August 2, 2020

"DO IT" Xizmati shartlari

Telegram @Operator_Uzbekistan

Xizmat Shartlari :

- Cheksiz Internet soat 01:00 dan 08:59 gacha taqdim etiladi;
- Xizmat uchun to'lov faqat xizmatdan foydalanilgan kunda tungi soat 1:00dan tonggi soat 08:59gacha 1 megabaytdan ko'proq internet ishlatilganda yechiladi.
- Xizmat to'g'ri ishlashi uchun hisobda kamida 6 263 so'm bo'lishi kerak.
- Xizmat «Status NEW», «Status», «Status+», «ProInternet» tarif rejalar qatori, «Bolajon», «Bayramga Marhamat», «Welcome», «Bir Oy», «Erkin muloqot» va «Shifokor» tarif rejalaridan tashqari barcha oldindan to'lov tizimining tariflarida amal qiladi;
- Agar Internet paket yoqilgan bo'lsa, tunda ushbu vaqt oralig'ida MBlar ishlatilmaydi.
- «Do It» xizmati yoqilganda, «Aloqada» xizmatidan foydalanib bo'lmaydi.
- «Aloqada» xizmati mavjud holatda «Do It» xizmatini yoqtirish mumkin. «Do It» xizmati yoqilishi bilan «Aloqada» xizmati avtomatik ravishda o'chiriladi.
- Tarif reja almashtirilganda, xizmatni qayta ulash kerak bo'ladi.
- Xizmat to'g'ri ishlashi uchun joriy sessiyani uzib, tungi 01:00 dan keyingi vaqtda yangi sessiyani ishga tushirish lozim;.
- Xizmat o‘chirilganda tarifikatsiya to'g'ri amalga oshirilishi uchun avval barcha faol Internet sessiyalarini yakunlash lozim.
- Xizmat faqat O'zbekiston hududida amal qiladi.
- Barcha narxlar QQS bilan keltirilgan.

Manbaa: Beeline.uz