🖤Farewell🖤
Soat millari 10.00ni ko'rsatar ekan, barcha maktab magnitafonidan g'oliblarni kim ekanligi bilish uchun yig'ilgandi. Eshittirish studiyasi intervyu 29-avgust bo'lishini yana bir bor ogohlantirib, g'oliblarni e'lon qila boshladi.
-Birinchi intervyu va bizda bu safar 2 kishi intervyuga qatnashadi, chunki ularning ballari teng. Biz esa bu ikkisini ham oldik. Xo'shsh, bular.... Jeon Jungkook hamda Yisu Kim. Agar ular bizni eshitayotgan bo'lishsa, 29-avgust sizlarni tadbirlar zaliga kutamiz, agar eshitmayotgan bo'lsa ularga yetkazishingizni suraymiz.) Gaplar tugagach hamma qarsak chaldi, xuddi barchasi kelishilgandek.
Oshxonaning o'rtasida esa Trio va Sulining majburlashi bilan Yisu stolda taomlanib o'tirardi. Bularni eshitib Taehyung va Suli ham qarsak chalishdi, ammo, Jungkook va Yisu hech nima deyolmay qoldi.
-Ana, men nima degandim. Men siz ikkingiz yutib chiqishingizni bilardim) Suli qo'lini Yisuning yelkasiga qo'yib ularga qarab gapirdi. So'ng Yisu "Men qatnasha olmayman" deya imo qildi.
-Nega qatnasholmas ekansan, mendek dugonang bor ekan, qatnashasan. Men senga tarjimonlik qilib turaman) Suli shunday qo'lini Yisuning yelkasidan oldi.
-Sen Soqovlar tili bilmaysanku) Taehyung qoshiqni stolga qo'yib Suliga qaradi.
-Kim aytdi, meni bilmaydi deb) Suli shunday deb Taehyungga jilmayib qoydi.
Flashback. Jungkook va Yisuni voqeasi kuni. (2-qismni eslelar)
Suli mashinaga o'tirib, kimgadir telefon qila boshladi.
-Aloo, Menga surdo tilini o'qitadigan o'qituvchini toping, bugunoq) Suli
-Yaxshi, kutaman) Suli shunday deb mashinasini haydab ketdi.
-Jungkook sen qatnashasanmi?) Suli nigohini Jungkookka qaratib gapirdi. Jungkook og'zini artdi-da, gapirdi.
-O'ylab ko'raman. Sizlarga yoqimli ishtaha men ketishim kerak.) Jungkook shunday deya patnisini olib ketib qoldi.
29-avgust. Hamma bugungi intervyuga qiziqib tadbirlar zaliga yig'ilgan. Zero bugungi intervyu esda qolarli bo'lishiga barcha ishonadi. Ayni damda hamma Jungkookni kutyabdi, negadir undan darak yo'q.
-Telefon qildingmi? Nega u yo'q) Suli Taehyungga yuzlanar ekan, Taehyung telefonini ovozini ko'tardida, Suliga eshittirdi.
-Abonent apparati o'chirilgan, ovozli xabar....
-Bilmadim, uyiga ham borib keldim, ammo, uni ketishgan dedi.) Taehyung shunday deya, yana qo'ng'iroq qila boshladi.
-Kechirasiz) Suli asabiy peshonasini uqalar ekan, uning yoniga bir o'quvchi keldi.
-Jungkook hali ham kelmadimi? Biz boshlashimiz kerak.
-Ana keldi) Taehyung Sulining gaplarini bo'lib Jungkookka imo qildi. Shu payt Suliga qo'ng'iroq kela boshladi.
-Jin ursin, hozir yetib boraman.
-Men ketishim kerak. Endi kim Yisuga tarjimonlik qiladi?) Suli shunday deya, narsalarini yig'ishtira boshladi. (Ular parda ortida)
-Men qilaman unga) Ularning oldiga kelgan Jungkook gapga aralashdi.
-Sen?) Taehyung Jungkookka savol nigohi bilan qarar ekan, Jungkook yelka qisib qo'ydi.
-Yaxshi, senga ishonaman.Taehyung, meni tashlab qo'y. Kompaniyaga borishim kerak. Otajonim chaqiryabdilar.
-Sizlar mendan yana nimalarni yashiryabsilar?) Taehyung shunday deya, Sulining ortidan ketdi.
Intervyu juda qizg'in davom etmoqda edi.
-Xo'shsh, sizlar uchun insonlar kim? Bu maktab o'quvchilardan kelgan savol
-Men uchun shunchaki jonzotlar) Jungkook shunday deya Yisuga qaradi. U imo-ishora orqali gapirardi.
-Men uchun insonlar tabiatning eng katta mo'jizasi) Jungkook shularni tarjima qildida, Yisuga qarab qo'ydi va yana boshlovchiga qaradi.
-Juda yaxshi javob. Keyingi savolga o'tsak "siz qancha vaqtda sevib qolaman deb o'ylaysiz"
-Sevish uchun yillar kerak emas, bir qiyo bo'lsa kifoya, ammo, uni tan olish uchun yillar kerak bo'ladi!) Jungkook bu gaplarni Yisudan ko'zini uzmay gapirar ekan, Yisu xijolat chekib, etagini g'ijimlay boshladi. Shu payt eshik sharaq etib ochildi hamda bir to'da insonlar ichkariga kira boshladi. Barcha qotib qolgan. Ularni ko'rgan Jungkook o'rnidan qanday turganini bilmay qoldi.
-Sen bu yerga kelishga qanday hadding sig'di?) Jungkook to'da boshiga qarab o'shqirdi.
-Seni ajaling keldi, Jeon Jungkook!) To'da boshi shunday deya, qurolini Jungkookka o'qtaldi va
8 qism tugadi. Fikr kutaman, hech fikr kormayman fanfiklarimda💔