August 3, 2020

Ulanish shartlari

Telegram @Operator_Uzbekistan

∙ SIM-kartani yetkazib berish muddati 3 kalendar kunigacha bo‘lishi mumkin. Zarurat tug‘ilsa, abonent bilan qayta bog‘lanishadi va yetkazib berish muddatini xabar qilishadi.

∙ Belgilangan raqamli SIM-kartani rasmiylashtirishda, raqam buyurtma qilinayotganida shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatilgan abonentning shaxsan o‘zi, hujjatning asli bilan ishtirok etishi shart.

∙ Raqamning faollashtirilishi SIM-karta yetkazib berilganidan keyin ish kunining oxirigacha amalga oshiriladi.

∙ Mazkur xizmat faqat Toshkent hududi abonentlari uchun amal qiladi.

SIM-kartani almashtirish shartlari

∙ Buyurtmani rasmiylashtirish paytida abonent o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatining seriyasini to‘g‘ri ko‘rsatishi shart. Agarda ma’lumotlar hujjatning aslidagiga mos kelmasa, SIM-karta almashtirilmaydi.

∙ SIM-kartani yetkazib berish muddati 3 kalendar kunigacha bo‘lishi mumkin. Zarurat tug‘ilsa, abonent bilan qayta bog‘lanishadi va yetkazib berish muddatini xabar qilishadi.

∙ SIM-kartani almashtirish paytida, raqam buyurtma qilinayotganida shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatilgan abonentning shaxsan o‘zi, hujjatning asli bilan ishtirok etishi shart.

Qo‘shimcha ma’lumot

Ucell abonenti bo‘lish uchun abonent operatorga doimiy yoki vaqtinchalik propiskaga ega bo‘lgan amal qilish muddati tugamagan quyidagi hujjatlardan birining asl nusxasini shaxsan taqdim etishi lozim:

• amaldagi turar joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi yozuv kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti;
• chet el fuqarosi pasporti;
• ofitser guvohnomasi, harbiy guvohnoma + № 33 shakl (shartnoma bo‘yicha xizmat o‘tayotgan shaxslar va harbiylar uchun);
• *akkreditatsion karta (diplomatik vakolatxonalar va missiyalarning xodimlari uchun);
• amaldagi turar joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi yozuv kiritilgan, chet el fuqarolarining O‘zbekistonda yashash huquqini tasdiqlovchi hujjat;
• amaldagi turar joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi yozuv kiritilgan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun yashash huquqini tasdiqlovchi hujjat yoki xorijga chiquvchi hujjat;
• amaldagi turar joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi yozuv kiritilgan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning guvohnomasi;
• O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi.

* Akkreditatsion karta orqali ulanish faqat Kompaniya xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Manbaa: Ucell.uz