August 4, 2020

Ingliz tili alifbosi

Ingliz tili grammatikasi biznikidan anchagina farq qiladi. Bu esa til o’rganishni biroz qiyinlashtiradi. Lekin, ingliz tili va o’zbek tili lotin alifbosiga asoslangan. Ya’ni, koreys, xitoy yoki rus tillaridek harflar bilan alohida tanishib chiqish shart emas. Shunday qilib, ingliz tili alifbosida 26ta harf bor. E’tibor bering, o’zbek alifbosida esa 29 harf va bir tutuq belgisi mavjud.
Ingliz tilida harflar ikki turga:  vowels (unli) va consonants (undosh)ga bo’linadi.
Unli harflar (vowels) 5ta: a, e, i, o, u
Undosh harflar (consonants) esa 21ta: b, c, d, f, g, h, j, k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, w, x, y, z

Bundan tashqari, ingliz tilida harf birikmalar ya’ni ikki harf qo’shilgan holda bir tovushni beradigan harflar mavjud. Bular:
◽c va h qo’shilib ch (child [chayld]-bola)
◽s va h qo’shilib sh (sheep [shi:p]- qo’y)
◽ph=f (photo [foto] – foto)
◽th=z yoki s (z o’qilishi: they [zey]-ular, s o’qilishi:thank you [senk yu]-rahmat) Qachon z yoki s o’qilishi bo’yicha aniq qoida yo’q. Shuning uchun so’z yodlayotganda uning o’qilishiga e’tibor berib yodlashingiz kerak.
◽ee=i (sheep-[shi:p]-qo’y)
◽oo=u (book [buk]-kitob)

Eslatma: Har bir uchragan yangi so’zni lug’at daftariga yozib yodlab borsangiz so’z boyligingiz yana ham ko’payadi.

Sahifa obuna bo'lish. https://t.me/ingliz_grammatika