. Muhimi, barchasi o'z qo'lingizda, shunchaki borida harakat qiling, zero aytishadiku, "So'nggi pushaymon o'zingga dushman!" -deb...
Jungkook hamma qatori Yisuni parklarga sohillarga olib borishni xohlamadi va to'g'ri o'zining yashirin joyiga olib bordi. Yisu uning ortidan ergashar ekan, Jungkook hecham uni qo'lini qo'yib yubormasdi.
Birovni kórinishiga qarab unga ta'rif bermang, zero mahluqda ham yurak bor va buni sohibjamol o'z sevgisi bilan eritgan.
~"Bu yer qanday joy?") Bir kichikroq uyga kelgach Yisu biroz xavfsirab Jungkookka savol berdi.
~Kirganda ko'rasan.) Jungkook shunday deya uni ichkariga kirita boshladi. Ularr asta-sekin xonaga kirib borar ekan, devorlarda har xil suratlar ilingan edi: Suliniki, Taehyungniki, xolasini, kuchukchani, Londonni, maktab oshxonasini, maktab tomini, Yisu uning oyoq kiyimiga to'kib qo'ygan holatni, Yisuni rasmlari bor edi. Yisuni ularni tomosha qilar ekan, Jungkookni hecham bunday inson deb o'ylamagandi. Uu markaziy xonaga kirar ekan, o'rtada ustida mato yopilgan suratni korib ajablandi va uni yoniga bordi. Ammo uni bir chetda kuzatib o'tirgan Jungkook o'sha surat tomon borayotgan qizni to'xtatdi va boshqa xonaga olib bordi. U yerda ikkita rasm chizadigan oq qog'oz va rasm chizish uchun mo'ljallangan taxtalar bir-biriga qarama-qarshi turardi.
-Rasmni yaxshi chizishingni bilaman, kel bir kichik musobaqa uyushtiramiz, qani kim chiroyliroq chizarkan, Yutganga esa immmmm.. bitta shart beriladi) Jungkook Yisuga qarab gapirar ekan, Yisu "Hop" deb borib rasm chizadigan joyga borib o'tirdi, so'ngra Jungkook ham jilmayib uning qarshisiga o'tirdi.
-Kel, bir-birimizni chizamiz) Jungkook shunday degach, Yisu jilmaydida, ishini boshladi.
Quyosh endi o'z yotog'i tomon qarab ketyabdi. Qanday go'zal manzara... Bu manzarani ko'rmaganlar qancha... Ko'zi ojizlar, qamoqdagilar yana u go'zallikni bilmagan "Odamlar". Ammo bizning qahramonlar ulardan yiroq. Ular bunday go'zallikni o'tkazib yubormooqchi emas.
Taehyung va Suli skameykada o'tirib quyosh botishini tomosha qilmoqda, Sohil bo'yida... Bilasizlarmi men katta bo'lsam o'sha sohillar yoniga albatta boraman va ularga qarab "Shuncha dard, quvonch, sir va baxtni bag'ringda ajoyib tarzda yashirayotganing uchun rahmat deyman!"..
Taehyung Sulini o'z quchog'iga olgan. Suli Taehyungning yelkasiga boshini qo'yib quyosh botishini kuzatmoqda.. Sohil nafaqat tepada sanab o'tganlarimga guvoh bo'lgan, balki u go'zal onlarni ham o'z xotirasiga muhrlagan...
-Immm) Suli Taehyungga qaramay javob berdi.
-Senga o'tgan voqealar senga shubhali tuyulmayabdimi?
-Jungkookka uyushtirilgan hujum, maktabdagi to's-to'polon, sening otang chaqirib tan olmasligi) Taehyungning bu gaplaridan so'ng Suli boshini ko'tardi va Taehyung qarab "Bu bilan nima demoqchisan?" dedi.
-O'zing o'ylab ko'r. Otangni ovozi, otangni telefon raqami va oxirida men chaqirmadim deb tan olmasligi.
-Aslida, men ham shubhalangandim, lekin e'tibor bermagandim
-Balki bularning ortiga Jeon xonim turgandir!
-Jeon xonimni ikkimiz ham yaxshi bilamiz. Jungkookni yoshligidan birorta qizga yaqinlashtirmagan va negadir ora-orada allaqanday hujumlar uyushtirib turishini hatto Jungkook ham biladi. To'g'ri ular Jungkookka hech narsa qilmaydi, faqatgina uning sabrini sinashadi. Bu ham balki Jeon xonimning o'yinlaridan biridir!) Taehyungning gaplaridan so'ng Suli barchasini esladi.
Bunday bosqinlar atayin onasi tomonidan uyushtirilganini birinchi bor eshitgan Jungkookning holatini, shunday bosqinlarning birida ehtiyotsizlik sabab bir o'limdan qolganini, aynan, bosqin vaqtida Suli aldab chaqirilishini ham esladi va qo'llarini musht qildi.
-Nega xolam bunday?? Ba'zan Jungkook uning o'g'li ekanligiga shubha qilaman. Qaysi ona o'z o'g'liga bularni ravo ko'radi?!
-Meni ham shu savollar qiynaydi!) Taehyung. Shundan so'ng ikkisi ham hech nima deyishmadi. Shunchaki tobora ko'rinmay ketayotgan quyoshni tomosha qilib o'tirishdi, toki Taehyungga qo'ng'iroq kelguncha qadar.
-Eshitaman) Taehyung go'shakni ko'tarar ekan, video qo'ng'iroq qilgan Jungkook tirjayib turardi.
-Taehyung sizlarga rasm tashladim, shulardan qaysi biri chiroyliroq ekanligini bilib bera olmaysizmi?
-Shunchaki.) Jungkookning gaplarini eshitib o'tirgan Suli telefonini olib Jungkook tashlagan suratlarni ko'rdi va Taehyung ham, Suli ham 1-raqam ostidagi suratni tanladi. Jungkook "Rahmat" deya go'shakni qo'yib qo'ydi. Taehyung ham yelka qisib qo'ydi.
-Albatta) Suli va Taehyung o'zlariga qadrdon bo'lishga ulgurgan joyni tark etishdi.
~"Xo'sh, qanday shart berasan?") Yisu qoshlarini jimirib g'olib bo'lgan Jungkookka imo-ishora orqali savol berdi.
-Imm, hozircha shartim yuq, lekin bir kun, albatta, beraman. Shunday ekan, o'zingni tayyorlab boraver) Jungkook shunday deb tirjayib bir ko'zini qisib qo'ydi. Ancha kech bo'lganligi tufayli Jungkook Yisuning xarxashalari tufayli uni o'z uyiga kuzatib qo'ydi.
Yisu xursand holda uyga kirib kelarkan, mehmonxonadan turib oyisining chaqiruvi tufayli uning yoniga bordi. U mehmonxonaga kirar ekan, stol ustidagi o'zining hujjatlarini ko'rib biroz qoshlari jimirildi.
-Nega buncha kech qolib ketting?) Yisuning oyisi jilmayib Yisuga savol berdi va undan "Do'stlarim bilan birga edim" degan javobni oldi.
~"Oyi, bular nima?") Sabri tugagan Yisu oxiri oyisiga savol berdi.
-Istaysanmi, seni o'zingga o'xshaganlarning yoniga olib boraman?!) Oyisining bu gaplaridan so'ng Yisu biroz joyida jim turdi-da, xonasiga yugurib chiqib ketdi.
~Men qo'rqqan narsa. Menga "Nogiron" degan ko'z bilan qarashlaridan qo'rqaman. Shuning uchun ham ota-onam pul to'lab bo'lsa-da, hamma boradigan maktabga joylashtirgan. Meni bu maktabdan boshqa maktab qabul qilmaydi. Bu otamning yaqin do'stining maktabi bo'lgani uchun do'sti rozi bo'lgan... Aslida men ham gapirar edim, toki o'sha kun kelmaguncha....